Biz avvalo iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish,uning soha va tarmoqlarini tarkibiy jihatdan o`zgartirish bo`yicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz kerak1



Yüklə 158,03 Kb.
səhifə1/10
tarix26.12.2023
ölçüsü158,03 Kb.
#197586
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Don mahsulotlari1


Kirish
Biz avvalo iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish,uning soha va tarmoqlarini tarkibiy jihatdan o`zgartirish bo`yicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz kerak1 . 2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash milliy dasturi2 ning (keyingi o`rinlarda – Milliy dastur deb ataladi) maqsadi har bir insonning faol va sog`lom hayot uchun zarur bo`lgan etarli miqdordagi xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari uchun jismoniy va iqtisodiy imkoniyatga ega bo`lishi, mahsulotlarni sifatini yaxshilash, narxlar barqarorligini ta`minlash, importga bog`liqlikni kamaytirish, to`g`ri va sog`lom ovqatlanishni targ`ib qilish orqali aholining salomatligini ta`minlashdan iborat. Mazkur Milliy dasturda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi: oziq-ovqat xavfsizligi – iqtisodiyotning holati bo`lib, bunda tashqi bozor konyukturasi va boshqa tashqi omillardan qat`iy nazar, davlatning barcha hududlarida aholini ratsional oziqlanishi uchun etarli darajada oziq-ovqat mahsulotlarini kafolatli ta`minlanishi va zaruriy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari yaratilishi; oziq-ovqat mahsulotlarining jismoniy jihatdan etarli bo`lishi (talabni ta`minlanishi) – ichki iste`mol bozorida qishloq xo`jalik mahsulotlari, xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlarining etarli bo`lishi va respublikaning barcha hududlarida aholini xarid imkoniyatiga ega bo`lgan holda barqaror ta`minlanishi; Don inson uchun aziz va betakror ne`mat bo`lib, u bashariyatning asosiy rizq-nasibasi, dasturxon ko`rki hisoblangan nonning qimmatli xom ashyosidir. Don tirik organizm ehtiyoji uchun kerak bo`lgan kraxmal, oqsil, vitamin va boshqa biologik faol moddalarning asosiy manbai hamdir. Ma`lumki, mamlakatimiz aholisi don va don mahsulotlarini nisbatan ko`proq iste`mol qiladi

1.Sh.Mirzaev. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”Toshkent.:O`zbekiston, 2017 y. 2.2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash Milliy dasturi.


Bugungi kunda mamlakatimiz aholisi don va don mahsulotlari bilan barqaror ta`minlangan. Bunga esa don mustaqilligi dasturini izchillik bilan bosqichma–bosqich amalga oshirish evaziga erishildi. Donni saqlashdagi bu yo`qotishlar qishloq xo`jaligining g`alla hosildorligini oshirish va uning miqdorini ko`paytirish bo`yicha barcha yutuqlarini yo`qqa chiqarishi, donni etishtirish va hosilni yig`ib olishga qilingan mehnatni qadrsizlantirishi mumkin. Donni saqlash - bu donning o`ziga xosligini hamda fizikaviy, kimyoviy va biologik omillarni don holatiga ta`sirini o`rganuvchi fandir. Don va don mahsulotlarini saqlash, xuddi boshqa tovarlar singari yirik moddiy–texnik bazani va ushbu sohaning asosiy bo`limini egallagan mutaxassis kadrlarni talab etadi. Don va don mahsulotlarining fiziologik va fizik–kimyoviy xossalari tufayli ularni yirik partiyaga saqlashni tashkil etish murakkabdir. Don tirik organizm bo`lib, unda turli xil hayotiy jarayonlar kechadi; ularning jadalligi atrofmuhitning sharoitiga bog`liq. Agar don hujayralariga moddalar almashinuvi uchun qulay sharoit yaratilsa, bu noiloj don massasini kamayishiga va sifatini yomonlashuviga olib keladi. “Donli va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi” deb nomlangan ushbu o`quv qo`llanmada laboratoriya mashg`ulotlarni bajarish bo`yicha barcha ma`lumotlar keltirilgan. Keltirilgan ushbu ma`lumotlar bilan yaqindan tanishgan har bir talaba o`ziga kerakli bo`lgan don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi haqidagi bilim va ko`nikmalarga to`la erishishi mumkin.


Barcha yetishtirilgan hosilni saqlash va undan to`g`ri foydalanish hozirgi kunda xalq xo`jaligi oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo`lib hisoblanadi. Boshoqli dondan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari (non, yorma, makaron va boshqalar) inson hayoti uchun zarur bo`lgan muhim iste`mol mahsulotlarini tashkil qiladi. Bundan tashqari boshoqli, dukkakli va moyli o`simliklarning doni va urug`i inson hayotida juda katta rol’ o`ynaydi. Dunyoda oziq-ovqat iste`moli bo`yicha tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, 50% oqsil moddalari, 70% uglevodlar va 15% yog` moddalari don va urug`lardan olinadi. Don mahsulotlari etishtirishning mavsumiyligi sababli yil bo`yi ulardan turli maqsadlarda foydalanish uchun saqlash zaruriyati tug`iladi. Jaxon miqyosida ko`p asrli tajriba shuni ko`rsatadiki, donni saqlash katta va murakkab ish. YEr yuzida don va dondan olingan mahsulotlarning yetishmasligiga qaramasdan, ularning ancha qismi saqlash davrida nobud bo`ladi va natijada kishilar talabini qondirishgacha yetib bormaydi. FAO (Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi bo`yicha butunolam tashkiloti) ning ko`rsatkichi bo`yicha saqlash mobaynida har xil sabablarga ko`ra don mahsulotlari massasining kamayishi 10-15 % ni tashkil qilib, bunda saqlanayotgan mahsulotlar sifati xiyla pasayadi. Yuqorida ko`rsatilgan raqamlar o’rtacha bo`lib, ko`pgina davlatlarda bu ko`rsatkichlar boshqacha shaklni nomoyon qiladi. Masalan, ko`pgina Afrika qit`asi, janubiy - sharqiy Osiyo regioni mamlakatlarida donning isrofi 30% va undan yuqoriroqni tashkil qiladi. Salqin klimatli, yetarli texnik bazaga hamda malakali muxandis xodimlarga ega bo`lgan davlatlarda esa don mahsulotlari isrofi 1-5% ni tashkil qiladi. Bizning davlatimizda har don va boshqa shu guruhga kirgan mahsulotlarni saqlashda isrofgarchilikni bartaraf qilishga imkon beradigan vositalar mavjud. Saqlash jarayonida progressiv texnologiyani qo`llash, ishlab chiqarishni malakali xodimlar kerak.

Yüklə 158,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin