O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIALAR VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI “TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV” FAKULTETI “IQTISODIYOT” YO`NALISHI 1-I-22-GURUH TALABASI Jurayev Samandarning “Iqtisodiy xavfsizlik” FANIDAN
Mustaqil ish
Mavzu: O’zbekistonda axborotni himoyalash davlat tizimi
Bugun tez sur‘atlar bilan o‗zgarib borayotgan va o‗tgan davrlarga nisbatan tubdan farq qiladigan shiddatli va ayni paytda o‗ta murakkab zamonda yashamoqdamiz. Mutaxassislar bu tezkor davrni «ommaviy axborotlashuv» yoxud «globallashuv asri» deb atashmoqda. Boisi yer yuzining qaysidir bir chekkasida yuz bergan voqeadan bir necha soniya ichida butun dunyo ahli xabar topmoqda. Bu esa shubhasiz matbuot va ommaviy axborot vositalarining o‗rni va roli nechog‗li oshib borayotganidan dalolat beradi. Shu jihatdan aytganda, har qanday matbuot jamiyatda yuz berayotgan voqea hodisalar, o‗zgarishlar, yangilanishlarni to‗laligicha, xolis va haqqoniy aks ettirmog‗i kerak. Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma‘lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‗llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‗qiy olmagan. Asrlar davomida bu san‘at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‗n yil oldin hamma narsa tubdan o‗zgardi, ya‘ni axborot o‗z qiymatiga ega