Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun


-Mavzu: Yuridik shaxsni tashkil etmagan holda faoliyat yuritish shakllari. REJA



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə21/150
tarix16.12.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#181713
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

4-Mavzu: Yuridik shaxsni tashkil etmagan holda faoliyat yuritish shakllari.


REJA:
1.Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, afzallik va kamchiliklari.
2.Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyat yo’nalishlari.
Siz tadbirkorlikni boshlashdan avval uni qanday shaklda amalga oshirishingizni aniqlab olishingiz lozim. Buning uchun dastlab eng oddiy shaklni tanlash maqsadga muvofiqdir. Bu esa yakka tartibdagi tadbirkorlik hisoblanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shaklidir. Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun «yakka tartibdagi tadbirkor» sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish kifoya.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli yangi tahrirdagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonuni, 6-modda
JISMONIY VA YURIDIK SHAXS
Yakka tartibdagi tadbirkorga berilgan ta’rifda jismoniy shaxs va yuridik shaxs tushunchalari uchraydi. Shunday ekan, mazkur tushunchalarning ma’nosini bilib olish tadbirkorlik shakllari to‘g‘risida kengroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Yuridik shaxs – fuqarolik huquq va majburiyatlarining subyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, yuridik shaxs o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lib, ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilotdir. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.
Jismoniy shaxs – huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘lgan alohida fuqaroni ifodalovchi tushuncha. U jamoaviy tuzilma bo‘lgan yuridik shaxsdan farq qiladi: jismoniy shaxs bevosita o‘z nomidan ish yuritadi – faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma – tegishli firma yoki korxonani qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart emas.
BILASIZMI?
O‘zbekistonda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab jamoat tashkilotlari faoliyat yuritadi. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin