Talabaegabo‘lmog‘ikerak: muloqatchanlik, hamkorlikda ijodiy ishlash, mustaqil tadqiqot vazifalarni bajarish, hisobat, prezentasiyalarni tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lmog‘i kerak.
Turivamanbalaridankelibchiqqanholdakeysningtavsifnomasi: Keys ta’lim-tarbiya beruvchi keys turiga kiradi, keysning asosiy manbasi pedagoglarning ish tajribasi davomida yuz bergan muammolar. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgan. Bu syujetli, prognostik, ko‘p sub’ektli keys bo‘lib, muammoli vaziyat asosida tuzilgan. Keys jamoa orqali munozarani tashkil qilishga mo‘ljalangan bo‘lib, didaktik maqsadlarga ko‘ra mavzu bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlash, ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirishni nazarda tutadi.
Ushbu keysdan Мehnat ta’limi fani bo‘yicha amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.
Dars jarayonida quyidagi muammoli vazifatdan foydalanish tavsiya qilinadi. Muammoli vaziyatda shaxsning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi turli hil muhitlar ko‘rsatilgan. Talabalar vaziyatni yechish orqali shaxs ta’lim-tarbiyasida nimalarga e’tibor berish lozimligini tahlil qiladilar va yakuniy yechimlarni ishlab chiqadilar.
Vaziyat
Sinf rahbari tarbiyasi qiyin bolaning ota-onasi bilan suhbat olib bormoqda.
O‘quvchi ko‘p vaqtlarda maktabga darslarni tayyorlamasdan keladi, qo‘pol, o‘yinqoroq. Maktab intizomini mensimaydi. Masalan, dars paytida maktab oshxonasida yuradi. So‘rmasdan darslardan ketib qoladi. Chorak oxirida reyting kundaligi haftada almashadi, baholari past chiqiyapti.
Uning otasi fan doktori, professor, rahbar, onasi vrach. Pedagogning gaplariga quyidagicha javob beradi:
-Tushunsangizchi, biz Davlat ishlari bilan juda band odamlarmiz. Mening ishim juda ham mas’uliyatli ish! O‘g‘lim bilan shug‘ullanishga mening hech vaqtim yo‘q. Onasining ham ishlari ko‘p. Biz maktabga yuborayapmiz. Maktab uchun kerakli narsalarni olib berayapmiz, maktab vaqtiga sizlar javob berasiz, tarbiyalaysizlar ! Bu sizning vazifangiz emasmi?
Pedagog, oila bilan maktab hamkorligida ish olib borsagina tarbiya samara berishi mumkinligini uqtirganda, u yana e’tiroz bildirdi:
- Nima ish qilish kerak bo‘lsa, oilaga bo‘g‘liq bo‘lgan ishlarning hammasini qilyapman. Uyda kompyuter bor, internetga ulab qo‘ydim, kutubxonamiz mavjud, ingiliz tili, rus-tillaridagi o‘quv kassetalar kolleksiyasi bor.
Ota tarbiyadagi o‘z ishtirokiga oid elementlarni uzoq sanadi. Bularni eng asosiy deb hisobladi, ammo o‘g‘lining xulqi haqidagi sinf rahbari tomonidan bildirilayotgan tashvishli xabarga e’tibor qilmadi.
( O‘. Asqarova.“ Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar”)
Мehnat ta’limi faninida keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda talabalarni quyidagi uslubiy ko‘rsatmalar bilan tanishtirish lozim.
Keys-stadi texnologiyasida vaziyatni hal qilishda, talabalar vaziyatni tashkil qilish bosqichlarini navbatma-navbat bosib o‘tishlari lozim va ularga quydagi ko‘rsatmalar beriladi.
1. Keys bilan tanishish:
a) Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing.
b)
Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling.
2.
Berilgan vaziyat bilan tanishish:
a)
Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing.
b)
Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling.
c)
Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying.
3.
Muammoli vaziyatni tahlil qilish jarayonida ularga quyidagi savollar
Muammoni asosiy keltirib chiqaruvchi sabablar nimada deb hisoblaysiz ?
6.
Qanday qilib keskin pedagogik vaziyatni oldini olish mumkin edi ?
7.
Voqeallarni keying rivojlanishi qanday bo‘lishi mumkin ?
8.
Vaziyatning yechimini taklif qiling ?
4. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarni tanlash hamda asoslash uchun talabalar quyidagi vazifalarni bajaradilar.
Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirish;
Muammoni yechish uchun barcha holatlarni o‘rganing, muqobil variyatlarni tahlil qilish;
Keys bilan ishlash natijalarini taqdimot yoki yozma axborot shaklida tayyorlash;
“Shaxsning o‘sishi, shakllanishi va tarbiyasi” mavzusida o‘qitishda keys-stadi texnologiyasini qo‘llash talabalarda darsga bo‘lgan qiziqish uyg’otadi, ularni ijodiy fikrlashga, qarorlar qabul qilishga, mavzu yuzasidan bilimlarni boyitishga, amaliy jarayonda mustaqil qo‘llashga o‘rgatadi.
Dars ishlanmasi (2- ilovada) keltirigan
“O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini hisobga olish va baholash tizimi” mavzusida tayyorlangan dars ishlanmasi (3-ilovada) keltirilgan.
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan “Maktab, oila va mahalla hamkorligi” mavzusi asosida keys-stadi texnologiyasini qo‘llash.
Rezyume
O‘quv jarayonida “Keys-stadi”texnologiyasi qo‘llaniladi. Talabalar kichik jamoalarda kasbiy jarayonda sodir bo‘lgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganadilar. Talabalar vaziyatning yechimi bo‘yicha aniq va asosli xulosalarni kiritadilar va ushbu takliflarni maqbullik jihatlarini muhokamaga qo‘yadilar.