Menejment informatsion tizimlarining bo’limlari. 1.
Moliyaviy informatsiya: budjetlar, sotuv hisobotlari va moliyaviy bayonotlar.
2.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori va uskunalar haqidagi informatsiyalar: ishlab
chiqarishga oid xulosalar, uskuna va ta’minotlar ro’yxati, tugatilgan mahsulotlar bayonoti.
3.
Marketing vasavdo haqidagi informatsiyalar: xaridorlar ehtiyojlari haqidagi ma’lumotlar,
joriy iqtisodiy vaziyatlar va raqobatchilarning harakatlari.
4.
Inson resurslari haqidagi informatsiyalar: oylik maoshlar, ishchilar foydasi va ishchilarning
o’sishi.
Ma’lumot omborlari. Menejment information tizimlari ma’lumotlari bir necha manbalardan olinadi. Tashqi
ma’lumotlar ombori bu tashkilot tashqarisidagi informatsiyalardir. Moliya institutlari, hukumat
agentliklari va xaridorlar tashqi ma’lumotlar omboriga misol bo’ladi.Buning aksi esa, ichki
ma’lumotlar ombori bo’lib, u tashkilot ichidagi informatsiyalardir. Ichki ma’lumotlar bazasi
buxgalteriya hisobotlari, uskunalar haqidagi ma’lumotlar va kompaniya savdo hajmini o’z ichiga
oladi. Ma’lumotlarni olib turish oson bo’lishi mumkin, lekin ularni o’zgarishini o’rganib borish
menejment information tizimining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Xizmatlar ko’rsatishda texnologiya. AQShdagi ishchilarning 60%dan ko’prog’i xizmat ko’rsatish sohalarda ishlaydi. Bu
tashkilotlarda kompyuterlardan foydalanish keng ko’lamda olib boriladi.
Jamoat xizmatlari. Hukumat agentliklari hisobotlarni saqlash uchun kompyuterlardan foydalanadi. Masalan,
AQShdagi federal tashkilotlar harbiylar va ishchilar haqidagi ma’lumotlarni maxfiy saqlaydi.
Agentliklar har doim kompyuterlardan foydalanish hajmini kengaytirib bormoqda. Tibbiy
ma’lumotlar insonlar hayotini saqlab qolish uchun sekundlar ichida topiladi. Jinoyatdan saqlanish
uchun, jinoyatdan keyingi ma’lumotlarni boshqa bo’limlarga ma’lum minutlar ichida jo’natish
mumkin. Qachonki kimdir mamlakatning boshqa joyiga ko’chib o’tsa, bo’limlar yoki agentliklar
bu haqida osonlik bilan ma’lumot almashishi mumkin.
Ta’lim. Kompyuterlar muhim o’qitish quroliga aylanib bo’lgan. Kompyuterlar ishchilarning
mutaxassisligin ma’lum darajada tekshirish imkonini yaratadi. Ofis ishchilari o’zlarining kundalik
ishlari mobaynida matnli dasturiy ta’minotlardan foydalanishadi. Shu bilan bir vaqtda ular
grammatika, punktuatsiya, talaffuz qilish va hujjatlardan foydalanishadi. Uchuvchilar o’zlarining
uchish malakalarini oshirish maqsadida kompyuterlashgan tasvirlardan foydalanishadi.Kompyuter
o’quv qo’llanmasi(KO’Q) deb, insonlar o’z faoliyatlarida malakalarini oshirish yoki o’rganishda
kompyuterlardan foydalanishlarga aytiladi. KO’Q bilan talabalar o’z ehtiyojlari uchun ishlashiga
xizmat qiladi. Shuningdek, talabalarning universitet binosiga borishlariga ham to’g’ri kelmaydi.
Talabalar markaziy mashg’ulot markazlariga bog’langan kompyuter tarmog’i sistemalaridan
uylarida foydalana olishadi. Ish joylarida kompyuter va axborot texnologiyalarini o’rganishga
bo’lgan talab oshib bormoqda. Kompyuterni bilib siz dunyo biznesida yaxshigina maosh
to’lanadigan ishlar bilan raqobatlasha olasiz.