Katta hajmdagi mablag‘ni osonlik bilan jamlay olishi. Chunki buning uchun yetarli miqdordagi aksiyani chiqarish kifoya
Aksiyadorlik jamiyati joriy faoliyatini boshqarish shartnoma asosida boshqa tijorat tashkiloti – ishonilgan boshqaruvchiga topshirilishi mumkin bo‘lgan biznesning yagona shakli ekanligi
Aksiyadorning boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati u ega bo‘lgan aksiyalar turiga bog‘liqligi
Oddiy aksiyalar ovozga ega hisoblanadi va o‘z egasiga dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi
Imtiyozli aksiyalar esa o‘z egalariga, birinchi navbatda, dividendlarni olishga hamda AJ tugatiladigan taqdirda aksiyaga tikkan
mablag‘larini olishda ustunlik beradi
Imtiyozli aksiyalar jamiyat daromadi boryo‘qligidan qat’i nazar, ma’lum bir dividendlar olish huquqini ham taqdim etadi
.
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida
Ushbu Qonunning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.