Mavzu: Uslubshunoslik. Reja



Yüklə 192,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix11.10.2023
ölçüsü192,54 Kb.
#153694
  1   2
7-mavzu Uslubshunoslik.



MAVZU:
 
Uslubshunoslik. 
Reja:
1.
Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg’u. 
2.
Grammatik vositalar. 
Fonetika nutqning eng kichik ma’no anglatmaydigan birliklari - nutq tovushlari, 
fonlar bilan ham shug‘ullanadi. Fonlar nutqning moddiy bazasi bo‘lib, so‘z, so‘z 
birikmalari, gap va matnlarni shakllantirishda bevosita ahamiyatga egadir, chunki 
inson tili - tovushlardan tarkib topadi. Nutq tovushlarining akustik va fiziologik 
tomonlarini 
fonetika, 
ijtimoiy yoki sotsial sharoitlarini 
fonologiya 
o‘rganadi. Nutq 
tovushlarining akustik xususiyati deganda, ularning fizik xususiyatlari, ya’ni 
quloqqa chalinishi, eshitila olinish xususiyatlari tushuniladi. Ma’lumki, har qanday 
tovush biror jismning boshqa jism ta’sirida tebranishi natijasida paydo bo'ladi. Nutq 
tovushlarining paydo bo‘lishi haln ana shunday tebranish natijasidir. O'pkadan 
chiqayotgan havo oqimi tovush paychalarini tebratishi va nutq organlarida hosil 
bo‘ladigan shovqin natijasida nutq tovushlari 
vujudga keladi. Nutq tovushlarining akustik xususiyati, ularning kuchi, balandligi, 
tembri va cho‘ziq-qisqaligi bilan ifodalanadi. Nutq tovushlarining kuchi o‘pkadan 
chiqayotgan havo oqimining qarshilik ko‘rsatayotgan nutq organlariga kuch bilan 
urilishiga bog‘liq. 
Bu kuchlanish qanchalik shiddatli bo‘Isa, tebranish darajasi shunchalik katta, 
tovush ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Tovushlaming bu xususiyati amplituda 
deyiladi. Tebranayotgan jismning dastlabki, harakatsiz holatidan tebranishning 
yuqori va pastki nuqtasiga bir marta borib kelishi 
amplituda 
atamasi bilan 
belgilangan. Jismning sukunat holatidagi nuqtasidan tebranishning yuqori va pastki 
nuqtalari qanchalik uzoq bo‘lsa, tovush shuncha kuchli bo‘ladi. Akustikada tovush 
kuchi 
detsibal 
bilan o‘lchanadi. Nutq tovushlarining balandligi tebranish miqdoriga 
bog‘liq: vaqt birligi (soniya, daqiqa) ichida tebranishlaming soni qancha ko‘p bo‘lsa, 
tovush shuncha baland bo‘ladi. Akustikada tebranish miqdori gerts 
(gts)lar bilan oichanadi. 
Nutq tovushlarining tembri 
deganda ularning sifati 
tushunilib, unga asosiy yordamchi tonlar va shovqin birikmasi kiradi. Gap 
shundaki,tovushlar faqat kuch va balandlik bilan izohlanmay, balki, kuch, balandlik, 
qo‘shimcha oberton va shovqinlar qo‘shilmasidan tashkil topadi. Qo‘shimcha ton 
(oberton)lar og‘iz va burun bo‘shlig‘ida asosiy tovush toniga qo‘shimcha tonlaming 
ta’siri natijasida paydo bo‘ladi. Shunday ekan, nutq tovushlarining tembri rezonator 
vazifasini o‘tovchi og‘iz va burun bo‘shliqlarining hajmi va shakliga hamda og‘iz 
bo‘shlig‘i va bo‘g‘izdan hosil bo‘ladigan shovqinlaming qanday bo‘lishiga ham 
bog‘liq. Tembr bo'lmasa, bir kishining nutqini ikkinchisinikidan ajratish qiyin. 
Chunki har bir shaxsning og‘iz va burun tuzilishida - o‘ziga xos xususiyatlari 
bo‘lishi tabiiydir. 
Nutq tovushlari akustik xususiyatining 
yana bir tarkibiy qismi 
ulaming uzun-qisqa bo‘lishidir. Bu xususiyat unlilarga xos bo‘lib, ma’lum vaqt 
ichida unlilaming uzun va qisqa talaffuz qilinishidir. Masalan, ingliz tilida uzun va 
qisqa [i] va [i:] unlilari bor. 
Nutq tovushlarining fiziologik xususiyati 
deganda nutq 
tovushlari talaffuz qilinayotganda qaysi nutq organlari ishtirok etishi tushuniladi. 
Masalan: 


lab-lab tovushi: 
v - 
lab-tish tovushi 
va hokazo. 
Nutq tovushlarining 


ijtimoiy xususiyati 
deganda, ulaming morfema va so‘zlaming ma’nolarini o‘zgartira 
olish qobiliyatlari tushuniladi. Avval aytganimizdek, bu masalani fonetika emas, 
fonologiya o‘rganadi. Masalan: 
ot-o't, qor-nor-zor.

Yüklə 192,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin