Bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/33
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#43109
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
mehnat talimi jarayonida keys-stadi texnalogiyasini qollash

 

 

 

 

 

 


 

 



 

 

 

I BOB. Keys-stadi   innovatsion  o‘qitish   texnologiya sifatida  

1. Keys-stadi texnologiyasining rivojlanish tarixi 

   Bugungi  kunda      zamonaviy  innovatsion  texnologiyalarni    ta’lim  tizimiga 

joriy  qilish,    o‘quv  faoliyatida    o‘qituvchi  va  o‘quvchi  hamkorligini  ta’minlash, 

ta’lim  oluvchilarning  mustaqil  bilim  olish  ko‘nikmalarini  rivojlantirish  ta’lim 

oldida turgan muhim vazifalardan biridir.  

    Biz    shaxsiy-kasbiy  faoliyatimizda  turli  xil  muammoli  vaziyatlarga  duch 

kelamiz, aynan  shu  vaziyatlarning    muqobil  yechimini  izlash, yuzaga    kelgan  har 

qanday  muammoli  jarayoning  yechimini  topa  olish,  istiqboli  rejalarni  tadbiq  qila 

olish  bizning  bilim,  mahoratimizga  bog‘liqdir.  Aynan  amaliy  vaziyatlarni  hal 

qilishda qo‘llaniluvchi keys-stadi texnologiyasi kelgusi faoliyat jarayonida yuzaga 

keluvchi    vaziyatlarning  yechimini  oldindan  topishga  o‘rgatuvchi,    yangi 

yechimlarni ishlab chiqishga yo‘naltiruvchi pedagogik teхnologiyalardan biridir.  

   Keys-stadi  texnologiyasining  asosiy  maqsadi  o‘quv  guruh  o‘quvchilarning 

bilim  olish  jarayonini  faollashtirish,  mavjud  muammoli  vaziyatlarni  hal  qilish 

orqali ularning ilmiy–ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirishdan iboratdir. Shuningdek 

texnologiya  talabalarning  bilim,  ko‘nikma,  malakalarini  hamkorlikda  qo‘llashga,  

taklif  qilingan  yechimlarni  tahlil  qilish  orqali    muqobil  yechimini  izlashga 

o‘rgatuvchi ta’lim texnologiyasidir.[21, 1b] 

   Amaliy  vaziyatlarni  hal  etish  uslublari  va  vositalari,  ya’ni  keys-stadi 

(ingilizcha  “case”-yig‘ma, aniq  amaliy, holat, stadi-o‘quv) texnologiyasi  bo‘lib, u 

tashkilot,  shaxslar  guruhi  yoki  alohida  shaxslar  hayotidan  olingan  real  vaziyat 

deganidir.[25, 17 b] Gary Thomas   quyidagi keys-stadiga oid tarifni keltirib o‘tadi: 

Keys  stadilar  bu  shaxslarni,  voqealarni,  qarorlarni,  davrlarni,  loyihalarni, 

qonunlarni,  tashkilotlarni  va  boshqa  tizimlarni  bir  yoki  undan  ortiq  usullar  orqali 



 

avvaldan  o‘rganib  kelinayotgan  tahlili  hisoblanadi.  Keysning  subyekti  tahliliy 



vaziyatlardir, ob’ekti esa uni tahlil qilish jarayonidir.[25, 6-7 b] 

        Cheklangan miqdordagi elementlarni o‘rganish uchun namunalardan va jiddiy 

bayonnomalardan(qoidalar  to‘plamini)  foydalanish  o‘rniga,  keys  stadi  usuli  o‘z 

ichiga yagona bir vaziyat yoki voqeani uzoq muddat davomida chuqur o‘rganishni 

o‘z  ichiga oladi.  Ular  voqealarga,  ma’lumot  yig‘ishga,  ma’lumotni tahlil qilishga 

va  natijalarni  e’lon  qilishga  tizimlashtirilgan  qarashlarni  ta’minlaydi.  Natijada 

o‘rganuvchi sodir bo‘lgan voqeani qanday sodir bo‘lganligi haqidagi tushunchasini 

yanada  rivojlantirishi  mumkin  va  kelajakdagi  izlanishlar  uchun  nimalar  muhim 

hisoblanishini  bilib  olishi  mumkin.  Keys-  stadilar,  farazlarni  dunyoga  keltirishda 

hamda ularni sinovdan o‘tkazishda muhim rolni o‘ynaydi. [25,511 b] 

        Keys-stadi  bo‘yicha  yana  bir  ta’rif    bu  uni  tadqiqot  strategiyasi  deb 

belgilanishidan  iborat.  Keys-stadi  bu  bir  yoki  bir  nechta  keyslarni,  ko‘p 

miqdordagi dalillarni  o‘z ichiga olishi mumkin, turli-xil dalil manbalariga bog‘liq 

va nazariy vaziyatlarning oldingi rivojlanishidan manfaat olishini anglatadi. Keys- 

stadilar statistik izlanishlar va ko‘p ma’lumot to‘plagan holda tadqiqot qilish bilan 

farqlay  olish  lozim.  Bir  mavzudagi  tadqiqot  keys-  stadi  ma’lumotlaridan 

foydalanib,  xulosalar  qabul  qilish  uchun  asos  keltirib  beriladi.  Bu  yana  Lamnek 

fikrlarida  o‘z    tasdiqini  topadi  va  shakllanad.  Keys-stadi  –  bu  tadqiqotli 

yondashish,  aniq  ma’lumotlar  olish  texnikalari  va  metodologik  paradigmalar 

orasida  joylashgan.  Ba’zida  keys-stadi,  keys-buk  bilan  adashtiriladi,  deb 

hisoblaydilar.[52]

 

        Keys-buk  metodi,  yoki  boshqacha  qilib  aytganda  keys  metodi  asosan 



Ameriaka Qo‘shma Shtatlarining huquqshunoslik maktablarida huquqni  o‘qitishni 

asosiy  uslubi  hisoblanadi.  U  Garvard  huquqshunoslik  maktabida  Kristofer 

Kolumbus  Langdell  tomonidan  kashf  qilingan.[53]  Bunda  huquqiy  hujjatlarni 

mavhum rezyumesini o‘rganish o‘rniga Amerika qonunlarini yaqindan tanishishni 

yaxshi  yo‘li  bu  sud  fikri  va  qarorining  o‘zini  o‘rganib  chiqishdir,  degan  tamoyil 

asos  qilib  olingan.  [14,118]  Shu  maqsadda  amerikalik  huquqshunos  professorlar 




 

huquqning  aniq  sohalariga  tegishli  mashhur  sudlarda  amalga  oshirilgan  ishlarni 



yig‘ishadi,  bular  maxsus  o‘quv-qo‘llanmalar  “keysbuklar”  deb  ataladi.  Ba’zi 

professorlar  ishlarga  o‘zgartirishlar  kiritib,  ularning  mag‘zinigina  ayrim 

ma’lumotlarni  olib  tashlagan  holda  qoldiradi,  ba’zilari  esa  ishni  bus-butunligicha 

qoldiradi. Umumiy usullardan biri bu yangi qonun yaratishga turtki bo‘lgan ishga 

aloqador  barcha  ma’lumotlarni qisqacha xulosa  bilan keltirib berishdan  iboratdir. 

Odatda amerika huquqshunoslik maktablarida keysbuk uslubi Suqrot metodi bilan 

uyg‘unlashgan.  Mazkur  sinf  uchun  o‘qituvchi  bir  nechta  vaziyatlarni  o‘qishga 

beradi va yana unga qo‘shimcha bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni talab 

qilishi  mumkin.  Sinfda  o‘qituvchi  o‘rganish  tayinlangan  ish  bo‘yicha 

o‘quvchilarga  savollar  beradi,  ularning  qonularni,  vaziyatni  tushungan, 

tushunmaganligini  aniqlab  oladi  va  bu  jarayon  bahs  munozara  tarzida  kechadi. 

Agarda ma’lum bir qonun jiddiy bahsga sabab bo‘lsa, unda bu qoida shubha ostiga 

tushadi.  Bu  o‘qitish  metodi  boshqa  o‘quv  dasturlaridagi  o‘qitish  metodidan  2  ta 

xususiyati bilan farq qiladi:  

   1) O‘quvchilardan birlamchi manbalardan, ya’ni qonun tilida yozilgan ishlardir.  

  2)  Amerika  huquqshunoslik  maktablarida  asosan  sinfda  keysni  anglash  uchun 

diologlardan  foydalaniladi,  to‘g‘ridan-  to‘g‘ri  ma’ruza  o‘qib  berish  orqali  emas.  

Ba’zi  huquqshunoslik  maktablarida  esa  keysbuk  metodi  ma’ruzalar  bilan 

uyg‘unlashtirilgan  bo‘ladi.  Bular  asosan  soliq  qonunlarini  va  savdo-sotiqga  oid 

qonunlarni  o‘rganadigan  sinflarda  uchraydi.  Bu  usul  yana  Kanada,  Avstraliya  va 

Yangi Zelandiya kabi mamlakatlarning umumiy qonunlarida qo‘llaniladi. Keysbuk 

uslubi, keys -stadi uslubiga juda o‘xshaydi, lekin ular bir xil emas.[25,317 b] 

 Keys-  stadi  texnologiyasi  aniq  o‘quv  materiallar  asosida  maxsus  ishlab 

chiqilgan  vaziyatlarni  aniqlash,    yechishga  yo‘naltirilgan  bo‘lib    oldindan  o‘quv 

soat mavzusi  asosida tuziladi  va  talabalar bilan birgalikda tahlil qilish maqsadini 

ko‘zlaydi. 




 

  Keysda bayon qilingan muammoli  vaziyat ma’lum  bir  institusional tizimda 



ko‘rib chiqiladi, bunda   hayotdagi tipik muammolar   qayta yaratadigan  holda real 

yoki sun’iy qurilgan hodisalar sifatida aks etiriladi. 

 Keys-  stadi  texnologiyasi      kelib  chiqishi  va  ta’lim  tizimida  qo‘llanilishi  

o‘tgan  asrning  yigirmanchi  yillariga    to‘g‘ri  keladi.  Ma’lumotlarga  qaraganda  bu 

texnologiya  undan    ham  oldinroq  mavjud  bo‘lib  o‘quv  jarayonlarida  qo‘llanilib 

borilgan.    Keys-stadi  texnologiyasining    kirib    kelishida    yunon  faylasufi  

Suqrotning  maktabi  alohida  ahamiyatga  egadir.  Chunki  Suqrotning      shogirdlari 

bilan  olib  borgan  bahs-munozarali  suhbatlari,    aynan  keys-stadi  texnologiyasini 

eslatadi.  Shuningdek    turli  kashfiyotlarning    o‘z  tasdig‘ini  topishi,  isbotlanishida 

ham  keys-stadi  texnologiyasi  o‘ziga  xos  o‘ringa  ega.  Masalan  tanqidiy  keyslar 

ko‘pchilik nazariyalarni isbotini topishda  qo‘llanilgan.

 

  Tanqidiy  keysni  umumiy  muammoga  bog‘liq  bo‘lgan  strategik  ahamiyatga 



ega keys deb aytish mumkin. Tanqidiy keys quyidagi umumlashtirish turiga ijozat 

beradi, “agar bu ushbu keys uchun haqiqiy bo‘lsa, bu hamma(ko‘pchilik) keyslar 

uchun  haqiqiy  hisoblanadi’.  Keys-stadi  yana  mashhur  faylasuf  Karl  Popperning 

falsifikatsiya  (sohtalashtirish)  deb  nomlangan  test  turini  umumlashtirishning 

samarali usuli hisoblanadi. Buning inkor shakli “agar bu ushbu keys uchun to‘gri 

hisoblanmasa,  unda  bu  har  qanday  keys  uchun  haqiqiy  hisoblanmaydi”  degan 

ko‘rinishda  bo‘ladi.  Falsifikatsiya  bu  ilmiy  takliflarni  rad  qila  oladigan  jiddiy 

testlardan biridir: agar  faqat bitta  kuzatuv ilmiy  farazga  mos  kelmasa, u  holda bu 

faraz rad qilinishi yoki qaytadan o‘rganilishi kerak.         

   Popperning  o‘zi  mashhur  “qora  oq  qushlar”  misolidan  foydalanib,  kuzatuv 

jarayonida  faqat  bitta  qora  qushning  aniqlanishi  bu  farazni  rad  qilinishini  yoki 

soxta  ekanligini  aniqlab  beradi  va  shu  yo‘l  orqali  bu  umumiy  ahamiyatga  ega 

bo‘lib, kelajakdagi izlanishlarga va nazariya yaratishlarda turtki bo‘ladi.[25,119b] 

         Galileo  Galiley  tomonidan  Aristotelning  Butun  dunyo  tortishish  qonuni  rad 

qilinishi  o‘z-o‘zidan  emas  bu  keys-stadiga  asoslangan  va  bu  keys  ma’lumotlarga 

tayangan  holda  tanlangan.  Raddiya  asosan  farazdan  boshlangan,  keyinchalik  u 




 

tajriba  orqali  o‘z  isbotini  topgan.  Shunga  qaramasdan,  Aristotelning  tortishish 



qonuni  rad  qilinmasdan  oldin  2000  yilgacha  ilmiy  fakt  deb  qabul  qilinib  kelgan. 

O‘zining  tajribasida,  Galileo  quyidagi  sababni  keltirgan:  agarda  ikkita  jism  bir 

vazndagi  bir  xil  tepalikdan  tashlab  yuborilsa  bir  xil  paytda,  ular  yerga  bir  xil 

tezlikda birdaniga tushishadi. Agar bu  ikkita  jism  bir-biriga birlashtirilsa, bu  jism 

ikki  marta  ko‘p  vaznda  bo‘ladi  va  Aristotel  qonuniga  ko‘ra  yerga  ikkita  ayrim 

jismga  qaraganda  tezroq  qulaydi.  Bu  natija  Galileoni  qoniqtirmaydi.  Bu  qarama-

qarshilikni  bartaraf  qilishni  yagona  yo‘li  bu  qulash  omili  hisoblangan  vaznni  olib 

tashlashdan  iborat  edi.  Galileoning  tajribalari  har  xil  vazndagi  jismlarni  har  xil 

tepalikdan va har xil shamol tezligida tashlab ko‘rishdan iborat emas edi. Aksincha 

bu yagona tajriba, ya’ni keys -stadi edi. [14, 221 b] 

        Galileoning  qarashi  ikkilanishlarga  sabab  bo‘ldi,  Aristotelning  qarashi  esa 

darrov rad qilinmadi va havo nasosi kashf qilinmaguncha yarim asr hukm surdi.      

 Havo  nasosi  kashf    qilinishi    o‘quvchilarga  ma’lum  tajribalarni  o‘tkazishga 

yordam  berdi,  bunda  tanga  yoki  qo‘rg‘oshin  parchasi  vakum  trubalari  ichida 

pardek bir xil tezlikda  tushishadi.  Bu ilmiy  tajribadan keyin  Aristotelning qarashi 

butunlay  rad  qilindi.  Lekin,  metallarning  va  parni  oqilona  tarzda  tanlanganini 

ta’kidlab  o‘tish  lozim.  Shular  yordamida  Galileo  o‘z  fikrini  isbotlab  berish 

uddasidan  chiqdi.  Keysni  strategik  tarzda  tanlash  keysning  umulashtirishga  olib 

kelishini kuzatish mumkin.[14, 224 b] 

   Keys-stadi texnologiyasi ilk marotaba 1870 yilda Garvard biznes maktabida 

qo‘llanila boshlangan.  “Muammo” (situatsiya) atamasiga keladigan bo‘lsak, ushbu 

so‘z  ko‘proq  tibbiyot  va  huquqshunoslik  sohalarida  qo‘llanilib  kelingan,  ta’lim 

tizimida bu so‘z yangicha talqin qilinadi. [30, 117 b] 

  1920 yilda Garvard biznes-maktabi (HBS) o‘qituvchilari yuristlarning o‘qitish 

tajribasiga  tayanib,  iqtisodiy  amaliyotdagi  aniq  vaziyatlarni  tahlil  etish  va 

muhokama  qilishni  ta'limning  asosiy  usuli  etib  tanlashganidan  keyin  mazkur 

o‘qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi. [43,5 b] 



 

 Turli-xil  vaziyatli  mashqlar  to‘plangan    ilk  kitob  1921  yilda  Kouplend  va 



Garvard biznes maktabining rahbari Volas Donam  homiyligida chop qilingan. 

       


Keys- stadi texnologiyasining rivojlanishida Garvard va Manchestr maktablari 

alohida ahamiyatga egadir, ular bir-biridan qo‘llanish usullari orqali farq qiladi.  

    Keys-  stadi  uslubi  birinchi  marotaba  ijtimoiy  fanda  Frederik  Le  Play 

tomonidan  1929  yil  oila  byudjeti  statistikasini  hisoblashda  qo‘llangan.[38,120  b] 

Keyinchalik  keys  stadilar  ijtimoiy  fanlarda  yangi  nazariyalarni  yaratishda 

sotsiologlar  Barney  Glaser  va  Anselm  Strauss  tomonidan  1967  yil,  “asoslangan 

nazariyada” tadqiqot metodi sifatida qo‘llanilgan. [30,110 b] 

   XX  asarning  boshlarida  Garvard  maktabining      o‘qituvchilari  darslarida 

ma’ruza 

o‘qish 


jarayonida 

fikrlashga 

undovchi 

masalalarni 

to‘liq 

tushuntirmaganlar,  bu  masalarga  javoblarni  talabalarning    o‘zlari  toptirishga  

harakat qilganlar  va  talabalarning  bildirgan  yechimlarini  qayd  qilib borganlar.  Bu 

jarayon  davomida  turli  hil  muammolarni  ham  kiritib,  talabalarni    yechimlarni 

topishga undaganlar.[36,116 b] 

  XX  asrning  70-80  yillariga  kelib  ushbu  texnologiya  dunyo  bo‘ylab  keng 

tarqaldi.  Ko‘pgina  mamlakatlarda  bu  texnologiyadan    faqat  iqtisod  fanlarini 

o‘qitishda qo‘llanilib kelingan edi.  O‘sha paytda bu texnologiya ustida rossiyalik 

olimlardan 

G.A 


Bryanskiy, 

Yu.Yu 


Ekaterinoslavskiy, 

O.V 


Kozlova, 

Yu.D.Krasovskiy,  V.Ya.  Platonov,  D.A  Pospelov,  O.A.Ovsyannikov,  V.S. 

Rapopportniklar ilmiy izlanishlar olib borganlar.  Ammo bu davrda texnologiyaga 

yetarlicha    darajada  e’tibor  qaratilmagan,    turli    ijtimoiy  qatlamlar  tomonidan 

taziyiqga  uchraganligi  sabab  bu  texnologiya  dars  jarayonlarida  qo‘llanilmay 

qo‘yilgan. 

  Keys-stadi  texnologiyasi  1990-yillarning    ikkinchi  yarimda  Rossiyalik 

mutaxassislar tomonidan yana qayta o‘rganila boshlandi. Iqtisodiyot sohasida olib 

borilayotgan  keng  ko‘lamdagi  islohatlar  natijasida,    zarur  paytda    mustaqil  va 

to‘g‘ri  qarorni  qabul  qilib,  qiyin  bir  holatdan  chiqaradigan  ,  to‘g‘ri  tavakkal  qila 

biladigan iqtisodchilarga talab keskin oshdi. Buning natijasida ko‘plab oliy ta’lim 



 

muassalarida  o‘qitilayotgan  fanlarda  keys  texnologiyasi  qo‘llanila  boshlandi  va 



shuningdek  iqtisodiyot  sohasiga    yangi    yo‘nalishlar  qo‘shildi:  menejment, 

marketing,  sotsiologiya,  siyosatshunoslik  va  boshqalar.  Ushbu  yo‘nalishlar  orqali 

ta’lim sohasiga interaktiv o‘qitish uslublari kirib keldi. 

 Keys stadi o‘zining uzoq shakllanish bosqichlariga egaligi bilan ahamiyat kasb 

etadi.  Keys-stadilar  farazlarni  sinovdan  o‘tkazish  uchun  qo‘llanilishi  yaqin  o‘n 

yilliklarda  paydo  bo‘lib,  mashhur  uslubga  aylanishga  ulgirdi.  Keys-  stadilardan 

foydalanish  ta’limda,  xususan  ta’lim  evolyutsiyasida  mashhurlikka  ega 

bo‘ldi.[36,21b]    Hozirda  tajriba  olamida  ma’lum  bo‘lganlarning  ko‘pchiligi  keys- 

stadilar  yordamida  erishilgan  va    ko‘p  sohalarda  qo‘llaniladi,  shular  ichiga 

psixologiya, 

sotsiologiya, 

antropologiya, 

tarix, 

ta’lim, 


iqtisodiyot, 

siyosatshunoslik,  menejment,  geografiya,  biologiya  va  tibbiyot  kiradi.  Masalan, 

barcha  yuqori  saviyadagi  siyosatshunoslikka  oid  jurnallardagi  maqolalarning 

yarimi  keys-stadilardan  foydalanadi.  Lekin  bu  yerda,  Oksford  professori  Bent 

Flyvbjerg  ta’kidlaganidek  aqlga  zid  fikr  bor.  Keys-stadilar  keng  ko‘lamda 

qo‘llanilayotgan bir paytda, ularga  bo‘lgan  e’tibor pastligi va  umuman  e’tibordan 

chetda  qolayotgani  tushunarsiz  holat.  Oliygohlarda  taklif  qilinayotgan  kurslar 

buning isbotidir. Ma’lumki keys - stadi paradoksi mavjudligi uning tadqiqot uslubi 

deb qabul qilinganligi sabablidir. Bu keys stadi tushunmovchilikni hal qilish orqali 

paradox yechimini topishi mumkin.[25,16 b]

 

 Flyvbjerg(2006)  keys  stadining  tadqiqot  sifatidagi  cheklanishlarga  oid  5  ta 



tasdiqlovchi gaplarni ko‘rsatib beradi: [14, 310 b] 

1. Umumiy, nazariy bilim aniq, amaliy bilimdan qadrliroqdir.  

2. Ayrim bir keysga asoslangan holda ilmiy rivojlanishga erishib bo‘lmaydi.  

3. Keys-stadi farazlarni dunyoga keltirishda juda foydali uslublar va farazlarni 

tekshirib ko‘rishda va nazariya yaratishda qulay hisoblanadi.  

4. Keys-stadi  verifikatsiyaga  moyil  bo‘ladi,  ya’ni  tadqiqotchi  fikrini 

isbotlashga moyillik. 



 

5. Ko‘p  hollarda  aniq  misollar  yordamida  umumlashtirish  va  nazariyani 



rivojlantirish qiyin kechadi. 

     Keys-stadi texnologiysi faqat ta’lim sohasiga hos uslubiy yangilik emas, bu 

uslub  talabaning  bilim  faoliyatga  yo‘naltirishdan  tashqari,  uning  kommunikativ 

qobiliyatlarini shakllantirishga ham qaratilgandir. 

  Hozirgi  kunda  keyslarni  yozadigan  va  ularni  nashr  qiladigan  Michigan 

Universitetidagi  Glabolens  kabi  markazlar  mavjud.  Dunyo  bo‘yicha  yuridik 

maktablarda keys stadilarni o‘qitish va ularni yozish faoliyatning markaziy vazifasi 

hisoblanadi.  Yevropa  Keys  Kliring  Uyi  va  Globalensga  o‘xshagan  ba’zi 

tashkilotlarda  eng  yahshi  o‘qitish  keyslarini  aniqlash  uchun  musobaqalar  olib 

boriladi.  Ayrim  muassasalar  o‘qitish  keyslarini  yozishda  juda  faol  qatnashadilar 

(taqdirlangan mukofotlar soni bilan aniqlangan), bularga: Garvard biznes maktabi, 

Virjiniya  universitetining  Darden  maktabi,  Michigan  universitetidagi  Ross  biznes 

maktabi,  Richard  Ivey  biznes  maktabi,  Osiyo  menejment  instituti,  Hindiston 

menejment  instituti,  Ahmedobod  va    Kong  universitetidagi  Osiyo  keys  tadqiqot 

markazi kabilar kiradi. [14,313b]   


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin