Kalit Har bir ijobiy javob uchun bir ballga ega bo‘lasiz. Ballar yig‘indisini
hisoblab chiqing.
Natija Agar ballar yig‘indisi 17 va undan ko‘p bo‘lsa, u holda siz tadbirkor
bo‘lish uchun barcha zarur sifatlarga egasiz. Sizning maqsad sari intiluvchanligingiz,
kuch va muvaffaqiyatga ishonchingiz har qanday g‘oyani
amalga oshirishda yordam beradi.
Agar ballar yig‘indisi 13 dan 17 gacha bo‘lsa,sizning tadbirkor sifatida
muvaffaqiyatga erishishda ishonchingiz u qadar qat’iy emas. Biroq
siz yaxshi ishbilarmon bo‘lishingiz mumkin.
Agar ballar yig‘indisi 13 dan kam bo‘lsa, sizdan tadbirkor bo‘lishingiz
uchun ko‘proq tajriba to‘plash va harakat qilish talab etiladi. Tadbirkorlikni
boshlashdan avval o‘z qiziqishlaringiz, xohishingiz va imkoniyatlaringizni
taqqoslab, aniq maqsad sari intilishingiz lozim.