Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə114/150
tarix16.12.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#181713
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

5-ilova
KLASTER USULI

raqobatdosh tashkilotlarning o'xshash mahsulotlari bilan taqqoslash



bozorni o'rganish



sotishni o'rganish







oilaviy holati va boshqa xususiyatlari





Bozorni o'rganish turlari



tovarlarni marketing tadqiqotlari









iste'molchilarning marketing tadqiqotlari





reklama siyosatini o'rganish





iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilish


6-ilova



Biznes reja quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi




1. Loyihaning maqsadi
2. Loyihaning qiymati
3. Tashkiliy reja
4. Ishlab chiqarish rejasi
5. Moliyaviy reja
6. Xulosa





LOYIHANING MAQSADI



Ushbu loyihani amalga oshirishdan maqsad, quyonchilik biznesini tashkillashtirishni asoslashdir.
Tadbirkor belgilangan faoliyat turiga asoslanib, yosh quyonlarni sotib olib, yetishtirib, go’shti va terisidan xalqimizga arzon va sifatli tarzda, yetkazib berish xamda 6 nafar kishini ish bilan ta’minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Darhaqiqat, quyon boqish bugungi kunda mamlakatimizdagi eng serdaromad sohalardan biriga aylanib borayotgani bejiz emas. Go’shti va terisining xaridorbopligi, yetishtirish shart-sharoitining osonligi va katta xarajat talab etmasligi quyonchilik bilan shug’ullanish istagida bo’lgan kishi uchun ayni muddao. Mana shuning uchun ham quyonchilik chindanda istiqbolli tarmoqqa aylanmoqda.
So’nggi yillardagi statistik ma’lumotlarga ko’ra, quyonchilikning rentabelligi 15-25%ni tashkil etadi va tahminlarga ko’ra quyonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish 2017 yildagi 15,4 ming tonnadan 2021 yilda 23,7 ming tonnagacha ko’payadi. Shunga qaramay O’zbekiston va jahon bozorida sifatli quyon go’shi va terisiga bo’lgan talab, raqobatbardoshlik talablarini hisobga olgan holda ham kun sayin oshib, iste’molchilar uchun sifat faktoriga asoslangan, sinalgan mahsulotlar talabgir bo’lib kelmoqda.
Quyonchilik biznesida halollik, faqat toza mahsulotni sotish, va sifatga e’tibor kuchaytirilsa, xaridorlar sizni o’zi topadi. Olinadigan mahsulotga qarab, quyonlar ikki guruhga ajrati­ladi.
Birinchi guruh — go’sht va terisi uchun boqiladigan quyon zotlari. Bular oq velikan, kulrang velikan, shinshilla, kapalaksimon, olmaxonsimon, kumushsimon, qora qo’ng’ir, vena zangori va boshqalardir. Go’shti yumshoq bo’ladi, yog’ va xolesterin kam. Tibbiyotda allergiya, gi­pertoniya, oshqozon-ichak, me’da, o’t-pufak, jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Oqsil moddasiga ehtiyoji yuqori bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar, o’smirlar, emizikli ayollar, keksa yoshdagilar uchun juda foy­dali, parhezbop.
Ikkinchi guruh — tivit beradigan quyonlar. Angor, oq momiq, kirov zoti shular jum­lasidan. Bu guruh vakillari kam tarqalgan va go’shtdorlik ko’rsat­kichi past. Mo’yna tolalarining deyarli 95-98 foizi tivitdan iborat. Bitta voyaga yetgan quyon­dan 1 kilogrammgacha tivit olish mumkin.
Hozir mamlakatimizda uy sha­roitida quyonlarning oq velikan, kulrang velikan, oq momiq va angor zotlari ko’paytirilmoqda.



Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin