• oddiy qotib qolgan an’anaviy maqsadlar;
• muammoli maqsadlar;
• innovatsion maqsadlar;
• xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo‘yicha maqsadlar;
Birinchi guruhdagi maqsadlar har kun qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy
maqsadlar bo‘lib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli bo‘g‘indagi rahbarning bevosita
burchiga kiradi. Masalan, marketing bo‘limining boshlig‘i oldida quyidagi maqsad qo‘yilgan
bo‘lishi mumkin: “Oyning oxirigacha joriy yilning so‘nggi kvartalida sotilgan tovarlarning
tahlilini qilish va tegishli xulosalar yasash”. Bu an’anaviy maqsaddir.
Ikkinchi guruhdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar korxonaga
va ayrim xodimga qiyinchiliklar tug‘diradi. Masalan, mahsulotga bo‘lgan talabning to‘satdan
keskin pasayishi va sotish hajmining kamayishi, tabiiy ravishda korxonaning oladigan foydasiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday bir sharoitda korxona rahbari oldida vaziyatni o‘zgartirish, sotish
hajmini, aytaylik, ikki oy ichida keskin ko‘paytirishdek murakkab masala turadi. Bu maqsad
muammoli maqsaddir. Chunki sotish hajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin ko‘paytirish:
• mahsulotga bo‘lgan talabning keskin pasayshi sabablarini aniqlashni;
•
ko‘p omilli korrelyatsion - regression tahlilni amalga oshirishni;
•
eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqoza etadi. Bunga bosh qotirish, aqlni ishlatish
kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: