oʻxshash uchramagan.Ular injenerlarning tadqiqotlari vaolimlarning muhim masalalariga javob
topishga boʻlgan urinishlari maxsulidir. Bugun siz foydalanayotgan koʻplab maxsulotlar mavjud
tovarlarga katta yoki kichik oʻzgarishlar kiritilgan xolatidir.
angi musiqa saqlaydigan va
eshittiradigan, rasm va videolar oladigan, yoki kompьyuter ilovalariga ega boʻlgan mobil telefon
texnologiyalari
oldingi rasmsiz telefonlar, mp3 pleyerlar va raqamli video kameralarning
rivojlangan shaklidir. Shu va shu kabikoʻplab tovarlardagi yangiliklar yangi texnologiyalarni
rivojlantirish yoki joriy maxsulotlarni qayta dizaynlashtirish tufayli sodir boʻladi.
Olimlar va
boshqa tadqiqotchilar maxsulotlarga tez-tez oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadilar. Tovarlardagi
koʻplab oʻzgarishlarga xaridorlar taklifi yoki shu machsulotlardan foydalanishdagi tajribasi sabab
boʻladi. Xaridorlar talab va takliflarni obdon oʻrganib maxsulotlarga yechim topish marketing
tadqiqotlari deyiladi.
Marketing tadqiqotlarini rejalashtirish
Tadqiqot jarayonlarining koʻp turlari marketing muammolarni yechish uchun qoʻllanilishi
mumkin. 12-3 rasmda har bir tadqiqot qaysi ilmiy muammoga tegishli ekani koʻrsatilgan.
Marketing tadqiqotlari bosqichlari
1.
Marketingdagi muammoni aniqlash
2.
Holatni oʻrganib
chiqish
3.
Maʻlumot yigʻish etish jarayonini yaratish
4.
Axborotni yigʻish vatahlil qilish
5.
Echimni
taklif
12-3 rasm. Nima uchun muammoni aniqlash marketing tadqiqotlarida birinchi bosqichdir?
Barcha marketing tadqiqotlar taʻlimoti axborot yigʻish va tahlil etishni oʻz ichiga oladi.
Xaridorlar va raqobatchilar haqidagi koʻp maʻlumotlar biznesda yangi tadqiqotlar oʻtkazmasdan
ham olinishi mumkin. Boshqa maqsadda yigʻilgan mavjud axborotni tahlil qilish va joriy
muammoni hal qilishda foydalanish ikkilamchi tadqiqot deyiladi. Joriy muammoni toʻgʻridan
toʻgʻri hal etish uchun maxsus yigʻilgan axborot birlamchi tadqiqot deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: