Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash


Taqrizchilarga taqdim etish



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/39
tarix20.06.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#61854
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
BMI yozilish tartibi

 
6.2 Taqrizchilarga taqdim etish 
 
Bitiruv malakaviy ishga ob`ektiv baho olish maksadida unga muvofik 
keluvchi tashkilot boshqarmasining yuqori ilmiy-amaliy salohiyatga ega bo’lgan 
mutaxassislarining taqrizlari muhimdir. 
Har bir bitiruv malakaviy ish bo’yicha kafedra yig`ilishi qaroriga muvofiq 
taqrizchi belgilanadi. 
Ichki opponent ilmiy maslahatchi yoki bitiruv malakaviy ish bajariladigan 
kafedra a`zolari tarkibidan belgilanadi, tashqi taqrizchi – OTM yoki o’rta mahsus, 


46 
kasb xunar ta`limi muassasalarining boshqa professor-o’qituvchilari, yoki 
muayyan malakaviy ishda ko’tarilgan muammo bo’yicha etakchi ilmiy va amaliy 
faoliyat olib boruvchi boshqa muassasa, tashkilot va korxona mutaxassislari 
tarkibidan bo’lishi mumkin. 
Ilmiy rahbardan ijobiy taqriz olingandan so’ng talaba tayyor bo’lgan bitiruv 
malakaviy ishni bir xafta ichida fakultet dekani tomonidan davlat attestatsiyasi 
uchun belgilangan ikkita opponentning har biriga taqriz olish uchun taqdim etishi 
lozim.
10-ilovada namuna keltirilganidek, taqrizda talaba tomonidan tanlangan 
mavzuning dolzarbligiga baho berilishi, unda qo’yilgan maqsad va ifodalangan 
vazifalarga bitiruv malakaviy ish mazmunining mosligi, uning asosiy kiymatini 
belgilovchi amaliy ahamiyati va olingan natijalarning ilmiy asoslanganligi, ishning 
Nizom talablari mos rasmiylashtirilganligi, shuningdek, ishda yul qo’yilgan asosiy 
kamchilik berilgan bo’lishi lozim. Bitiruv malakaviy ishning kasbiy tayyorgarlik 
darajasini yakuniy baholash uning me`yoriy hujjat talablariga mosligi va 
opponentning himoya qilishga ruxsati haqidagi xulosasi hisoblanadi. Taqrizchi 
bitiruv malakaviy ishning mazmuni va rasmiylashtirilishi bo’yicha talaba mehnati 
natijalariga nafaqat sifat, balki miqdor (ballarda) baho berishi zarur. Masalan: «ish 
yuqori ijobiy bahoga loyiq», «ish yaxshi bahoga loyiq», «ish qoniqarli bahoga 
loyiq». 
Agar bitiruv malakaviy ish taqrizchiga himoya qilishga bir xaftadan kam vaqt 
qolganda taqdim etilsa, u himoyani boshqa sanaga o’tkazish to’g`risidagi masalani 
ko’tarishga xaqlidir. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin