Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish: "matonat" ijtimoiy tadbirkorlik korxonasini yaratish



Yüklə 68,42 Kb.
səhifə2/3
tarix16.03.2023
ölçüsü68,42 Kb.
#88227
1   2   3
loyiha dasturi

Loyiha dasturining obyekti: Quriladigan korxona
Loyiha dasturining predmeti : Jamiyatning ijtimoiy yordamga muhtoj qatlami, ya’ni:

  • Maxsus maktablarda /kollejlarda o’qigan imkoniyati cheklanganlar;

  • I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar;

  • Mehribonlik uylarining bitiruvchilari;

  • Jazoni o’tash muassasalaridan ozod qilingan shaxslar;

  • Qaramog’ida 16 yoshga to’lmagan yoki nogiron bolalari bo’lgan yolg’iz shaxslar.

Loyiha dasturining maqsadi : avvalambor ijtimoiy yordamga muhtoj aholini jamiyatdagi faolligini oshirib, eng yuqori cho’qqiga chiqarish, ulardagi “ boqimandalik” hissini yo’qotish.
Loyiha dasturining vazifasi:

  1. Aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qismini bandligini ta’minlash

  2. Ularni kasb-hunarga yo’naltirish

  3. Ijtimoiy yordamga muhtoj aholini jamiyatga qo’shish

  4. Ijtimoiy yordamga muhtoj aholini moliyaviy daromad olishiga ko’maklashish

Loyihaning faoliayat turlari:

  1. Tikuvchilik- bolalar kiyimlari, choyshablar

  2. Qandolatchilik- pechine, keks, tort va boshqalar

  3. Santexnik/elektrik ta’mirlash-asosan buyurtma orqali ish amalga oshiriladi

Loyihaning qo’shimcha qulaylik va afzallik jixati:
Korxonamizda call center xizmati va telegram botlar ham ochiladi, ya’ni har bir faoliyat turi uchun alohida operatorlik xizmatlari yo’lga qo’yiladi:


  1. Qandolatchilik yo’nalishida hamma uyidan turgan holda bizning korxonamizda tayyorlangan mahsulotlarni buyurtma qilishi mumkin. Bizdagi shirnliklarning boshqalarga o’xshamaslik jihatlaridan biri qandolatchilikda ma’lum ramziy shirinliklar tayyorlash, ya’ni milliy yodgorliklarning maketi ko’rinishida tayyorlash, shu bilan bir vaqtda yodgorliklarimizning reklamasi amalga oshiriladi, bu esa turistik jihatni ham ma’lum qismini qamrab oladi.

  2. Elektr/santexnik xizmatlarida ham call center operatorligi yo’lga qo’yiladi, kimning uyida ushbu soha bo’yicha muammolar yuzaga kelsa qiynalib santexnik va elektrik izlamasdan uydan turgan holda bizning korxonamizga murojat qilishadi.


Yüklə 68,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin