O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BOSHLANGICH PROFESSIONAL TA’LIMNING
3.52.01.04 - Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori kasbi bo‘yicha O‘QUV DASTURI
Kasb (mutaxassislik) kodi va nomi:
3.52.01.04 - Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori kasbi bo‘yicha
Kvalifikatsiya nomi:
Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori
O‘quv dasturi nomi:
Ishlab chiqarish amaliyoti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
3.08
Ajratilgan soat:
180
Toshkent – 2021 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari O‘quv metodik birlashmasining 2021 yil 20 avgustdagi 3 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
A.Eliboev
Samarqand axborot texnologiyalari texnikumi, maxsus fan o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
A.Karimov
Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi.
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Ishlab chiqarish amaliyoti
Ajratilgan soat
180
Mavzular soni
9
Dasturning maqsadi
Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori ko’nikmalarini shakllantirish
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
1.Axborot vositalari mashinalari tizimlaridan foydalanish va ularga texnik xizmat kursatishning zamonaviy texnologiyalarida ishlash va muammolarni bartaraf eta bilish;
2.Tizimlarda maqsadli ishlash va yangilikka intilish;
3.Tarmoq komponentalari funksiyalarini aniqlashni bilish;
4.Tarmoqda ma’lumotlarni himoyalash va ma’lumotlar xavfsizligi qiymatini aniqlashni bilish
5. Kompyuter tarmoqlari qurish va ishlash tamoyillarini o'rganadi, Internet protokollaridan foydalana oladi
Bilimlar
axborotni dasturiy va dasturiy-apparat himoya vositalari;
axborotni ishlash, saqlash va ular himoyasining ta’minoti;
ofis va kompyuter texnikalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonalari, orgtexnika sotadigan muassasalar, orgtexnika uskunalarini yig‘ish va o‘rnatish korxonalari, shuningdek orgtexnika uchun texnik xizmat ko‘rsatadigan yirik korxonalar.
telekommunikatsiya vositalari;
kompyuter tarmoqlari majmualari;
kompyuter tarmoqlari dasturiy ta’minotlari; texnik va ma’lumotnoma hujjatlar.