Bizga ma’lumki hozirgi kunda hayotimizda informatsion texnologiyalarning o’rni juda ham katta. “Kompyuter” bugungi kunda hayotimizning eng muhim texnologik yutuqlaridan biri bo’lib, u o’zining katta salohiyati va yuqori samaradorligi tufayli hayotning turli sohalarida keng qo’llanila boshlandi, bu esa har tomonlama kuch, vaqt va xarajatlarni ta’minladi. Bu esa kompyuterni o’rganishga bo’lgan talabni oshib borishiga olib kelmoqda. O’rganish jarayonida esa ingliz tilining o’rni juda ham katta. Masalan AutoCAD, 3DSMax dasturlari Amerikaning Autodesk firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, juda ham ko’plab kontentlari ingliz tilida.