Agar kishida shilliq hukmron oʻrin tutsa, unday kishilar ogʻir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va
intilishlari
ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan boʻladilar.
Bunday xil kishilar
flegmatiklar
deb atalgan. Qadimgi yunonlar shilliqni “flegma” deyishgan.
Flegmatiklar:
taʻsirchanligi sust boʻladi;
bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan koʻchadilar;
faolliklari kam;
yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar;
harakatlari va nutqlari sust;
koʻngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;
sabr-toqatli, chidamli boʻlib, soʻzlaganda
xotirjam, oʻzga shaxslar bilan hayajonlanmay
gaplashadilar.
Flegmatiklar chidamliligi, matonati, oʻzini tuta bilishi bilan ajralib turadi.
Gippokratning
fikricha, agar kishida zaʻfaron safro ustun tursa,
bunday kishi tezkor,
qatʻiy, harakatchan boʻladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb
atagan. Qadimgi yunonlar safroni “xoley” deyishgan.
Xoleriklar
- koʻtarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni yenga oladigan kishilar boʻlib,
ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez oʻzgarishi mumkin. Ular serjahl, oʻzini
yaxshi koʻradigan, tez gapiradigan odamlar boʻlib, boshqalardan gapining ohangi
oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning
vazminlik darajasi xuddi
sangviniklarnikidek boʻladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan oʻzini toʻgʻri tutadi.
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki,
bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir
xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga koʻproq moyil boʻladilar, arzir-arzimas narsalardan
qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulugʻ shifokor
Dostları ilə paylaş: