Gidatofitlar — bu guruhga hayoti doimo suvda o`tuvchi o`simliklar, ya`ni suv o`tlari kiradi.
Gidrofitlar — bu guruhga tanasining bir qismi suvdan tashqarida bo`lib, qolgan qismi suv qavatida bo`ladigan o`simliklar kiradi. Bularga suv ayiqtovoni, suv nilufari, gichchak, o`q barg va boshqalar misol bo`la oladi. Gidrofitlarning mexanik to`qimasi sust rivojlangan, suzuvchi barglarining ustki tomonida ko`p sonli og`izchalarning mavjudligi, ildiz sistemasining kuchsiz rivojlanganligi, hamda vegetativ ko`payishning ustun turishi kabi moslanish xususiyati bor.
Gigrofitlar — bular quruqlik muhitida o`sadigan o`simliklar bo`lib, havo namligi yetarli bo`lgan nam tuproq muhitida yaxshi o`sadi. Gigrofitlar sernam o`rmonlarda, nam yerlarda, botqoqliklarda yaxshi o`sadi. Qamish (Phzagmites communis Frin), savagich (Arundo donax L), qiyoq (Scholnopleitus mucronatus L), qo`g`a (Typha latifolia L.), sholi (Oryza sativa L), ba`zi bir hiloldoshlarning vakillari misol bo`la oladi.