matnini boshidan oxirigacha aytib turib yozdiradi-da, pirovardida xodimiga shunday savol bilan
murojaat qilardi: “Sizning xat matni xususidagi fikringiz qanday?” Agar xat matnini biror xodimi
tayyorlagan boʻlsa, uni oʻqib chiqqach, mabodo kamchiligi uchrasa yoki yoqmasa, buni xodimning
yuziga solish oʻrniga maslahat yoʻsinida fikrlashadi: “Balki xat matnini biroz boshqacharoq qilib
yozganimiz maʻqulmidi, siz nima deysiz?” Yang oʻz xodimlariga nima qilish kerakligi haqida
hech qachon koʻrsatmalar bermaydi, zimmalaridagi vazifalarini mustaqil bajarishlari uchun imkon
yaratadi. Mustaqil harakat qilishga, oʻz xatolaridan tegishli
xulosa chiqarish va boshqa
takrorlamaslikni odat qilishga undaydi. Haqiqatan ham bunday munosabat xodimlarni
mustaqillikka oʻrgatadi, xatolarni tez tuzatish va ishni oxirigacha pishiq, puxta bajarishga
odatlantiradi.
Qolaversa, bunday usul ishchi xizmatchilarning izzat-nafsini hech qachon
kamsitmaydi va ayniqsa, ularda oʻz imkoniyatlari va mahoratlariga qatʻi ishonch, mehnatta
ishtiyoq tugʻdiradi. Demak, agar rahbar insonlarda oʻziga
nisbatan iliqlik, izzat-hurmat hissini
uygʻotmoqchi boʻlsa, u salbiy hislatlardan, yaʻni buyurish, koʻrsatma
berish ohanglaridan voz
kechib, maslahat solishi, ulardan fikr olishi kerak. Shunda uning umumiy ishga koʻproq nafi
tegadi.• Rahbar intizom va tartibga rioya qilishni qatьiy talab qilishi va boʻysunuvchilarning biron
nojoʻya harakatini eʻtibordan chetda qoldirmasligi kerak. Talabchanlik tarbiyaning asosi va ongli
intizomning eng mustahkam zaminidir. Xullas, rahbardagi odamlarni boshqarish qobiliyati,
odamlar haqida gʻamxoʻrligi, tashabbuskorlik, qatʻiyatlik, mustaqillik, talabchanlik, boʻysunuvchi
xodimlar bilan maslahatlasha bilish, oʻz soʻzini ustidan chiqish kabi ijobiy fazilatlar undagi salbiy
qusurlardan qutulishga yordam beradi.
Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak.
U egallab turgan lavozimidan mahrum boʻlmasligi uchun quyidagi oʻnta qoidaga rioya
qilmogʻi lozim:
1. Iloji boricha qulogʻingizgacha ishga koʻmiling. Oʻz kompaniyangiz mijozlarini koʻpaytirish
uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga soling.
2. Kompьyuterni oʻrganing.
3. Chet tilini oʻrganing.
4. Oʻz arxivingizni tashkil qiling. Zarur tashkilotlar va kishilar adreslari, telefonlarini
yozib
boring. Ular favqulodda hollarda kerak boʻlib qoladi.
5. Har doim “ha” deng. Hamma narsani bajarishga urining. Hattoki imkoniyatingiz,
qobiliyatingiz yetarli boʻlmasa ham oldin bajarmagan ishingizni bajarishga harakat qiling. Ishdan
mahrum boʻlib qolishning eng qisqa yoʻli: “Bu mening ishim emas” deb javob berish. Bunday
soʻzni aytishdan oʻzingizni tiying.
6. Chiroyli imo-ishora qilishni biling. Firma inqirozga uchragan vaqtda ham uni bunday
holatdan chiqarish uchun vaqtingizni ayamasligingizga tayyor ekanligingizni bildiring.
7. Malakangizni muttasil oshirib boring.
8. Kishilar bilan boʻladigan muomalada hushfeʻl va iltifotli boʻling. Noyob, nazokatli, doʻstona
kayfiyat jamoadagi muhitni yaxshilaydi, oʻzaro
ishonchni mustahkamlaydi, kishilarni
hamjihatlikka chorlaydi.
9. Boshqalar bilmaydigan va bajara olmaydigan u yoki bu ishni bilish va bajara olishga urining.
Bu nur ustiga aʻlo nur boʻladi.
10. Ish vaqti faqat, masalan: 8
00
dan 17
00
gacha boʻlmasin. Agar siz ertalab ish vaqtidan oldin
yoki ish vaqti tugagandan soʻng ish joyida boʻlsangiz, bilingki bu ham eʻtiborsiz qolmaydi.
Bulardan tashqari, lavozimdan mahrum boʻlmaslik uchun rahbar quyidagi qayd etilgan kishilar
bilan oʻzaro maslahatlashmasligi kerak.
Ular:
- Nodon - sizni yoʻldan adashtiradi.
- Dushman - sizning zarar topishingizni oʻylaydi.
- Xasadchi - faqat xato qilib qoʻyishingizni poylaydi. Ular badanning sogʻ joyi qolib, nuqul
yaraga qoʻnishni moʻljallaydigan pashshalarga oʻxshaydi.
- Qoʻrqoq - sizni dadilliqdan qaytaradi.
- Baxil - boylik toʻplashga hirsmand boʻladi va undan birovga foyda yetmaydi.
- Nafsiga berilish - hoyu-havasning asiri boʻlib, nafs toʻridan qutulishga kuchi yetmaydi.
- Yolgʻonchn - fikringizni buzib koʻrsatadi.
Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Bu individuallik
shaxsdagi temperamentda, hissiyotda, qobiliyatda, feʻl-atvor, iroda,
xotira va boshqalarda
namoyon boʻladi. Ana shular taʻsiri ostida rahbar injiq, janjalkash, kurashchan, bilagʻon va
hokazolar boʻlishi mumkin. Shunga qarab xodimlar va rahbarlar oʻrtasida munosabat shakllanadi
(5-jadval).
5-jadval
Dostları ilə paylaş: