BMIda qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda nashr qilingan o‘zga matndan olingan manbaga hech qanday havola qilmagan holda ishlatish yoki olingan manbaga havola qilingan bo‘lsa-da, lekin o‘zlashtirishlarning hajmi va harakteri talabaning ishni yoki uning aksariyat qismini mustaqil yozilganligiga shubha uyg‘otadigan darajada o‘zlashtirilgan bo‘lsa plagiat deb topiladi. Bunday vaziyatda talabaning BMI 0 ball bilan baholanadi.
BMIni rasmiylashtirish va himoyaga taqdim etish tartibi:

BMI ning matni 60 sahifadan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda foydalanilgan adabiyotlar va ilovalar BMIning umumiy hajmiga kirmaydi.
BMI talaba tomonidan kompyuterda Microsoft Word dasturini qo‘llagan holda, “Times New Roman”14 shriftda, 1,5 qatorlararo intervalda tayyorlanishi va A4 formatdagi oq qog‘ozda bir tomonlama printerdan chiqarilgan bo‘lishi kerak.
Sahifa o‘lchami kitob shaklida, yuqori va pastki maydoni –2 sm, o‘ng taraf –1,5 sm, chap taraf –3 sm ni tashkil etishi kerak.
BMI qattiq muqovali titul varag‘i Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va uni baholash tartibi to‘g‘risida Nizomning 1-ILOVAsida keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladi.

BMIga professor-o‘qituvchi yoki amaliyotchi mutaxassis tomonidan imzolanadigan taqriz beriladi.