daromad manbalarini kengaytirish
aholining keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish
kambagʻallikni qisqartirish
Hududlarda aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi, uning turmush tarzini yaxshilash va ish bilan bandligini oshirishdan maqsad nima?
6-ilova. O’QUV- KO’RGAZMALI MATERIALLAR
Soʻnggi yillarda aholining keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” va boshqa ijtimoiy dasturlar doirasida jami 13 trillion soʻmdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratilib, 600 mingdan ziyod oilalarni qamrab olishga erishildi.
BU QIZIQ... Berto Jekobs va uning ukasi Jon hayotga bo‘lgan ijobiy munosabatni ham sotish mumkin degan qarorga keldilar. Buning uchun ular «Life is good» brendini yaratdilar. Dastlab 1984-yilda 48 ta futbolkaga shunday shiorli logotiplar bosildi. Ular Boston shahrida to‘g‘ridan to‘g‘ri avtofurgonda sotila boshlandi. 45 daqiqa ichida barcha kiyimlar sotilib bo‘ldi! Shunda aka-uka kishilarga optimizm ulashish ham boylikka olib borishi mumkinligini tushunib yetdilar. Bugungi kunda «Life is good» brendi mahsulotlari AQSHning o‘zida 4500 ta savdo shoxobchasida sotiladi, dunyoning 27 ta mamlakatida uning filiallari mavjud. Jami do‘konlari soni yuzga yaqin. Kompaniyaning foydasi 2007-yilda 100 million dollarga yetgan.
7-ilova. Kichik guruxlarga bo’linib ishlash 1-Gurux Bir vaqtning o‘zida bir necha tadbirkorlik turi bilan shug‘ullanish mumkinmi? Misollar keltiring.
2-Gurux Tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar zarur?