Biznes boshqaruv asoslari


Boshqaruvning bosh maqsadi



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/163
tarix25.11.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#70559
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Boshqaruvning bosh maqsadi-faoliyat jarayonini oqilona tashkil etish,kadrlar 
salohiyatidan samarali foydalanish , yangi texnologiyalarni qo`llash yo`li bilan tashkilotning 
foydaliligi va daromadliligini taminlash. 


Boshqaruv maqsadi - aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini ushalishiga 
yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa 
shu maqsadimiz: 
 bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi
 faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi; 
 faoliyatimizni aniq soha, ishga yo‘naltiradi; 
 u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi; 
 pirovard natijamizning baholash me’yorini belgilaydi va h.k. 
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqarish uchun o‘ta zarur. 
Chunki aynan shu maqsadga binoan: 
boshqarish funksiyalari
 boshqarish usullari; 
 boshqarishning tuzilmaviy tarkibi; 
 lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar yechiladi. 
Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi lozim.
 
Boshqaruv maqsadiga qo‘yiladigan asosiy talablar 
Maqsad bir ma’noli va 
aniq bo‘lishi kerak. 
 Agar siz qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo‘lni 
tanlashga ham hojat qolmaydi. 
Maqsad real va 
bajarilishi mumkin 
bo‘lishi kerak. 
 Qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli 
qayiqqa xech qanday shamol ham xamrox bo‘la olmaydi. 
Maqsad miqdoran 
o‘lchovga ega bo‘lishi 
kerak. 
 Maqsad - bu navbatdagi bosqichda “jang”, bilan zabt qilinadigan 
bamisoli cho‘qqidir. Buni zinxor unutmaslik darkor. Shu 
“jang”da g‘olib chiqish uchun bajarilishi mumkin bo‘lgan real 
maqsadni o‘z oldimizga qo‘yishimiz kerak. Undan ortiqcha xam, 
kam ham emas, vassalom. 
Maqsad barcha bajaruv-
chilarga tushunarli 
bo‘lmog‘i darkor. 
 Miqdoran o‘lchovga, meyorga ega bo‘lmagan maqsad - bu sarob. Bu 
talabga rioya qilmaslik rejalashtirilgan maqsadning oldindan 
bajarilmasligiga zamin tayyorlash demakdir. 
Maqsad bo‘limlar va 
mas’ullar bo‘yicha 
detallash-tirilgan 
bo‘lishi kerak. 
 Maqsad, uni boshqarish tamoyillari, piro-vard natija barchasi 
tushunarli va yozma ravishda ularga sodda tilda etkazilishi 
kerak. 
Maqsad ko‘p qirrali 
bo‘lishi kerak. 
 Maqsad xar bir faoliyat turi, xar bir mas’ul shaxs bo‘yicha 
mayda-chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo‘lishi lozi 
Shundagina bu maqsadning ijro qilinish darajasini aniq nazorat 
qilish mumkin. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin