Tadqiqotning maqsadi: O‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlarida ta’lim
jarayonini tashkil qilishda faoliyat sifat-samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni
ilmiy-pedagogik jihatdan asoblab berish, shuningdek, pedagogik fanlarni o‘qitish
jarayonida keys-stadi texnologiyasidan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-
uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalar:
1. Keys-stadi texnologiyasining vujudga kelish tarixi, rivojlanish bosqichlarini j
o‘rganish va tahlil qilish. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha yaratilgan ilmiy-uslubiy
adabiyotlarni, o‘quv-metodik qo‘llamanlarni tahlil qilish, mavzuning yoritilish
darajasini aniqlash.
2. Keys-stadi texnologiyasining ta’limiy imkoniyatlarini to‘liq ochib berish,
o‘quv jarayonida o‘qituvchining o‘rni va vazifalarini tahlil qilish.
3. O‘rta-maxsus kasb –hunar kollejlarida Mehnat ta’lim fanlar mazmunini
o‘rganish maqsadida DTS, o‘quv reja va dasturlarini tahlilini o‘rganish.
4. O‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida fanlarni Mehnat ta’lim o‘qitishda
innovasion pedagogik texnologiyalardan foydalanish holatini o‘rganish maqsadida
bevosita ta’lim jarayonini kuzatish, xulosalarni shakllantirish va umumlashtirish.
5. Dars jarayonini samarasini oshirish uchun Mehnat ta’lim fanlarni o‘qitishda
keys-stadi texnologiyasidan dars jarayonida kengroq foydalani sh va ularni
qo‘llash metodikasini yaratish.
6. Мehnat ta’limi tajriba sinov o‘tkazish va uning natijalarini tahlil qilish asosida
uslubiy tavsiyalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: |