Boshqaruv maqsadi - aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini ushalishiga
yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa
shu maqsadimiz:
bo‘lajak harakatlarimizni
oldindan aniqlab beradi;
faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi;
faoliyatimizni aniq soha, ishga yo‘naltiradi;
u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;
pirovard natijamizning baholash me’yorini belgilaydi va h.k.
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqarish uchun o‘ta zarur.
Chunki aynan shu maqsadga binoan:
boshqarish funksiyalari;
boshqarish usullari;
boshqarishning tuzilmaviy tarkibi;
lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar yechiladi.
Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi lozim.
Boshqaruv maqsadiga qo‘yiladigan asosiy talablar
Maqsad bir ma’noli va
aniq bo‘lishi kerak.
Agar siz
qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo‘lni
tanlashga ham hojat qolmaydi.
Maqsad real va
bajarilishi mumkin
bo‘lishi kerak.
Qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli
qayiqqa xech qanday shamol ham xamrox bo‘la olmaydi.
Maqsad miqdoran
o‘lchovga ega bo‘lishi
kerak.
Maqsad - bu navbatdagi bosqichda “jang”, bilan zabt qilinadigan
bamisoli cho‘qqidir. Buni zinxor unutmaslik darkor. Shu
“jang”da g‘olib chiqish uchun bajarilishi mumkin bo‘lgan real
maqsadni o‘z oldimizga qo‘yishimiz kerak. Undan ortiqcha xam,
kam
ham emas, vassalom.
Maqsad barcha bajaruv-
chilarga tushunarli
bo‘lmog‘i darkor.
Miqdoran o‘lchovga, meyorga ega bo‘lmagan maqsad - bu sarob. Bu
talabga rioya qilmaslik rejalashtirilgan maqsadning oldindan
bajarilmasligiga zamin tayyorlash demakdir.
Maqsad bo‘limlar va
mas’ullar bo‘yicha
detallash-tirilgan
bo‘lishi kerak.
Maqsad,
uni boshqarish tamoyillari, piro-vard natija barchasi
tushunarli va yozma ravishda ularga sodda tilda etkazilishi
kerak.
Maqsad ko‘p
qirrali
bo‘lishi kerak.
Maqsad xar bir faoliyat turi, xar bir mas’ul shaxs bo‘yicha
mayda-chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo‘lishi lozi
Shundagina bu maqsadning ijro qilinish darajasini aniq nazorat
qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: