O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli yangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni, 6-modda
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli yangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni, 6-modda Yakka tartibdagi tadbirkorlar bir vaqtda bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq, faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohidaalohida to‘laydilar.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! 1. Yakka tartibdagi tadbirkorlik nima?
2. Jismoniy va yuridik shaxs tushunchalari qanday farqlanadi?
3. Yakka tartibdagi tadbirkorlikning afzalliklari va kamchiliklari nimalar orqali namoyon bo‘ladi?
4. Yakka tartibdagi tadbirkorlikda bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanish mumkinmi?
5. Eng kam ish haqi tushunchasini izohlab bering.
6. Qat’iy belgilangan soliq to‘lovlari deganda nimani tushunasiz?
7. Yakka tartibdagi tadbirkorlikda xodimlarni yollash qaysi qonun hujjatlariga asosan tartibga solinadi?
8. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni soliqqa tortilish tartibini tushuntirib bering.
5-MAVZU: Dehqon xo’jaligi sifatida faoliyat yuritish. Dehqon xo’jaligi faoliyati maqsadi, vazifalari va imkoniyatlari.
REJA: 1.Dehqon xo’jaligisifatida faoliyat yuritish.
2.Dehqon xo’jaligi faoliyati maqsadi, vazifalari va imkoniyatlari.
3.Dehqon xo’jaligi yuritish shartlari.
Ma’lumki, hozirgi kunda yurtimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashaydi. Biroq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmaydi. Agrar soha mahsulotlarini qayta ishlash hajmi esa 10 foizga ham yetmaydi. Holbuki, rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi. Shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish lozim.