Mavzu dolzarbligining asoslanganligi:
Respublikamiz ta`lim tizimida mavzuga oid masalalarning aks etishi, bu
boradagi amalga oshirilgan nazariy, amaliy va metodik ishlarning yoritilishi.
10
BMI tuzilishi:
Bob va paragraflarning o’zaro mantiqan, to’g`ri izchil ishlab chiqilganligi,
mavzuni yoritishi, qo’yilgan muammoning echimiga qaratilganligi.
20
BMI mazmuni:
Bob va paragraflar mazmunining qo’yilgan mavzuga mosligi, uni yoritish
darajasi, talaba o’z shaxsiy fikri qay darajada ifodalanganligi
30
Amaliy taklif, tavsiyalarning ahamiyatliligi:
Taklif hamda tavsiyalarning amaliyotga tadbiq qilish imkoniyatlari, miqyosi,
ta`lim sifatini oshirishga ta`siri, pedagogik, psixologik hamda metodik
samarasi.
10
Bitiruv malakaviy ishining bajarilish savodxonligi:
Imloviy va stilistik jihatdan savodxonligi, fikrni aniq va mantiqan to’g`ri
ifodalanganligi, jadvallar va grafiklarni talab darajasida rasmiylashtirilishi.
10
Talabaning BMIni himoya qilishi:
Mavzu matnini butun tafsilotlari bilan bilish va tushunish, mazmunini izchil,
mantiqan bog`langan holda xatosiz bayon etish, savollarga javob berishda
o’zlashtirilgan bilimlarni mustaqil, dadil va to’g`ri tatbiq eta bilish hamda
ulardan o’rinli foydalanish, talab darajasida sifat ko’rsatkichlariga rioya qilish.
20
JAMI
100
52
6.6 Bitiruv malakaviy ishni chet tilidagi izohli lug`at tuzish.
- Malakaviy ishda qo’llanilgan ilmiy atamalar ishning izohli lug`at qismida
ko’rsatilishi lozim;
- Bitiruv malakaviy ishdagi ilmiy atamalarning 100 dan ortig`i ingliz tiliga
o’girilgan bo’lishi lozim.
6.7 Bitiruv malakaviy ishni saqlash va undan foydalanish tartibi
Bitiruv malakaviy ish himoya qilingach, oliy ta`lim muassasasi axborot resurs
markaziga saqlash uchun beriladi.
Himoya qilingan bitiruv malakaviy ishlari haqidagi ma`lumotlar oliy ta`lim
muassasasi axborot resurs markazining o’quv zalidagi muntazam to’ldirib
boriladigan kartotekalarda saqlanadi.
Professor-o’qituvchilar, talabalar va boshqa shaxslar fakultet dekanining
ruxsatnomasini olgan taqdirdagina bitiruv malakaviy ish bilan oliy ta`lim
muassasasi axborot resurs markazida tanishib chiqishlari mumkin.
Tayanch kafedralar bitiruv malakaviy ishni oliy ta`lim muassasasi axborot
resurs markazidan vaqtinchalik olib foydalanish huquqiga egadirlar.
|