O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BOSHLANGICH PROFESSIONAL TA’LIMNING 3.52.01.04 - Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori kasbi bo‘yicha “Axborot xavfsizligi” fanidan O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiya(lar) nomi:
Axborot vositalari mashinalari kompyuter tarmoqlari operatori
va
O‘quv rejadagi tartib raqami:
3.01
Ajratilgan soat:
90
Toshkent – 2021 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari O‘quv metodik birlashmasining 2021 yil 20 avgustdagi 3 -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
A.Eliboev
Samarqand axborot texnologiyalari texnikumi, maxsus fan o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
A.Karimov
Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi.
1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Axborot xavfsizligi
Ajratilgan soat
90
Mavzular soni
18
Dasturning maqsadi
O‘quvchilarda axborot xavfsizligini ta’minlash buyicha asoslarni, axborot xavfsizligi tizimini yaratish metadologiyasini, axborotlarni yig‘ish va uzatish jarayonini, kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlanganligi va ximoyalanganligini baxolash kabi ko‘nikmalarni shaklllantirish
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Davlat va tijorat sirlarini himoyalashni huquqiy asoslarini bilish;
Avtorlik huquqi yordamida axborotlarni himoyalash.
Maxfiy axborotlarni sirlilik va maxfiylik darajasi.
Davlat va tijorat sirlarini himoyalashni huquqiy asoslarini bilish.
Axborot xavfsizligi bo‘yicha asosiy huquqiy hujjatlarni bilish
Axborot xavfsizligini dasturiy va apparat vositalari klassifikatsiyasi va tushunchasini bilish.
Bilimlar
davlatning axborot xavfsizligini ta’min-lashning maqsadlari, vazifalari, prinsiplari va asosiy Yo‘nalishlari to‘g‘risida;
axborot xavfsizligi tizimlarini yaratish metodologiyasi to‘g‘risida;
axborotni himoya qilish vositalari va usullarini rivojlantirishning istiqbolli Yo‘nalishlari to‘g‘risida; - maxfiy ma’lumotni maxfiylik darajasi va maxfiylik darajasi bo‘yicha tasniflash to‘g‘risida;
mualliflik huquqi orqali axborotni himoya qilishning huquqiy asoslari;
davlat va tijorat sirlarini himoya qilishning huquqiy asoslari;
axborotni himoya qilishning asosiy huquqiy hujjatlari;
axborotni himoya qilishning asosiy tashkiliy choralari;
himoya vositalarining tasnifi;
axborotni himoya qilishning dasturiy va apparat
vositalari tushunchalari va tasnifi;
axborot xavfsizligi sohasidagi korxonaning asosiy tashkiliy hujjatlari
Ko‘nikmalar
axborotni himoya qilishning kriptografik usullaridan foydalanish;
mualliflik huquqi va tijorat sirlaridan foydalangan holda axborotni himoya qilishni farqlash;
ma’lumotni himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar tarkibi va mazmunini aniqlash uchun korxonaning
tashkiliy hujjatlarini tahlil qilish;
axborotni himoya qilishning texnik vositalari va usullarini tasniflash.
davlatning axborot infratuzilmasini tahlil qilish; - kompyuter tizimlari va tarmoqlarining axborot xavfsizligini ta’minlash muammolarini rasmiy ravishda shakllantirish va hal qilish.