IJTIMOIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH: “MATONAT” IJTIMOIY TADBIRKORLIK KORXONASINI YARATISH Loyiha mavzusining dolzarbligi: 2021-yil 24-martda “Ijtimoiy tadbirkorlik” to’g’risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo’yilgan edi. Bu tushuncha XIX asrda Yevropada ya’ni 80-90-yillarda innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash hamda korxonalarni joriy etish maqsdida yuzaga kelgan. Ijtimoiy tadbirkorlik- bu jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilgan tadbirkorlik turi hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bu ijtimoiy maqsadlarni ko’zlaydigan biznes bo’lib bunda daromadlar korxona egalarining daromadlarini ko’paytirishga yo’naltirilmaydi. Bunday korxonalarning ishiga asosan ijtimoiy jihatdan nobarqaror holatda bo’lgan yoki nogironligi bo’lgan shaxslar jalb etiladi. Ijtimoiy tadbirkorlar qo’lga kiritgan foydasini o’z rivojlanishiga emas, balki ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamini qo’lllab-quvvatlash, zaif ijtimoiy qatlamning ahvolini yaxshilashga yo’naltiradi.
Ijtimoiy tadbirkor – biznesmen emas, uning daromadi maqsadli bo’ladi
♦️ Keling bir o’ylab ko’raylik biz ijtimoiy yordamga muhtoj aholiga qanday yordam berishimiz mumkin: pul berish orqalimi, yoki mavjud bo’lgan qaysidir ehtiyojini qondirish orqalimi, yoki ularni har doimgi doimiy ish bilan ta’minlash orqalimi? Fikrimizcha aynan uchinchi taklif ancha samaraliroq va qoniqarliroqdir, bu orqali bir necha masalalar o’z yechimini topadi, masalan nogiron shaxslar uchun ish o’rni, ishsizlar sonining kamayishi, tadbirkorlar uchun esa ish faoliyatining doimiy yurib turishi va shu kabilarni aytishimiz mumkin.
♦️ Jahon tajribalariga nazar tashlaydigan bo’lsak, AQSHning Kaliforniya shtatida o’z biznes faoliyatini boruvchi “TOMS” kompaniyasi oyoq kiyimlar ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi korxonalardan biri bo’lib, uning jamiyat aholisi uchun yaratib bergan qulayligi qaysidir xaridor o’zi uchun oyoq kiyim sotib olsa, boshqa bir davlatning kam ta’minlangan bolalariga bir juft oyoq kiyim hadya qilinadi.
♦️ Yoki bangladeshlik tadbirkor Muhammad Yunusni olishimiz mumkin. U Grameen bankiga asos solgani hamda mikrokredit va mikrofinans tushunchalarini ilgari surgani uchun Tinchlik Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Bunday kreditlar an’anaviy bank kreditlari uchun o’ta kambag’al hisoblangan tadbirkorlarga beriladi.Norvegiya Nobel qo’mitasi “yirik aholi guruhlari qashshoqlikdan chiqish yo’llarini topmasa, doimiy tinchlik o’rnatib bo’lmaydi” hamda “ Yunus va German banki eng kambag’al kambag’allar ham o’z rivojlanishlariga sababchi bo’la olishlari mumkinligini ko’rsatdi” dedi.
Ijtimoiy tadbirkorlik past daromadli faoliyat turi bo’lganligi sababli uning subektlariga soliq imtiyozlaridan tashqari qo’shimcha preferinsiyalarni ham taqdim etish ko’zda tutilgan. Misol uchun, ijtimoiy korxonalar boshqa tadbirkorlik subektlari bilan auktsion va tanlovlarda teng shartlarda raqobatlasha olmasligi sababli xorijiy davlatlarda ( Koreya, Italiya, Rossiya) ijtimoiy korxonalarga davlat mulki obektlarini xarid qilish, ijaraga berish va davlat xaridlarida qatnashish bo’yicha preferensiyalar berilgan.
Tadbirkorlikni loyihalarni amalga oshirishda qiziqtirish uchun ularga davlat tomonidan subsidiya ajratish taklif etilyapti. Misol uchun, Rossiyada mahalliy hokimliklar tomonidan ijtimoiy tadbirkorlik subektlariga ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish uchun 600 ming rublgacha ( 84 mln so’mgacha) miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
O’zbekistonda Ijtimoiy tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan, o’zini ijtimoiy tadbirkor deb rasmiylashtirgan shaxslarga 5% asosida kredetlar ajratiladi.