Bitiruv malakaviy ishiga



Yüklə 31,5 Kb.
tarix13.07.2023
ölçüsü31,5 Kb.
#136470
Taqriz3


BITIRUV MALAKAVIY ISHIGA
TAQRIZ
Talaba: Ibodov Baxtiyor Baxshillo o’g’li
Mavzu: “Buxoro tuman Bog`ikalon MFYsi qishloq xo`jaligida mo`ljallangan yerlarda tuproq monitoringini o`tkazishning ilmiy asoslari”.
1.Mavzuning dolzarbligini asoslash: Yer tabiiy tizimdagi eng asosiy boylik hisoblanadi. Tabiiy tizimdagi barcha resurslar – o‘rmon, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosining mavjud bo‘lishi va yashashi bevosita yer bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, yer sanoat, turar-joy ob’ektlarini joylashtirishda bazis, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda asosiy vosita rolini o‘ynaydi. Shu sababdan, yer boyliklaridan foydalanishni ilm-fan tavsiyalari asosida to‘g‘ri tashkil etish, uni to‘g‘ri taqsimlash, yer unumdorligini doimo oshirib borish, undan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish jamiyat taraqqiyoti va barqaror rivojlanishi, fuqarolarning farovon hayot tarzini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2.Ishning tarkibini baholash BMI 3-bobdan iborat, zamonaviy-ilmiy uslublardan foydalangan holda bajarilgan.
3.Ishning(mavzuning) baholanishi va uning afzallik tomonlarini ko‘rsatish: Bitiruv malakaviy ishining maqsadi qishloq xo`jaligida mo`ljallangan yerlarda tuproq monitoringini o`tkazishning ilmiy asoslash, tuproqlarni bonitirovkalashda tuproq xossalari va undan olinadigan hosil miqdorlari ham matematik nuqtai nazardan qayta ishlashga muhtoj, ya’ni u raqamlar qay darajada to‘g‘ri ekanligini matematik statistik usullar orqali tekshirishdan iborat .
4.Ishda foydalanilgan adabiyotlarga baho berish.
Ishda kerakli adabiyotlardan,internet ma’lumotlaridan foydalanilgan.
5.Bitiruvchining ilmiy munozara yuritish qobilyatiga va foydalanilgan adabiyotlarga baho berish. Bitiruvchi o‘zi bajargan ishni ilmiy asoslay oladi.
6.Xulosa va takliflarning ochiqliligi va asoslanganligi: BMI dagi keltirigan ma’lumotlar va xulosalar aniq dalillar bilan asoslangan.
7.Chizmalar, grafiklar va jadvallar sifatiga berilgan baho, ishni rasmiylashtirishning talab darajasiga javob berishi: Chizmalar va jadvallar to‘g‘ri,aniq qilib bajarilgan.
8.Ishdagi kamchiliklar: BMI da ba’zi orfografik xatolar uchraydi, bu kamchiliklar BMI ning saviyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
9.BMI ning qaysi takliflarini ishlab chiqarishga joriy etish maqsadga muvofiq– -tuproq bonitirovkasi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natjalarini qayta ishlovchi dasturni yaratish. borishning nazariy-metodologik asoslarini o‘rganish
10.Bitiruv malakaviy ishining qo‘yilgan talab darajasiga mos kelishi to‘g‘risida umumiy xulosa: Bitiruv malakaviy ishi qo‘yilgan talablarga mos bo‘lib,talablarga to‘liq javob beradi.
11.Bitiruv malakaviy ishini yaxshi bahoga baholash mumkin.
Bitiruvchi: Ibodov Baxtiyor Baxshillo o’g’li 5410700 Yer kadastri va yerdan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini berish mumkin.
R.I.Rustamov - Davlat Kadastrlar palatasi Buxoro viloyat boshqarmasi Buxoro tuman filiali boshlig’i «_______»_________________ 2023 yil
(imzo, muhr)
Yüklə 31,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin