Taqrizchi : Farg’ona viloyati Yozyovon
Tuman xalq ta’limi
bo’limi uslubchisi
Ro’ziyeva D. R.
Tayorladi : 3 – sonli maktabgacha
ta’lim muassasa musiqa
rahbari Ro’ziyeva Sh.J.
MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi Sahna mavzu yozilgan baner, kitoblar vistavkasi hamda gullar bilan bayramona bezatilgan.
Slaydlar namoyishi boshlanadi.
Zal va sahna bayramona bezatilgan. Zalning bir tomonida bukletlar, “VATAN HIMOYASI MUQADDAS BURCH!”, “O‘zbekiston o‘g‘lonlari”, “Harbiylar hayotidan” kabi sarlavhalar ostida fotoko‘rgazma tashkil etilgan. Bayram tantanasiga hokimiyat, xalq ta‘limi xodimlari, harbiy faxriylar va xizmatchilar, askarlar va ularning yaqinlari, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, faxriy ustozlar va ota-onalar taklif etiladi.
Davlatimiz madyiyasi yangraydi.
Sahnaga boshlovchilar chiqib keladilar.
1-boshlovchi: Assalom, ey olam, feruza osmon, Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar. Kamtarin davrada bugun mehmonsiz, Sizga ehtirom-la egikdir boshlar. 2-boshlovchi: Assalom azizlar, do‘st-u yoronlar
Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,
Oltin boshingizda Humo qush ko‘rdik
Ulug` anjumanda Sizni xush ko‘rdik.
1-boshlovchi: -O‘tkir ko‘zli lochinlari, Ko‘zday asrar sarhadlarin. Uyda kutar Barchinlari, Alpomishu Farhodlarin. Qaddi baland osmonlari, Ona Vatan posbonlari.
2-boshlovchi: O‘zbegimning nomus, ori Oriyatli askarlari. Momolarim iftixori Burgumisol shunqorlari. Toza vijdon, iymonlari, Ona Vatan posbonlari. 1-boshlovchi: Assalomu-alaykum hurmatli ustozlar! Qadrli mehmonlar!