Biznes boshqaruv asoslari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/163
tarix25.11.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#70559
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   163
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Rejalashtirish 
 boshqarishning asosiy va dastlabki funksiyasidir. Har qanday 
boshqarish reja tuzishdan boshlanadi. 
Bu rejada: 
 boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni realizatsiya qilish 
muddatlari belgilanadi
 vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi; 
 xalq xo‘jaligi bo‘g‘inlarining o‘zaro aloqalari o‘rnatiladi; 
 Rejalashtirishning umumiylik xususiyati shundaki, bunda xar bir
boshqaruv xodimi o‘zining shaxsiy ishini rejalashtiradi, o‘z ish joyining 
faoliyati ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi, rejalarni qanday bajarayotganini 
nazorat qilishni uyushtiradi. 
Tashkil qilish 
 Bu funksiya boshqaruv obyekti doirasida barcha boshqariluvchi va 
boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini ta’minlaydi. Shu nuqtai 
nazardan tashkil qilish ichki va tashqi shart-sharoitlarning o‘zgarib turishiga 
qarab amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzish demak 
dir. Bu funksiya joriy va strategik rejalarning ijrosini ta’minlash bo ‘yicha 
birinchi qadamdir. 


Muvofiqlash-tirish 
va tartibga solish 
Rejalashtirish 
boshqarishning 
strategiyasi 
xisoblansa, 
muvofiqlashtirish boshqarishning taktik ma salalarini xal qilib beradi. Bu 
funksiyaning asosiy vazifasi oqilona aloqalar o‘rnatish yo‘li bilan 
boshqariladigan tizimning turi qismlari o‘rtasida kelishib ish olib borishni 
ta’minlashdir. 
 Muvofiqlashtirish mablag‘larni tejash maqsadida bashqaruvdagi 
paralelizm va bir-birini takrorlashni bartaraf qilish imkonini beradi. Bundan 
tashqari, u turli tarmoqlar o‘rtasida resurslarni taqsimlash yo‘li bilan nisbat 
va mutanosiblikni, ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘rtasidagi munosabatni 
o‘rnatadi. 
 Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi bo‘lib, u sodir bo‘lib 
turadigan og‘ishlarni bartaraf qilish yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayonlarini 
amalga oshirishni maqsad qilib qo‘yadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi 
extimol tutilgan og‘ishlarning oldi olinadi. 
Nazorat 
 Bu funksiyaning maqsadi “tutib olish”, “aybini ochish”, “ilintirish” 
emas, balki boshqaruv ob’ek tida sodir bo‘layotgan jarayonlarni xisobga 
olish, tekshirish, taxlil qilish va ma’lum tartibda shu obyekt faoliyatini o‘z 
vaqtida sozlab turishdir. Nazorat o‘rnatilgan me’yoriy hujjatlardan, reja 
lardan og‘ishlarni, ularning joyi, vaqti, sababi va xususiyatlarini aniqlash 
imkonini beradi. 
 Ta’sirchan nazoratni tashkil qilish xar bir rahbarning funktsional 
ishidir. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin