Biznes boshqaruv asoslari


Menejment informatsion tizimlarining bo’limlari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/163
tarix25.11.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#70559
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   163
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Menejment informatsion tizimlarining bo’limlari. 
1. 
Moliyaviy informatsiya: budjetlar, sotuv hisobotlari va moliyaviy bayonotlar. 
2. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori va uskunalar haqidagi informatsiyalar: ishlab 
chiqarishga oid xulosalar, uskuna va ta’minotlar ro’yxati, tugatilgan mahsulotlar bayonoti. 
3. 
Marketing vasavdo haqidagi informatsiyalar: xaridorlar ehtiyojlari haqidagi ma’lumotlar, 
joriy iqtisodiy vaziyatlar va raqobatchilarning harakatlari. 
4. 
Inson resurslari haqidagi informatsiyalar: oylik maoshlar, ishchilar foydasi va ishchilarning 
o’sishi. 
Ma’lumot omborlari. 
Menejment information tizimlari ma’lumotlari bir necha manbalardan olinadi. Tashqi 
ma’lumotlar ombori bu tashkilot tashqarisidagi informatsiyalardir. Moliya institutlari, hukumat 
agentliklari va xaridorlar tashqi ma’lumotlar omboriga misol bo’ladi.Buning aksi esa, ichki 
ma’lumotlar ombori bo’lib, u tashkilot ichidagi informatsiyalardir. Ichki ma’lumotlar bazasi 
buxgalteriya hisobotlari, uskunalar haqidagi ma’lumotlar va kompaniya savdo hajmini o’z ichiga 
oladi. Ma’lumotlarni olib turish oson bo’lishi mumkin, lekin ularni o’zgarishini o’rganib borish 
menejment information tizimining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Xizmatlar ko’rsatishda texnologiya. 
AQShdagi ishchilarning 60%dan ko’prog’i xizmat ko’rsatish sohalarda ishlaydi. Bu 
tashkilotlarda kompyuterlardan foydalanish keng ko’lamda olib boriladi. 
Jamoat xizmatlari. 
Hukumat agentliklari hisobotlarni saqlash uchun kompyuterlardan foydalanadi. Masalan, 
AQShdagi federal tashkilotlar harbiylar va ishchilar haqidagi ma’lumotlarni maxfiy saqlaydi. 
Agentliklar har doim kompyuterlardan foydalanish hajmini kengaytirib bormoqda. Tibbiy 
ma’lumotlar insonlar hayotini saqlab qolish uchun sekundlar ichida topiladi. Jinoyatdan saqlanish 
uchun, jinoyatdan keyingi ma’lumotlarni boshqa bo’limlarga ma’lum minutlar ichida jo’natish 
mumkin. Qachonki kimdir mamlakatning boshqa joyiga ko’chib o’tsa, bo’limlar yoki agentliklar 
bu haqida osonlik bilan ma’lumot almashishi mumkin. 
Ta’lim. 
Kompyuterlar muhim o’qitish quroliga aylanib bo’lgan. Kompyuterlar ishchilarning 
mutaxassisligin ma’lum darajada tekshirish imkonini yaratadi. Ofis ishchilari o’zlarining kundalik 
ishlari mobaynida matnli dasturiy ta’minotlardan foydalanishadi. Shu bilan bir vaqtda ular 
grammatika, punktuatsiya, talaffuz qilish va hujjatlardan foydalanishadi. Uchuvchilar o’zlarining 
uchish malakalarini oshirish maqsadida kompyuterlashgan tasvirlardan foydalanishadi.Kompyuter 
o’quv qo’llanmasi(KO’Q) deb, insonlar o’z faoliyatlarida malakalarini oshirish yoki o’rganishda 
kompyuterlardan foydalanishlarga aytiladi. KO’Q bilan talabalar o’z ehtiyojlari uchun ishlashiga 
xizmat qiladi. Shuningdek, talabalarning universitet binosiga borishlariga ham to’g’ri kelmaydi. 
Talabalar markaziy mashg’ulot markazlariga bog’langan kompyuter tarmog’i sistemalaridan 
uylarida foydalana olishadi. Ish joylarida kompyuter va axborot texnologiyalarini o’rganishga 
bo’lgan talab oshib bormoqda. Kompyuterni bilib siz dunyo biznesida yaxshigina maosh 
to’lanadigan ishlar bilan raqobatlasha olasiz. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin