yuksak iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishgan kompaniya va firmalar tajribasidan kengroq
foydalanish kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy xususiyatlarni ham hisobga olish lozim.
Davlat hoqimiyatining taʻsirchanligi investitsiya muhitini aniqlovchi omillardan biridir.
Shundan kelib chiqib, har bir kapital jalb qiluvchi mamlakat maʻlum bir investitsiya tizimiga
egaligini taʻkidlash mumkin. Bu tizim huquqiy meʻyorlar va muassasalardan iborat xorijiy
investitsiyalarni qabul qilish tizimi va investitsiya muhitini oʻz ichiga oladi. Xorijiy kapitalni qabul
qilish tizimi investitsiya muhitining komponenti boʻlib xizmat qiladi va unga nisbatan mustaqil
ravishda tashkil etiladi. Chunki u investitsiya muhitini oʻzgartirishga qodirdir. Xorijiy
investitsiyalarni qabul qilish tizimi qabul qiluvchi tomonni xorijiy kapitalni milliy iqtisodiyotga
qulay ravishda kirib kelishini namoyon etsa, investitsiya muhiti kirib kelgan kapitalni mamlakat
ichida optimal ravishda oʻsib borish vaziyatiga baho beradi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish
orqali sanoatni yangi zamonaviy texnologiyalar bilan, qishloq xoʻjaligida qayta ishlovchi sanoat
majmuini va boshqa sohalarda tub oʻzgarishlar yasash mumkin. Shunday ijobiy ishlarni amalga
oshirish uchun xorijiy investorlarga qulay boʻlgan investitsiya muhitini yaratib berish kerak.
Investitsiya muhiti iqtisodiyotda yangi tushuncha emas, ammo mustaqil Oʻzbekiston sharoitiga
nisbatan ishlab chiqilmagan. Endi bu sharoitni yaratishga oʻrinishlar boʻlmoqda. Bir qator
rivojlangan davlatlar bu jarayonni ijobiy tarzda amalga oshirgan. Investitsiya muhitining
ahamiyati, amaliy jihatdan, qaysi boyliklar va yunalishlar tizimi asosida xorijiy investorlar faoliyat
yuritishlari toʻgʻrisida tushuncha beradi va shuning negizida xorijlik investorlarga nisbatan qanday
munosabatda boʻlishni ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. Investitsiya muhiti - juda keng
maʻnoda ishlatiladigan tushuncha boʻlib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha
muammolar va masalalarni oʻz ichiga qamrab oladi. Investor tomonidan maʻlum bir davlatga
investitsiya qilishning qulay va noqulay tomonlari baholanadi, shu bilan bir qatorda, oʻz kapitalini
kiritmoqchi boʻlgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat
beriladi. Investitsiya muhiti har tomonlama chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya riski
aniqlanadi. Investitsiya muhiti va risk darajalari bir-birlariga teskari nisbatdadir. Investitsiya
muhiti qanchalik qulay boʻlsa, investorning tadbirkorlik riski shunchalik past darajada boʻladi va
bu investorlarning kirib kelishini koʻpaytiradi. Aksincha, investitsiya muhiti noqulay boʻlsa, risk
darajasi yuqori boʻladi. Bu esa investitsiya qabul qiluvchining sarf-xarajatlarining oʻsishiga olib
keladi. Shunday qilib, investitsiya muhitining holati faqat investor uchun emas, balki investitsiya
qabul qiluvchi uchun ham muhimdir.Hozir turli mamlakatlar va mintaqalar oʻrtasidagi investitsiya
uchun avj olayotgan raqobat kurashi nuqtai nazaridan investitsiya riski tushunchasini koʻrib oʻtish
zarur.
Investitsiya oqimlarining u yoki bu mamlakatlarga yunalganligi, shuningdek ularning real
xajmlari oxir-oqibat shu risklar bilan belgilanadi.
Umuman olganda investitsiya riskini uch toifaga boʻlish mumkin:
Dostları ilə paylaş: