Qaror qabul qilish jarayoni. Siz tezkor tanlov tanlashda hissiyotlardan farqli o’laroq chuqur o’ylangan jarayonlarga
asoslansangiz siz yaxshiroq qaror qabul qilishga muvaffaq bo’lasiz.
Natijaviy qaror qabul qilish jarayoni 6 bosqichdan iborat.
1.Muammoni tushunish. 2.Tanlovlar bilan tanishish.
3.Har bir tanlovni foydali yoki foydasizligini baholash.
4.Eng yaxshi muqobilni tanlash.
5.Tanlovni ijro etish.
6.Qarorni qayta ko’rib chiqish.
Muammoni tushunish. Har bir qaror uchun qilingan qaror yaxshi natijaga bowlashi uchun muammo bilan aniq
tanishib chiqilgan bo’lishi shart. Agar sizga uchta test uchun ikki soat vaqt berilgan bo’lsa, sizning
muammoyingiz testlar uchun chegaralangan vaqtni eng yaxshi taqsimlab chiqish hisoblanadi.
Tanlovlar bilan tanishish. Sizni muqobillar orasidan tanlovlarga yuzlashishingiz tabiiy holdir.Oldinroq biz 75$
qanday eng yaxshi sarflash masalasiga to’xtalgan edik. Bunda 75$ ni oyoq kiyimga yoki pizzaga
va kinoga sarflashdan boshqa variantlar ham mavjud, ehtimol siz uni odatiy kunlik
xarajatlaringizga sariflashingiz mumkin yoki uni kollej uchun yig’ib qo’yishingiz mumkin.Eng
muhimi shundaki siz qaror qabul qilishda barcha muqobillar bilan tanishsib chiqishingiz va eng
yaxshini tanlashingdadir.
Har bir tanlovni foydali yoki foydasizligini baholash. O’z qaroringizni yozishdan oldin siz har bir tanlovni foydali va foydasiz taraflari bilan
tanish bo’lishingiz kerak. Agar siz oyoq kiyim sotib olsangiz siz uni uzoq vaqt kiyishingiz mumin,
lekin do’stlaringiz bilan kin ova pizzani lazzatidan vos kechishingiz kerak.Agar siz pulingizni
yig’ib qo’yishni tanlasangiz ehtimol kiyinroq kattaroq narsaga sarflashingiz mumkinsiz va
do’stlaringiz sizga vaqtizni sarflashni eng qulay yo’lini belgilab berishi mumkin.
Eng yaxshi muqobilni tanlash. Tanlovni tanlashda siz malum bir vaqt ichida siz uchun eng yaxshisi qaysi biriligiga
ishonishingiz kerak.Garchi siz birinchi uch qadamda yaxshi ishni amalga oshirgan bo’lishingiz
mumkin, lekin kiyingi qadam og’ir bo’lishi mumkin.Siz sizning tanlovingiz hozir ham kelajakda
ham natijaga ega bo’lishiga ishonchingiz komil kerak.