Bizlar kichik askarlar


Raqs. 08. She’r. Shahobiddin A’zimjon



Yüklə 309,32 Kb.
səhifə29/33
tarix07.01.2024
ölçüsü309,32 Kb.
#209627
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
14 yanvar Vatan himoyachilar kuni ssenariylar

Raqs. 08.
She’r. Shahobiddin A’zimjon
Temurxon nasliga. (Afzal Rafiqov)
(harbiycha kuy yangraydi. Kuy pastlab, suhandonning ovozi mag’rur jaranglaydi)
-Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining kuch-qudratini, cheksiz imkoniyatlarini, uning bashariyat rivojiga qo’shgan hissasini anglamoqchi bo’lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak… Islom Karimov

Biz sarkadalar avlodidanmiz. Kelajakda buuyuk sohibqiron bobomiz Amir Temurdek mard, jasur, eli va yurtiga sodiq, sheryurak Jaloliddin Manguberdidek insonlar bo’lib kamol topamiz


Kelajakda askar bo’lamiz,


Qo’riqlaymiz ona Vatanni.
Sarhadlarda sergak turamiz,
Asrab shu yurt, bog’-u chamanni.
Sarkardalar avlodidanmiz,
Sharaflarga shonlarga loyiq.
Temur bobom, jaloliddindek,
Qalbda Vatan har nedan ortiq.

Darhaqiqat, Sohibqiron bobomiz ikki daryo oralig’ida ulkan davlat barpo ettilar. Bu davlatning dovrug’i ko’p ellarga borib yetdi.


Yillar asrlar o’tdi. Buyuk bobomiz tuzgan davlat bizning mustaqil O’zbekistonimizga aylandi.


Bosh qomusimizning 125-moddasida O’zbekiston Qurolli Kuchlari aholining tinch hayoti va Xavfsizligini ta’minlash uchun tuzilganligi haqida yozib qo’yilgan.


126-moddasida esa O’zbekiston Respublikasi o’z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlarga ega deya ta’kidlanadi. Demak, Vatanimiz Mudofaa qudrati yurtimiz va xalqimizning osoyishtaligini ko’zlaydi, ona tuprog’imizni yot ko’zlardan himoya qiladi.


Vatan posboni bo’lish boshqa kasblarga nisbatan matonat va ziyraklikni, mardlik va fidoiylikni talab etadi.


(8 ta o’quvchi qo’lida kitoblarning nomlarini birma bir o’qib beradilar)

“MIlliy harbiy an’analar”


“Yosh vatanparvarlar”
“MIlliy kurash turari” ,
“Harbiy parvoz”
“Amir Temur tuzuklari”
“Shiroq”
“Harbiy sarguzashtlar”
“Men Askar bo’lmoqchiman”

Bular – bizning kelajakda o’qib o’rganadigan adabiyotlarimiz. Bular “Vatan xizmatiga hamisha shaymiz”, “Rustam kelbatli, Alpomish savlatli bo’lay deb”, “Vatanim Bayrog’ini ko’z qorachig’idek asrayman”, “Vatanim taqdiri – mening taqdirim” kabi mavzularda yozadigan insholarimizning asosiy mazmunini tashkil etuvchi kitoblardir. Ularni o’qib, qalbimizga jo qilishimiz va uni hayotga tadbiq etishimiz – bizning chin farzandlik burchimizdir.


Askar – mard, jasur, epchil, kuchli yigit degani. Sinfimizning o’g’lonlari Vatanimizning bo’lajak posbonlaridir. Ular hozir jasur askar bo’lish orzisida.


Tinchlik xalqimiz uchun berilgan ulug’ ne’matdir. Bu kun dunyoning turli burchaklarida o’q ovozi yangrab, tinch aholi hayotdan ko’z yumayotgan bir paytda yurtimizda osoyishtalik hukumronligi uchun ham shukrona aytamiz.

Notinch va qashshoq davlatlarda bolalar ochlikdan nobud bo’layotgan, bema’ni urush qurboniga aylanayotgan bugungi kunda maktab, bog’chlarda bolalarning shodon qiyqirig’i, kulgusi yangrab turibdi. Bu ham biz e’zozlagan tinchlik tufaylidir.



Yüklə 309,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin