Bola: Yer yuzidagi amakijonlar shunday iltimos bordir sizlarga
Chikarmang kurol, okmasin konlar
Kitob uyinchok bering bizlarga!
Bola: Tinchlik kerak yer yuziga tinchlik kerak olamga
Tinchlik so’zi kanot koksin nur taratib olamga.
Armiyam ashulasi.
14 – yanvar Vatan ximoyachilari
kuniga bag’ishlangan bayram ertaligi .
14 – yanvar Vatan ximoyachilari
kuniga bag’ishlangan bayram ertaligi
Zal bayramona bezatilgan. Bolalar zalga “Marsh” musiqasi ostida kirib keladilar.Bayram “O’zbekiston Respublikasining Madhiyasi” bilan boshlanadi.
Boshlovchi: Bir kun katta bo’lamiz,
O’n yettiga to’lamiz.
Mustaqil ona yurtga,
Komil farzand bo’lamiz.
Siz hozir cha bolasiz,
Bog’dagi gul lolasiz
Tinchliksevar halqimning,
Mard jasur o’g’lonisiz.
Bir kun katta bo’lasiz,
Xuddi oydek to’lasiz.
Ona yurt tuprog’ini,
Hyech ham yovga bermaymiz!
Assalomu alaykum dadajonlar, aka-ukalar, mehmonlar va bolajonlar. Bugun biz hayotimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligini qo’riqlab turgan “Vatanimiz himoyachilari” ni muborak ayyom bilan qutlash uchun yig’ildik. Bayramingiz qutlug’ bo’lsin. Kechamizni ochib berish uchun so’zni bog’cha mudirasiga beramiz.
Boshlovchi: Yanvar oyida bordir
Shunday raqam 14
Aytingchi nima bildirar
Ushbu raqam 14
Bolalar: Dadajonlar bayramin.
Bola: Olg’a bos, olg’a bos ey mardu maydon,
Hur ozod Vatanga biz sodiq posbon.
Bola: Gullasin, yashnasin Vatan yerlari,
Bizni der erk sevar Vatan sherlari.
Bola: Qadamla, qadamla zamin titrasin,
Azmingni ko’rganda g’amin titrasin.
Bolalar “Askarlar” qo’shig’ini kuylab beradilar.
Boshlovchi: Hurmatli mehmonlar, hozirgi kunda jamiyatimizni dadajonlarimizsiz tasavvur qila olmaymiz. Qaysi sohaga qaramaylik dadajonlarimizni fidokorona mehnatini kuzatamiz. Dadajonlarimiz ham hayotda, ham jamiyatda, ham ish o’rinlarida o’zlarining munosib mehnatlari bilan obro’-e’tibor qozonmoqdalar. Bunday obro’-etibor yoshlikdan berilgan tarbiya va o’z harakatining mahsulidir. Bizning bog’chada tarbiyalanayotgan yigitlarimiz ham kelajakda ana shunday faol bo’lish uchun hozirdanoq o’zlarining bilimdonliklari, chaqqonliklari, tirishqoqliklari bilan intilmoqdalar.
Bugun biz ularning bir qirrasini ko’rsatish maqsadida faol yigitlarimiz ishtirokida “Vatan o’g’lonlari” ko’rik tanlovini tashkil qildik. Marhamat ishtirokchilar bilan tanishing.
1- raqamli – ishtirokchi yigitimiz ______________ kutib oling. Bu yigitimiz chaqqon, epchil, sho’x lekin juda ko’ngilchan. Yaxshi ko’rgan taomi lag’mon, yaxshi ko’rgan mashg’uloti jismoniy tarbiya, kelajakda chegarachi bo’lmoqchi.
2- raqamli - yigitimiz ______________ tortinchoq, uyatchang lekin bilimga chanqoq. Yaxshi ko’rgan taomi osh yaxshi ko’rgan mashg’uloti musiqa kelajakda Prezident bo’lmoqchi.
Dostları ilə paylaş: |