3.11. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko’rsatiladigan yordamni ikki qismga bo’lib qaraladi: tok ta’siridan qutqazish va birinchi yordam ko’rsatish.
Tok ta’siridan qutqazish o’z navbatida bir necha xil bo’lishi mumkin. eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o’sha qismiga kelayotgan tokni o’chirishdir.
Agar buning iloji bo’lmasa (masalan, o’chirish qurilmasi uzoqda bo’lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko’p bo’lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog’ochli bo’lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo’lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridai qutqazib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo’lsa, unda dielektrik qo’lqop va elektr izolyatsiyasi mustahkam bo’lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko’rsatish, uning holatiga qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi hushini yo’qotmagan bo’lsa, uning tinchlantirib, vrach kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok ta’sirida xushini yo’qotgan ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo’lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo’shatish va sof havo kelishni ta’minlash zarur. Nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo’llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati bo’lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo’lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.
Klinik o’lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas berish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
Sun’iy nafas berish jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqazib olish, uning holatini anikdash bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas berish "og’izdan og’izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko’rsatuvchi kishi o’z o’pkasini havoga to’ldirib, jarohatlangan kishi og’zi orqali uning o’pkasiga bu havoni haydaydi. Odam o’pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o’pkasi ishlashi uchun yetarli midorda kislorodga ega bo’lishi aniklangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og’zini ochib begona narsalardan tozalanadi. havo o’tish yo’lini ochish uchun boshini bir yo’li bilan peshona aralash ko’tariladi, ikkinchi yo’l bilan dahanidan tortib, dahanini bo’yni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi. Shundan keyin ko’krak qafasini to’ldirib nafas olib, kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi og’zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko’rsatayotgan kishi og’zi bilan, jarohatlangan kishining og’zini butunlay berkitishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak.
Shundan keyin yordam ko’rsatuvchi boshini ko’tarib yana o’pkasini havoga to’ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi passiv ravishda nafas chiqazadi.
Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni doka, dastro’mol va trubka orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi mustaqil nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni uning nafas olishiga bemor o’ziga kelguncha davom ettiriladi [10].