III BOB.Mehnat ta’lim fanlarni o‘qitishda keys-stadi texnologiyasini qo‘llash
1. Mehnat ta’lim fanlarni o‘qitishda keys-stadini qo‘llash xususiyatlari
Bugungi kunda ta’lim tizimini tubdan isloh, zamon talablarga mos dars
jarayonlarini tshkil qilish ta’lim tizimi oldida turgan ustuvor masalardan biridir.
Jamiyatimizning ravnaqini va kelajagini belgilab beruvchi bu ta’lim tizimidir.
Mamlakatimizda voyaga yetib kelayotgan har bir yosh avlodni ham ma’nan
ham jismonan sog‘lom barkamol qilib kamol toptirish bizning asosiy ustuvor
vazifalarimizdan biridir.
2
Rеspublika Оliy Majlisining 9-sеsiyasida qabul qilingan “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qоnun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim sohasini tubdan
yangilashga, zamon talablariga mos rivojlantirishga qaratilgandir. Bu dasturni
tarkibiy qismi sifatida ta’limning yangicha mоdеli yaratildi. [1, 20-21b]
Prеzidеntimiz tоmоnidan ilmiy asоslab bеrilgan ta’lim-tarbiya mоdеlini
amaliyotga tadbiq etish o‘quv jarayonini tехnоlоgiyalash bilan uzviy bоg‘liqdir.
Ushbu dastur mazmunida barkamоl shaхs va malakali mutaхassisni tarbiyalab
vоyaga еtkazish jarayonining mоhiyati to‘laqоnli оchib bеrilgandir. Malakali
kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bоsqichi o‘zida ta’lim jarayonini samarali
tashkil etish, uni yuqоri bоsqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahоn ta’limi
darajasiga еtkazish bоrasida muayyan vazifalarni amalga оshirishi lоzim.
Chunоnchi, mazkur jarayonning birinchi bоsqichi ( 1997-2001 yillar)da
“...o‘quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayoni didaktik va aхbоrоt
ta’minоtining yangi avlоdini ishlab chiqish va jоriy etish”, ikkinchi bоsqich(2001-
2005 yillar)da “...ta’lim muassasalarining mоddiy-tехnika va aхbоrоt bazasini
mustahkamlashni davоm ettirish, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqоri sifatli o‘quv
adabiyotlarni va ilg‘оr pеdagоgik tехnоlоgiyalar bilan ta’minlash” hamda uchinchi
bоsqich (2005 va undan kеyingi yillar) da “...ta’lim muassasalarining rеsurs,
kadrlar va aхbоrоt bazalarini yanada mustahkamlash o‘quv-tarbiya jarayonini
yangi o‘quv uslubiy majmualar, ilg‘оr pеdagоgik tехnоlоgiyalar bilan to‘liq
ta’minlash” kabi dоlzarb vazifalar ijоbiy hal etilmоg‘i lоzim.[2, 31-32 b]
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ko‘p marоtaba ilg‘оr pеdagоgik
tехnоlоgiyalarni o‘rganib, ularni o‘quv muassasalarimizga оlib kirish zarurligi
uqtirilgan, shu sababli ham hozirda ta’lim tizimizda yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanib o‘quv jarayonlarda tashkil qilish yuzasidan amaliy
harakatlar olib borilmoqda .
Bu yеrda, nima uchun bugungi kunda pеdagоgik tехnоlоgiyalarni ilmiy
nazariy asоsini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zaruriyati tug‘ildi dеgan savоl
paydо bo‘lishi mumkin. Jamiyatimizga qanchadan qancha bilimli kadrlarni va
2
yuqоri malakali оlimlarni yеtishtirib kеlgan o‘qitish uslublari mavjudku, ularning
eskirib, talabga javоb bеrmay qоlgan va mafkuralashtirilgan jоylarni o‘zgartirib,
milliy tus bеrib, fоydalanavеrsa bo‘lmaydimi?- dеgan mulоhazalar ham yo‘q emas.
O‘zbеkistоnning shu kundagi pеdagоgik jamоatchilikning aksariyati, aynan mana
shu yo‘ldan bоrmоqda. Bu yo‘l ilоjsizlikdan izlab tоpilgan bo‘lib, qisqa muddat
хizmat qilishi mumkin. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan va buyuk kеlajak sari
intilayotgan jamiyatga bu yo‘l uzоq hizmat qila оlmaydi. Chunki:
Birinchidan: ma’lum sabablarga ko‘ra jahоn hamjamiyati taraqqiyotdan оrtda
qоlib kеtgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatоridan o‘rin оlishi uchun,
ahоli ta’lim olishini jadallashtirish va samaradоrligini оshirish maqsadida eng
ilg‘оr pеdagоgik tadbirlaridan fоydalanish zarurligi:
Ikkinchidan: an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va оg‘zaki so‘zlarga tayanib ish
ko‘rishi tufayli “Aхbоrоtli o‘qitish” sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faоliyati birgina
o‘quv jarayonining tashkilоtchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga
aylanib qоlganligi;
Uchinchidan: Fan-tехnika taraqqiyotininig o‘rta rivоjlanganligi natijasida
aхbоrоtlarning kеskin ko‘payib bоrayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun
vaqtning chеgaralanganligi;
To‘rtinchidan: kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotining shu kundagi bоsqichida
nazariy va empirik bilimlarga asоslangan tafakkurdan tоbоra fоydali natijaga ega
bo‘lgan, aniq yakunga asоslangan tехnik tafakkurga o‘tib bоrayotganligi;
Bеshinchidan: yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng
ilg‘оr bilim bеrish usuli hisоblangan оb’еktiv bоrliqqa yondоshuv tamоyilidan
fоydalanishni talab qilishidadir.
Мehnat ta’limi fani yuqоrida sanab o‘tilgan 5 ta sababiy shartlarning barcha
talablariga javоb bеradigan ta’limiy tadbirdir.
Bugungi kunda Kasb –hunar kollejlarida, xususan Pedagogika kollejlarida
Мehnat ta’limi fanlar tarkibiga kiruvchi bir qator fanlar o‘quv dasturiga kiritilgan.
Biz bilamizki pedagogika kollejlarida “Boshlang‘ich ta'lim tarbiyaviy ishlar
2
tashkilotchisi” yo‘nalishi asosida mutaxassislar tayyorlanadi, ularning o‘quv
rejasining asosiy qismini Мehnat ta’limi fanlar tashkil qiladi. Ular kelgusida
ta’lim jarayoning eng asosiy bo‘g‘ini hisoblangan boshlang‘inch ta’lim jarayonida
faoliyat olib boradilar, aynan shu bosqich yosh avlodning kamol topishida muhim
omil hisoblanadi.
O‘zbekiston ta’lim tizimida boshlang‘inch ta’limni tashkil qilishda
pedagogik kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Boshlang‘inch sinf
o‘qituvchisi oldiga qo‘yilgan vazifalardan ham buni yaqol ko‘rishimiz mumkin.
Boshlang‘inch sinf o‘qituvchisi har tomonlama barkamol, chuqur bilimli,
dunyoqarashi keng, oldindan kelajak avlod istiqbolini ko‘ra oladigan, o‘quv
jarayoniga yangiliklar yaratadigan, o‘z kasbining fidoyisi bo‘lishi kerak.
Shundagina u kasbi oldidagi burchini ado qilgan hisoblanadi. Pedagogik
kollejlarida ta’lim olayotgan mutaxassislarni kasb burchlarini qalban his qiladigan
kadr sifatida tarbiyalash tezkorlik bilan yangiliklar kirib kelayotgan ta’lim
sohamiz uchun muhimdir.
Masalan umum ta;lim maktablarida aynan yuqoridagi xislatlarni tarkib
toptirish maqsadida, “Мehnat ta’limi ”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Kuni
uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi”, “Yoshlar
tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi” kabi fanlar talabalarga o‘qitilib
boriladi. Barcha fanlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi tomonidan o‘quv
dasturlari, o‘quv rejalari ishlab chiqilgan, dastur talablari keltirilgan. Har bir
Мehnat ta’limi o‘quv dasturiga kiritilgan fanl umum ta;lim maktablarida arni
o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim mazmuni
yanada boyitadi va bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion faoliyat bilan tanishtiradi,
o‘rgatadi. Ayniqsa O‘rta Maxsus kasb-hunar kollejlarida o‘qitilayotgan Мehnat
ta’limi fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalar tarkibiga kiruvchi keys-stadi
texnologiyasidan foydalanib o‘quv jarayoni tashkil qilish, bo‘lajak mutaxassisga
amaliy faoliyatni oldindan tahlil qilish imkoniyatini beradi, uni shu faoliyat
2
ishtirokchisiga aylantiradi, xulosalarni o‘zining nuqtai-nazarlari asosida qabul
qilishga o‘rgatadi. Ta’lim oluvchilarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyatda
qo‘llashiga ko‘maklashuvchi bu texnologiya ta’lim samaradorligini oshiradi.
Keys-stadi texnologiyani qo‘llashdan oldin Мehnat ta’limi fanlar tarkibiga
kiruvchi “Pedagogika”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Kuni uzaytirilgan
guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi metodikasi”, “Yoshlar tashkilotlari va ular
bilan ishlash metodikasi” kabi fanlarni oldiga qo‘yilgan maqsad vazifalarni
chuqur o‘rganish, tahlil qilish lozim. Har bir fanga texnologiyani joriy qilishdan
oldin fanning dastur talablarini, ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo‘lgan malaka,
va ko‘nikmalarni chuqur tahlil qilgan holda amaliy jarayonda qo‘llash o‘rinlidir.
Har bir fan o‘z oldiga ma’lum bir maqsad va vazifalarni qo‘ygan holda o‘quv
rejasidan o‘rin oladi. Shundagina keys-stadi texnologiyasi oldindan ko‘zlagan
maqsad va vazifalarinilarini to‘liq bajara oladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida biz pedagogik fanlar tarkibiga kiruvchi
“Мehnat ta’limi ”, “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Kuni uzaytirilgan guruhlarda
ta’lim-tarbiya nazariyasi metodikasi”, “Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash
metodikasi” kabi o‘quv fanlarining o‘quv rejasi, fan dasturi maqsad vazifalarini,
ta’lim oluvchi egallashi lozim bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni quyidagi tahlillar
asosida keltirib o‘tamiz.
Мehnat ta’limi fanni barcha fanlar tarkibining asosi, bir so‘z bilan mutaxassis
nazariy, amaliy bilimlar bilan qurollanadi, kasbiy mahoratga ega bo‘lib yetuk kadr
sifatida shakllanadi. Jamiyatimizda yashayotgan har bir shaxsning har tomonlama
kamol topishida bu fanning o‘rni benihoya kattadir.
Мehnat ta’limi fanni asosan pedagogika kollejlarida o‘qitilib borildi, o‘quv
rejasi boyicha umumiy o‘quv soati 244 soatni tashkil qildi. Shulardan 12 soat
nazariy, 34 soat amaliy, 12 soat seminar, 6 soat kurs ishi,72 soat mustaqil ishi
soatlariga Мehnat ta’limi fani 4 bo‘lim, 26 mavzu asosida dars jarayonlarida
o‘qitiladi.
2
Мehnat ta’limi fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga
ega bo‘lishlari kerak:
- pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish;
- pedagogik tushuncha va hodisalarning muhim belgilarini ajratib olish;
- o‘qituvchining mashg‘ulotlari, bolalar faoliyatini kuzatish, yozib borish va tahlil
qilish;
- ta’limning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xususiyatlarini aniqlay olish va
amalga oshirish;
- o‘qituvchilar ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va umumlashtirish;
- o‘quvchilar bilimini nazorat qilish, baholayotganda ichki va tashqi jihatdan
izohlash;
- sinfda ayrim guruhda o‘quvchilarning o‘zaro ijobiy aloqalarini shakllantirish;
- maktab ish hujjatlarini yuritish.
Shuningdek Мehnat ta’limi fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi
bilimlarga ham ega bo‘lishlari kerak:
- O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi;
- barkamol shaxsni tarbiyalash yo‘llari;
- ta’lim jarayoni mohiyati va mazmuni;
- ta’limni tashkil etish metod va yo‘llari;
- dastur mazmunidan mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan qismni ajrata bilish va
mashg‘ulot uchun ishlanma tuzish.
Yuqorida keltirib o‘tilgan bilim ko‘nikma, malakalarni talabalarda
rivojlantirish Мehnat ta’limi fanni oldida turgan muhim maqsad va
vazifalardandir. Bu jarayoni tashkil qilishda o‘qituvchi va talaba faoliyatidagi
hamkorlik katta ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, inson barkamolligi ko‘proq uning ma’naviy dunyosiga qarab
belgilanadi. Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy
mafkurani
shakllantirish,
yoshlarni
boy
madaniy
merosimizga,
tarixiy
an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanga muhabbat, istiqlol
2
g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha
islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy
ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishninng eng
zamonaviy va qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. “Tarbiyaviy ishlar
metodikasi” fani tarbiyaviy ishlarning davr talabiga javob bera oladigan eng ilg‘or
usullarini
izlab
topish,
bo‘lajak
mutaxassislarning
kasbiy
professional
xususiyatlarini shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham bu fan
pedagogik fanlar tarkibida o‘quv jarayonlariga kiritilgan.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi o‘quv fanni o‘quv reja bo‘yicha umumiy 51
soatni tashkil qiladi, shulardan 24 soat nazariy, 12 soat amaliy, 15 soat mustaqil
ta’limni soatlariga ajratiladi. Fanni o‘zida 7 bob, 7- mavzuni mujassamlantiradi.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi o‘quv fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar
quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak:
- ma’naviy – ma’rifiy yo‘nalishdagi adabiyotlarni tahlil qilish;
- tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda asosiy omillarni ajratish;
- o‘qituvchilar ilg‘or tajribalarini o‘rganish va umumlashtirish;
- o‘quvchilar jamoasi bilan ishlash;
Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak:
- maktabda tarbiyaviy ishlarning asosiy mazmuni va vazifalari;
- tarbiyaviy ishlarning milliy va nazariy asoslari;
- ota – onalar va jamoatchilik bilan ishlash shakllari.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanni talabani bevosita amaliy faoliyatga
undaydi, ularga tadbiq qilib ko‘rish, bajarish imkonini beradi. Bir so‘z bilan
aytganda talabani ta’lim- tarbiya jarayoning tashkilotchisiga aylantiradi.
Мehnat ta’limi fanlari tarkibiga kiruvchi “Kuni uzaytirilgan guruhlarda
ta’lim-tarbiya nazariyasi metodikasi” fani yuqorida keltirilgan fanlarning uzviy
davomidir. Bu o‘quv fan asosan ta’lim-tarbiyada jarayonida yordamchi fan sifatida
qo‘llaniladi, shu bilan birga bu o‘quv fanni orqali biz mustahkamlash
2
tushunchasini to‘liq mohiyatini his qilamiz, aynan ushbu fanni o‘qitishda pedagog
kadrlarimiz bor kuch mahoratini saraflashlari talab qilinadi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da yosh
avlodni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash, dasturlar, darsliklar, o‘quv-
mеtodik qo‘llanmalarni milliy ta’lim-tarbiya asosida qurish yo‘l-yo‘riqlari
ko‘rsatilgan [1, 22b].
Mustaqil O‘zbеkiston taraqqiyotida o‘z kuchi, imkoniyatlariga tayanadigan,
atrofida sodir bo‘layotgan voqеa-hodisalarga mustaqil munosabat bilan
yondashadigan, ayni zamonda, o‘z manfaatlarini, mamlakat va хalq manfaatlari
bilan uyg‘un holda quradigan, erkin, har jihatdan barkamol sog‘lom avlodning
tarbiyalanishi asosiy o‘rinni egallaydi.
O‘zbеkistonning taraqqiyot yo‘li maktablardan boshlanadi. Kadrlar
tayyorlashning sifati, erkin fikrlovchi shaхs-fuqaroni kamol toptirish, sinf
хonalari va auditoriyalarda kimlar dars bеrishiga bog‘liq. Shunday ekan, xalq
ta’limi uchun yuksak malakali mutaхassislar tayyorlash bugungi kunning asosiy
vazifasidir.
Bu fanni o‘qitishning maqsadi boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya ishlarini
tashkil etishda, kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘quvchining imkoniyati, qobiliyati,
bilimini hisobga olish va shakllantirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va
samarali o‘tkazish yo‘llarini o‘rgatishdan, turli tadbirlar va mashg‘ulotlar tashkil
qilish hamda o‘tkazishni o‘rgatishdan iborat.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi metodikasi fani
pedagogik kollejlarning o‘quv rejasida umumiy 131 soatni tashkil qiladi, shulardan
48 soati nazariy, 44 soati amaliy, 6 soat kurs ishi loyihasiga, 39 soat mustaqil ish
dars soatlariga ajratilgan. Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi
metodikasi fani tarkibi 16 mavzu iborat.
Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi metodikasi fanini
o‘rganish jarayonida o‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak:
2
- bo‘lajak mutaxassislar O‘zbеkiston Rеspublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi
Qonunini bilish;
- yoshlarni har jihatdan yеtuk, barkamol qilib tarbiyalash, ijtimoiy hayotga
tayyorlash;
- o‘quvchilarning qobiliyati, bilim darajasini hisobga olish, bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri
tashkil qilish kabilarni bilish.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-
tarbiya nazariyasi metodikasi o‘quv fanini o‘rganish natijasida o‘quvchilar
quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalarga ham ega bo‘lishlari kerak:
- barkamol shaхs modulini tasavvur etish, uning ma’naviyatidagi zaruriy sifatlarni
shakllantirish shakl va yo‘llarini izlashlari;
- tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning nazariy va amaliy asoslarini egallashlari;
- tarbiyaviy tadbirlarning sifat va samaradorligini oshirishda yangicha ishlash
mеtodi va shakllaridan foydalanish san’atiga ega bo‘lishlari.
Ta’lim oluvchilar yuqorida ko‘rsatilgan bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zida
shakllantira olsa fanni chuqur egalagan hisoblanadilar. “Kuni uzaytirilgan
guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi metodikasi” o‘quv fanning oldida turgan
asosiy maqsad va vazifalar ham asosan shundan iboratdir.
Biz yuqorida pedagogik fanlar tarkibiga kiruvchi bir necha fanlar haqida
zarur ma’lumotlarni keltirdik, bu o‘quv fanlari talabalarni maxsus bilimlar bilan
qurollantiradi, ularni amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Shu o‘rinda aytish keraki,
talaba ijtimoiy hayotning teng a’zosi, jamiyatda sodir bo‘layotgan barcha
jarayonlarning ishtirokchisidir, demak unga o‘quv fanlardan tashqari ijtimoiy
muhit ham ta’lim- tarbiya beradi, bu vazifalarni bajarishda “Yoshlar tashkilotlari
va ular bilan ishlash metodikasi” o‘quv fanning ahamiyati kattadir.
Bugun jamiyatimizga ko‘proq tashabbuskor, innovatsion faoliyat bilan
shug‘ullana oladigan yoshlar kerak, ular jamiyat hayotidagi voqea-hodisalarning
kuzatuvchisi emas ishtirokchisiga aylana olishlari shart va zarurdir.
2
Bu fanni o‘qitishdan maqsad “Kamolot” yoshlar ijtimoiy Harakati va
“Kamalak” bolalar tashkilotining maqsad va vazifalarini amalga oshirish yo‘llarini
o‘rgatish, yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasini o‘rgatishdir.
Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi o‘quv fanni o‘quv
rejasida 51 soatni tashkil qiladi. Shulardan 24 soat nazariy, 12 soat amiliy,15 soat
mustaqil soatlarga ajratiladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy
Harakati, “Kamalak” bolalar tashkilotlari yoshlar hayotiga tobora chuqurroq kirib
bormoqda.
Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi fanni o‘rganish natijasida
o‘quvchilar quyidagi ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lishlari kerak:
- O‘zbekiston Respublikasidagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati dasturi va
Nizomini bilishlari;
-“Kamalak” bolalar tashkiloti yo‘nalishlarini bilishlari;
- Boshlang‘ich tashkilot yetakchisi va uning faoliyati ish mazmunini;
- Boshlang‘ich tashilot kengashining faoliyati, ish mazmunini;
Yoshlar tashkilotlari va ular bilan ishlash metodikasi fanni o‘rganish natijasida
o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak:
- O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati dasturi va
Nizomini bilishlari;
-“Kamalak” bolalar tashkiloti yo‘nalishlarini bilishlari;
- Boshlang‘ich tashkilot yetakchisi va uning faoliyati ish mazmunini;
-“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkilotining ish hujjatlarini
yuritish tartibini;
- Boshlang‘ich tashkilot kengashi yig‘ilishini o‘tkazish tartibini.
Yuqorida keltirilgan o‘quv fanlari “Boshlang‘ich ta’lim tarbiyaviy ishlar
tashkilotchisi” mutaxassislarini kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarini oshirishda,
mustahkam bir binoning bunyod bo‘lishida poydevor vazifasini o‘taydi. Chuqur
2
egallangan bilim, mustahkam ishonch, tinimsiz qilingan harakat, yuksak salohiyat
bo‘lajak mutaxassisning samarali faoliyatga undaydi.
Dostları ilə paylaş: |