odiy qonunlar «umri tugab borayotgan» jamiyat kuchlarining qarshiligiga duch keladi. Iqtisodiy
qonunlarning inson faoliyati orqali buzilishini ilg’ash qiyin. U ma’lum vaqt o’tgandan keyingina
yuzaga chiqadi. Siyosiy iqtisod klassiklari iqtisodiy qonunlarni ob’ektivligini e’tirof
etgan
bo’lsalar, marjinalizm maktabi namoyandalari, aksincha, insonning
iqtisodiy jarayonlarda
ishtirokining sub’ektiv jihatlariga ko’proq ahamiyat beradilar. Har bir inson biron iqtisodiy
faoliyatga kirishar ekan, o’z ehtiyojlarini qondirish
nuqtai nazaridan nima qilishi, qanday yo’l
tutishi kerakligini «aql tarozisi»da tortadi. Albatta, bu erda odamlarning psi-xologiyasi katta rol
o’ynaydi. Agarda inson umrining yarmidan ko’-pi xo’jalik yurit ish faoliyati bilan o’tar ekan, unda
albattaiqtisodiy psixologiya shakllanadi. Iqtisodiy psixologiyaga iqtisodiy fikrlash, xo’jalik
yuritish sabablari va insonlarning ishlab chiqarish,
taqsimot, ayirboshlash va iste’molda
qatnashuvining sababi bo’lgan iqtisodiy manfaatlar kiradi. Xo’jalik yuritishni, ayniqsa bozor
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy psixologiya aralashuvisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Erkin tanlash
imkoniyati bor sharoitda kishilar
biron qarorga kelishar ekan, buning uchun avvalo iqtisodiy
fikrlar, manfaatlar asosida xulosa chiqarishadi. Natijada xo’jalik yuritish jarayo-nida ma’lum
psixologik qonunlarningamal qilishi namoyon bo’ladi. Iqtisodiy qonunlar kishilarning maqsadli
faoliyati orqali namoyon bo’ladi. Bir xil sub’ektlar xo’jalik jarayonlari ob’ektiv ketma-ketligini
tushunib, shu yo’nalishda faoliyat ko’rsatsalar, aksincha, boshqa sub’ektlar o’z
manfaatlaridan
kelib chiqib, qarshi faoliyat olib boradilar. Buning natijasida ob’ektiv iqtisodiy qonunlar nisbatan
kam yoki yuqori barqarorlikda iqtisodiyotning umumiy yo’nalishini aks ettiradigan tendentsiyalar
tarzida amal qi-ladi. Iqtisodiy qonunlarning har xil guruhlari va turlari mavjud bo’lib, ular
birgalikda jamiyat taraqqiyoti iqtisodiy qonunlari tizimini tashkil etadi. Ular quyidagi guruhlarga
bo’linadi:
Dostları ilə paylaş: