49
o’zining
fikrini bildirish huquqiga ega, biroq ular ovoz berishda ishtirok
etishmaydi.
DAK bitiruv malakaviy ishni nashr qilish, tanlovlarda ishtirok etish,
amaliyotda tadbiq etish bo’yicha tavsiya berish xuquqiga ega. DAK raisi (fakultet
dekani va kafedra mudiri bilan kelishilgan holda) ko’proq
qobiliyatli talabani
magistraturaga kirish uchun tavsiya berishi ham mumkin.
DAK kotibi barcha berilgan savollar, javoblar, asosiy fikrlar va
komissiyaning (imtiyozli yoki imtiyozsiz) diplom
berish yoki bermaslik
to’g`risidagi hukmi chiqarilgan yig`ilish bayonnomasini yuritadi. Bayonnoma
yig`ilishda ishtirok etgan komissiya raisi va a`zolari tomonidan imzolanadi. Xuddi
shu kuni DAK yig`ilishi bayonnomasi rasmiylashtirilgandan so’ng talabaga bitiruv
malakaviy ish himoyasining natijasi e`lon qilinadi.
Bitiruv malakaviy ishni uzrli sabablarga ko’ra belgilangan muddatda himoya
qila olmagan talaba hujjat asosida tasdiqlangach, DAKning keyingi ishlari davriga
qadar o’qish muddati uzaytirilishi mumkin. Birok bu muddat ilk o’tkazilgan
yakuniy attestatsiya o’tkazilgandan so’ng uch oydan kam bo’lmasligi va besh
yildan ham oshmasligi lozim. Buning uchun talaba fakultet dekaniga uzrli sababni
tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan ariza berishi kerak. Bitiruv malakaviy ishning
qayta himoyasi ikkinchi marotaba belgilanmaydi.
DAK ishi to’g`risidagi hisobot OTM Ilmiy kengashida ko’riladi
va yakuniy
davlat attestatsiyasi tugallangandan so’nggi ikki oy mobaynida mutaxassislarning
kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish bo’yicha tavsiyalar bilan birgalikda
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligiga taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: