Biznes etikasidan oraliq nazorat savollari



Yüklə 40,19 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü40,19 Kb.
#165712
Oraliq javoblar


Biznes etikasidan oraliq nazorat savollari:


  1. Qadriyat va uning turlari

  2. Etikada teleologik va deontologik nazariyalar va ularning mohiyati

  3. Korporatik etika va rahbarning axloqiy etikasi

Javoblar:
1) Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umum insoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy maʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, mas, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar Q. hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida Q.ga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan.
Holbuki Q. aksiologiyaga xos kategoriyadir. Q.ni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, obyektiv asosi, namoyon boʻlish shakllari va xususiyatlarini oʻrganish imkonini beradi. Q. kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar. talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning Qadryatlar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻzgarib boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu Q. ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Mas, yurtni yov bosganida — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiklol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal yoki bemorlikda — sihatsalomatlikning qadri oshib ketadi. Q.lar ijtimoiytarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Q.lar mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xattiharakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xattiharakatini maʼlum yoʻnalishga buradigan, tegishli meʼyorga soladigan maʼnaviy hodisaga aylanadi. Q.lar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonunqoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan Q.lar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday Q.lar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy Q.lardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan bogʻliq Q.lar milliy Q.lardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, odobi, goʻzalligi bilan bogʻliq Q.lar shaxsiy Q.lardir. Q.lar komil insonni tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Zamonaviy insoniy qadriyatlar ham nazariy, ham amaliy psixologiyaning eng dolzarb muammosidir, chunki ular shaxsning dunyoqarashini shakllantirishga ta`sir qiladi va nafaqat alohida shaxsning, balki ijtimoiy guruhning (katta yoki kichik), jamoaning, etnosning, millatning va butun insoniyatning faoliyatini integrativ asosidir. Insonning hayotidagi qadriyatlarning rolini ortiqcha baholash qiyin, chunki ular uning hayotini yoritadi, hayotini uyg`unlik va soddalik bilan to`ldiradi, bu esa insonning iroda erkinligiga, ijodiy imkoniyatlarning irodasiga intilishini belgilab beradi. Inson hayotidagi qadriyatlar muammosi aksiologiya fani (yunoncha axia - qadriyat, logos - oqilona so`z, ta`limot, o`rganish), aniqrog`i falsafa, sotsiologiya, psixologiya va pedagogika ilmiy bilimlarining alohida tarmog`i tomonidan o`rganiladi. Psixologiyada qadriyatlar deganda insonning o`zi uchun muhim bo`lgan, uning haqiqiy ehtiyojlariga, ideallariga, shaxsiy ma`nolariga javob beradigan narsa tushuniladi. Shuningdek, qadriyatlar deganda ular ijtimoiy ideallarni aks ettiradigan va shuning uchun zarur, bo`lishi lozim etalon hisoblanadigan ob`ektlar, hodisalar, ularning xususiyatlari va mavhum g`oyalar tushuniladi.
Ta`kidlash joizki, inson hayotidagi qadriyatlarning muhimligi va ahamiyati faqat aksi bilan qiyoslaganda vujudga keladi (odamlar yaxshilikka intilishadi, chunki yer yuzida yovuzlik mavjud). Qadriyatlar insonning ham, butun insoniyatning ham hayotini qamrab oladi, shu bilan birga ular mutlaqo barcha sohalarga (bilish, xulq-atvor va hissiy) ta`sir qiladi.
Qadriyatlar muammosi ko`plab taniqli faylasuflar, sotsiologlar, psixologlar va o`qituvchilarda qiziqish uyg`otdi, ammo bu masalani o`rganishning boshlanishi qadimgi davrlarga borib taqaldi. Masalan, Sokrat birinchilardan bo`lib yaxshilik, fazilat va go`zallikni nima ekanligini tushunishga harakat qilgan va bu tushunchalar narsalar yoki qilmishlardan ajratilgan. U ushbu tushunchalarni anglash natijasida olingan bilim insonning axloqiy xatti-harakatlarining asosi deb hisoblaydi. Protagorning g`oyalariga murojaat qilsak, ular har bir inson allaqachon mavjud va mavjud bo`lmagan narsalar o`lchovi sifatida qadriyatga ega deb hisoblashgan. Qadriyatlar tug’risidagi fan — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos fan, ta`limot ma`nosini anglatadi) falsafaning shu masalani o’rganadigan va u bilan shug’ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq Ittifoq davrida bu tug’rida nihoyatda kam ma`lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar tug’risidagi qarashlarimiz shitob bilan o’zgardi. Sobiq Ittifoqning ilgari ulug’langan partiyaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, o’tgan o’n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O’zbekistonda qadriyatlarga e`tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutahassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — Aksiologiyaning ko’pdan-ko’p mavzulari mutahassislarimizning ilmiy izlanishlarida o’ziga xos o’rin tutmoqda.
«Moziyga qaytib ish qo’rmoq hayrlidir», deb yozgan edi Abdulla Qodiriy «O’tgan kunlar» romanida. Huddi shunday, «Qadriyat o’zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo’lsa-da, o’rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bo’lmaydi.
Qadriyatlar mavzusining tarixi, ildizlari va insoniyatga hos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o’tmishga ega. G’arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g’oyalariga tayanadilar, ko’plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G’arbda qadriyatlar bilan shug’ullanadigan falsafiy soha — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos — ta`limot) fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo’ladi. Biz Suqrot va Aflotun, Arastu va Hegellar katta e`tibor bergan bu mavzuning G’arb falsafasida o’z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz.
Ammo ushbu mavzu ko’hna va navqiron Sharq, hususan O’zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat G’arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan holi bo’lmasa kerak. Nomlari civilizaciyamiz tarixiga abadiy bitilgan Xorazmiy, Forobiy, al-Buhoriy, at-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulug’bek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, zamona realliklari nuqtai nazaridan holisona talqin qilishdadir.
Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tarixi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya`ni halq og’zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi tug’risidagi asarlarda, Alpomish, To’maris va Shiroq tug’risidagi afsona va dostonlarda vatanparvarlik, halq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko’plab umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma`naviy merosimizning yorqin namunasi – «Avesto» zardo’shtiylikning muqaddas kitobi bo’lganligidan, unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash mezonlari, o’sha davrdagi milliy G’oyalar yorqin ifodalangan.
Qadrlash tug’risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom hukmron dinga aylangan edi. E`tirof etish kerakki, Qur`on va Hadislarda ta`riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masalalari halqimiz tarixi va madaniyatiga ta`sir ko’rsatgan. Shu bilan birga, arab istilosi davrida ko’pgina milliy qadriyatlarimizning yo’qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu tug’rida Beruniy «Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus bilan yozib qoldirgan.
Sivilizaciyamiz qadriyatlari va halqimizga hos qadrlash me`yorlari musulmon Sharqi va arablar dunyosi madaniyatining rivojiga ham nihoyatda katta aks ta`sir ko’rsatgan. Tarihda nomlari saqlangan allomalarimiz o’z navbatida butun jahon, Sharq madaniyatiga G’oyat katta hissa qo’shganlar. Bunday fikrni Abu Hanifa, al-Buhoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad Yassaviy, Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast allomalari tug’risida ham aytish joiz. Ularning har biri o’z zamonasida islomni civilizaciyamizning yuksak madaniyati nuqtai nazaridan tarQib va tashviq etdilar, islom falsafasini yuksaklikka ko’tardilar, mazkur dinning butun jahonda katta mavqega ega bo’lishida muhim faoliyat ko’rsatdilar. Bu esa ushbu zotlarning nomlarini islom dini jahon sahnida qancha tursa, shunga qadar boqiy ayladi. ularning islom falsafasi va ilohiyotiga, uni zamona zayllari orasidan o’tishi jarayoniga ko’rsatgan nihoyatda katta ta`siri tug’risida mahsus tadqiqotlar olib borish mumkin. Afsuski, manbalar etarli bo’lishiga qaramasdan, yurtimiz civilizaciyasining islom dini rivojiga va azaliy islom mamlakatlarining madaniyati taraqqiyotiga aks ta`siri tug’risida yozilgan asarlar haligacha kam, bu tug’rida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish zaruriyati allaqachon etilgan.
Masalaning muhimligi atoqli enciklopedik olimlar — Horazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn-Sino, al-FarQoniy kabi civilizaciyamizning zabardast namoyandalari ijodi va merosi ko’zgusida yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Zero, ular nafaqat Markaziy Osiyo, arab-musulmon civilizaciyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta hissa qo’shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta`sirini butun olamga yoyilishida hizmat qilganlar.
Shu bilan birga, umuminsoniy madaniyatning bebaho durdonalarini yaratgan UluQbek, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi zotlarning jahon civilizaciyasiga qo’shgan hizmatlarini tilga olmay bo’ladimi?
Afsuski, civilizaciyamizga hos eng yuksak qadrlash mezonlarini yaratgan o’rta asrlardagi ko’tarilish davri temuriylar saltanatidan so’ng asta-sekin tanazzulga yuz tutdi, markazlashgan davlat parchalanib ketdi. Avval Hiva honligi va Buhoro amirligi, so’ngra Qo’qon honligi vujudga keldi. Uch yuz yildan ortiqroq davrni o’z ichiga olgan bu jarayon honlik, amirlik, turli sulolalar, uruQlar o’rtasidagi urushlar, tinimsiz ziddiyatlar orqali kechdi, yahlit civilizaciyamizning hamjihatligini ta`minlaydigan umumiy qadriyatlar tizimi darz ketdi, qadrlash mezonlari ham bir qadar o’zgara boshladi.
XIX asrning o’rtalariga kelib, amirlik va honliklarga bo’linganligiga qaramasdan, mustaqil yashagan Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi, yurtimiz imperiyaning mustamlakasi bo’lib qoldi. Mustamlakachilarning qadriyatlari va qadrlash mezonlari halqimiz orasiga zo’rlik bilan singdirila boshlandi. XIX asrning ohirlari va XX asr boshlarida yurtimizda «jadidlar» oqimi vujudga keldi. M. Behbudiy, So’fizoda, Avloniy, Cho’lpon, Fitrat va boshqa jadidlar merosiga diqqat qilinsa, o’sha davrda yurtimizda ma`naviy tushunchalarning ko’lami qanchalik keng bo’lganligini, falsafiy tilning naqadar boyligini, uning adabiyot bilan qanchaliy uyQunligini yaqqol ko’rish mumkin. Ularning asarlarida gohida biz allaqachon esimizdan, tilimizdan va balki dilimizdan ham chiqarib yuborgan qadriyatlar, tushunchalarga duch kelamiz. Jadidlarning merosi halqimiz madaniyatiga yanada kattaroq ta`sir ko’rsatishi mumkin edi. Afsuski, bolsheviklar boshlagan siyosiy jarayonlar bu avlodning boy merosini o’z domiga tortdi, uning taqdiri ayanchli kechdi, ta`qiqlab qo’yildi. O’tmish avlodlar ardoqlagan va buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan sharqona qadrlash mezonlarini yuz o’ttiz yil sarobga aylantirish uchun qilingan urinishlarning oqibatlari haligacha sezilib turadi. Faqat mustaqillik yillariga kelibgina ushbu sohada ham ijobiy siljishlar boshlandi
2)Biznes etikasining o’ziga xos xususiyatlariAmalda, kompaniyaning axloqiy makonini qurishda, qoida tariqasida, kompaniya etikasi bo'yicha mutaxassislar, maslahatchilar va nazariyotchilar ittifoqi tuziladi. Ular birgalikda kompaniya faoliyatiga asos bo'lgan qadriyatlarni tushunishga intiladilar, uning axloqiy boshqaruvi kontseptsiyasini tavsiflaydilar, keyin esa axloqiy dasturlarni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar. Kompaniya axloqining mezonlari va kontseptsiyasi axloqiy hujjatlarda "belgilangan" - missiya, qadriyatlar, kodlar, xulq-atvor standartlari, ish yuritish to'g'risidagi qoidalar. Hujjatlar qabul qilingan va muhokama qilingandan so'ng qonuniylikka ega bo'ladi va axloqiy boshqaruv vositasiga aylanadi. Axloqiy hujjatlar odatda tashkilotning barcha xodimlari uchun - lavozimidan, ish stajidan va boshqalardan qat'i nazar, bir xil tarzda kiritiladi. Axloqiy me'yorlarga nisbatan takabburlik g'oyani qadrsizlantiradi. Ko'pincha, kodlar istisnosiz tashkilotning barcha xodimlariga nisbatan qo'llanilishini aniq ta'kidlaydi. Kodeksga rioya qilishning muhim tamoyillaridan biri uning kompaniya rahbarlari tomonidan amalga oshirilishidir. Normlar "yuqoridan pastga" deb tarjima qilinadi. Agar rahbariyat kodeks qoidalarini buzsa, xodimlar ham unga rioya qilmasliklari mantiqan to'g'ri. Axloqiy boshqaruv uchta darajada amalga oshiriladi: strategik, muntazam va risklarni boshqarish. Hujjatlar faqat qog'ozda qolib qolmasdan, balki korporativ hayotni tashkil etish, uning axloqiy va axloqiy jihatlarini tushunish uchun haqiqiy vositaga aylanishi uchun kompaniyalar biznes etikasi dasturlarini ishlab chiqadilar, ularning tabiati top-menejerlarning strategik maqsadlari va qarashlariga bog'liq. egalari. Tashkilotlarda ishbilarmonlik etikasi dasturlarini integratsiyalash, ularni amalga oshirishga yordam beradigan siyosatlarni ishlab chiqish, manfaatdor tomonlarni axloq kodeksining qoidalari va talablarini muhokama qilish va amalga oshirish jarayoniga jalb qilish, axloqiy masalalar va muammolarni hal qilish uchun javobgarlikni taqsimlash. tashkilotning xodimlari, menejerlari va bo'limlari Rossiya kompaniyalari uchun korporativ etika bilan o'zaro munosabatlarning eng qiyin sohalari hisoblanadi. Biroq, eng katta qiyinchiliklar mahalliy firmalarni korporativ axloq infratuzilmasini joriy etish va o'z ishini yo'lga qo'yishga urinishda kutishdir. Aynan shu erda Rossiya va G'arb davlatlari o'rtasidagi madaniyatlararo tafovutlar paydo bo'ladi. Amerika va Yevropa transmilliy korporatsiyalarida biznes etikasi boʻlimlari, axloq boʻyicha komissar lavozimlari, ombudsmanlar; maxsus xavfsiz aloqa tarmoqlari,, Internetdagi maxsus portal, mos keladi dasturiy ta'minot, o'tkir muammolar bo'yicha elektron ma'lumotlar bazalari. Ko'pgina kompaniyalar autsorsing (ushbu funktsiyalarni uchinchi tomon tomonidan amalga oshirish) "issiq telefonlar" ga xizmat ko'rsatish, axloqiy masalalar bo'yicha xodimlarni o'qitish.
Biznes etikasining elementlari va turlari. Biznes etikasining elementlari sifatida xulq-atvor qoidalari, umumiy biznes tamoyillari, shaxsiy va mehnat huquqlari, etakchilik uslubi, boshqaruv madaniyati,tadbirkorlik falsafasi, xizmat munosabatlari tashkil etadi. Biznesda etika me’yorlari, tamoyillari va qonuniyatlari. Ишбилармонлик одоб-ахлоқи қуйидаги тамойилларга асосланади:
1. Sog‘lom fikr: ishbilarmonlik odob-axloqi sog‘lom fikrga zid bo‘lmasligi kerak va sog‘lom fikr shuni ko‘rsatadiki, ishbilarmonlik odob-axloqi tartibni saqlash, tashkilotchilik, vaqtni tejash va boshqa oqilona maqsadlarga qaratiladi. Ishbilarmonlik munosabatlarini buzadigan odob-axloq me'yorlarini, o‘rnatilgan muloqot qoidalarini sog‘lom fikr bilan qo‘llab-quvvatlab bo‘lmaydi.
2. Erkinlik: bu shuni anglatadiki, ishbilarmonlik odob-axloq qoidalari va me'yorlari mavjud bo‘lsa-da va juda g‘ayrat bilan amalga oshirilsa-da, shunga qaramay, har bir biznes sherigining erkin irodasiga, biznes sheriklarini tanlash erkinligiga, usullarni tanlash erkinligiga va tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlarni bajarish usullariga xalaqit bermasligi kerak.
Erkinlik milliy xususiyatlar, madaniy milliy an'analarning namoyon bo‘lishiga bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lishni, erkin namoyon bo‘lgan nuqtai nazarga, turli ishbilarmonlik pozitsiyalariga sodiqlikni ham anglatadi. Biroq, erkinlik kabi biznes odob-axloq qoidalari ham cheklangan:
• umumiy ma'noda;
• iqlim sharoiti;
• an'analar;
• milliy o‘ziga xosliklar;
3. Axloqiylik: ishbilarmonlik odob-axloqini tashkil etuvchi me'yorlar, standartlar, talablar, tavsiyalarning butun majmuasi o‘zining mohiyati va mazmuniga ko‘ra oddiygina ezgulikka, axloqiyka asoslanishi kerak, biznes odob-axloqi butunlay yaxshilikka qaratilgan. Ammo axloqning bu asosiy toifasini qanday talqin qilish, boshqacha aytganda, nima yaxshi va nima yomon deb hisoblanishi biznes sohasida murakkab va noaniq savol. Ushbu bilim sohasining butun mazmuni, shuningdek, "Ishbilarmonlik odob-axloqi" o‘quv intizomi o‘zining asosiy maqsadi sifatida biznesni odamlarning axloqsiz xulq-atvorilari va harakatlarini biznes aloqalari doirasidan tashqarida qoldiradigan ko‘plab "axloqiy filьtrlar" bilan "o‘rab olish" dir.
4. Qulaylik: ishbilarmonlik odob-axloq me'yorlari biznes hamkorlarining qo‘l va oyog‘iga to‘r, kishan emas. Ular ishbilarmonlarni kishanlab qo‘ymasligi, tadbirkorlik munosabatlariga va iqtisodiyot rivojiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Ishbilarmon odam uchun hamma narsa qulay bo‘lishi kerak - ofis maydonining tartibidan tortib undagi jihozlarni joylashtirishgacha, ish kiyimlaridan tortib taqdimot o‘tkazish qoidalari va biznes muzokaralariga qo‘yiladigan talablargacha va bu qulayliklar barcha biznes aloqalari ishtirokchilari uchun birdek ta'minlanishi kerak.
5. Maqsadlilik: bu tamoyilning mohiyati shundan iboratki, ishbilarmonlik odob-axloqining har bir ko‘rsatmasi ma'lum bir maqsadga xizmat qilishi kerak. Ishbilarmonlik munosabatlarining turlari - taqdimot, ishbilarmonlik suhbati, muzokaralar va boshqalar – ular turli maqsadlarga ega bo‘lish va biznes odob-axloqining har bir jihatiga mos kelishi kerak.
6. Tejamkorlik: ishbilarmonlik etikasi juda qimmatga tushmasligi kerak; biznesdagi axloqning yuqori "harajati" o‘z-o‘zidan axloqiy emas, chunki u tashkilot foydasidan yoki alohida xodimning daromadidan chegirmani anglatadi. O‘rtacha harajat - bu tashkilotning protokol bo‘limiga rahbarlik qilishi kerak bo‘lgan e'tibor.
7. Konservatizm: bu tamoyil o‘z-o‘zidan ravshan, chunki ishbilarmonlik odob-axloqining ildizi uzoq tarixga ega bo‘lgan davlat odob-axloq qoidalarida, harbiy odob-axloq qoidalarida (bir xil yoshda), dunyoviylik (umumiy fuqarolik) odob-axloq qoidalari o‘z-o‘zidan ma'lum. Garchi ular yaqinda mavjud bo‘lmasa-da, lekin uning tushunchalari jamiyat hayotida mustahkam o‘rin egalladi va klassikaga aylandi.
Ishbilarmon odamning tashqi qiyofasidagi konservatizm, uning xulq-atvori, moyilligi, ma'lum an'analarga sodiqligi beixtiyor buzilmas, mustahkam, ishonchli narsaning uyushmalarini uyg‘otadi. Garchi biznesda ishonchli sherik bo‘lish har bir ishbilarmonning asosiy istagidir.
8. Yengillik: ishbilarmonlik odob-axloq me'yorlari shunday bo‘lishi kerakki, ularga rioya qilish psixologik jihatdan rad etilgan, yuklangan narsaga aylanmasligi kerak; ular tabiiy, osonlik bilan va keskinliksiz bajariladi. (Diqqat! Osonlikni takabburlik, bo‘shashmaslik, boshqalarga e'tibor bermaslik, yomon xulq-atvor bilan aralashtirmang!)
9. Universalizm: bu ishbilarmonlik odob-axloqining har bir tavsiyasi yoki me'yori biznes munosabatlarining ko‘p jihatlariga yo‘naltirilganligini ta'minlashga harakat qilish kerakligini anglatadi.
10. Samaradorlik: bu tamoyilning mohiyati shundan iboratki, ishbilarmonlik munosabatlari standartlari shartnomalarni bajarish muddatlarini qisqartirishga, ko‘proq shartnomalar tuzishga, jamoadagi nizolar sonini kamaytirishga va hokazolarga yordam berishi kerak. Darhaqiqat, biznes etikasidan foydalanish iqtisodiy jihatdan foydali hisoblanadi.
Asosiy etika nazariyalari va ularning qo’llanilishi: teleologik (konsekventsialistik) yondashuv, deontologik yondashuv, axloqiy relyativizm. Teleologik (konsekventsialistik) yondashuv- Natijaviy axloq (lotincha natijasi-oqibatlar) - bu axloqiy nazariyalarning bir turi bo‘lib, unda qilmishning axloqiy qiymati uning amaliy oqibatlariga qarab belgilanadi (utilitarizm, gedonizm, evdоmonizm, aksiologik intuitivizm va boshqalar.), uning motivlari va axloqning umumiy tamoyillari o’rganiladi. Ijtimoiy hayot va oiladagi tarbiya bolaning rivojlanishida iz qoldirishi mumkin. Bu ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, natijaviylik rivojlanishining oldini olish barkamol shaxsning rivojlanishiga bevosita ta'sir qiladi, jamiyatda qabul qilingan axloqiy va axloqiy qadriyatlarni e'tiborsiz qoldirishning oldini oladi.
3) Korporativ etika va muloqot madaniyati - Korxonada axloqning ahamiyatini oshirib bo'lmaydi, chunki XXI asrda ko'plab kompaniyalar turli axloqiy muammolar tufayli qulab tushdi. Ushbu maqola axloqni qimmatli narsa sifatida ko'rib chiqishga intiladi nomoddiy aktivlar nuqtai nazaridan, har doim ham ko'rinmasligi mumkin bo'lgan, lekin muhim rol o'ynash uchun etarli bo'lgan aktiv firmaga raqobatdosh ustunlikni ta'minlash. Axloqning qadr-qimmati firma faoliyatini va firmani mustahkamlashi mumkin foyda endi firmaning asosiy vakolatlari sifatida qaralmaydi. Shuning uchun, bu tadqiqot axloqning biri ekanligini ochib beradi nomoddiy aktivlar va uning xususiyatlari resurslarga asoslangan ko'rinishda tushuntiriladi. Axloq kodeksi qo'llaniladi barqaror raqobatbardosh qilish uchun ularning asosiy vakolatlari sifatida axloqiy boshqaruv mexanizmi sifatida afzallik. Shunday qilib, ushbu hujjat axloqiy korporativ korporativ identifikatsiyaga hissa qo'shishini taklif qiladi. shuningdek, qat'iy ishlashi va axloqiy pozitsiyalarining o'ziga xosligi uni raqiblaridan ajratib turadi. Korporativ etika tushunchasi Etika - bu insoniy muloqotning ma'lum bir sohasidagi xatti-harakatlar qoidalari va normalari to'plami. Korporativ etika - bu bir tashkilot ichidagi munosabatlarga va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro munosabatlarga tartibga soluvchi ta'sir ko'rsatadigan axloqiy tamoyillar, axloqiy xulq-atvor normalari tizimi. Korporativ etika sub'ektlari quyidagilardir: tashkilot egalari, menejerlari va xodimlari. O'rta asrlarda allaqachon korporativ qarashlarning ma'lum tizimlari shakllana boshladi. Ularning eng xarakterli xususiyatlari: bir xil kasb egalarining birdamligi, kasbiy faoliyatning huquq va majburiyatlarini qat'iy tartibga solish va boshqalar edi. Keyinchalik ular Rim-katolik cherkovining tubida ishlab chiqilgan va 19-asr oxirida sotsialistik ta'limotlarning jadal rivojlanishiga reaktsiya sifatida paydo bo'lgan papalarning ijtimoiy qomuslarida o'z aksini topgan. Samarali alternativani izlash uchun cherkov, korporatizm g'oyasiga murojaat qildi. Bu g'oya birinchi marta Leo Xingning "Rerum Novarum" (1891) ensikliklarida to'liq ifodalangan. Unda ishlab chiqarish jarayonida bir-biri bilan bog„liq va bir-birini to„ldiruvchi ikki omil sifatida qaraladigan ish haqi mehnati va kapitalning kooperatsiyasidan iborat bo„lgan “ijtimoiy sheriklik” tushunchasi ilgari surildi. Korporativ g'oyalar kasaba uyushmalari to'g'risidagi qonun muhokamalarida ishchilar uyushmalarida sotsialistik g'oyalarning rivojlanishiga qarshi turish uchun jamoatchilik fikriga taqdim etildi. To'g'ridan-to'g'ri korxonalar faoliyatiga kelsak, iqtisodiy hayotning qiymat-motivatsion, madaniy tarkibiy qismlari uzoq vaqt davomida ikkilamchi, cheklanmagan iqtisodiy o'sish va resurs sifatida baholanadi. Korxonada qiymat muhitining takror ishlab chiqarilishi asosan o'z-o'zidan sodir bo'ldi, garchi unga rahbarlar va olimlar tomonidan e'tibor doimiy ravishda oshib bordi. Biroq, 1970-yillardan beri XX asrda tashkilotlar faoliyatining madaniy tarkibiy qismlariga ta'siri uzluksiz va yagona ommaviy bo'lib, ularni boshqarishning yaxshi muvofiqlashtirilgan va ustuvor strategiyasi xususiyatlarini oladi. M.V. Dubininaning so'zlariga ko'ra, "korporativ etikaning ta'siri ostida xodimlarning faoliyati buyruqlar yoki murosalar asosida emas, balki xodimlarning ko'rsatmalari va intilishlarining ichki izchilligi tufayli tashkil etiladi. O'z a'zolarining dunyoqarashi va qadriyatlari birligiga asoslangan tashkilot korporativ hamjamiyatning eng uyg'un va dinamik shakliga aylanadi. Shunday qilib, korporativ etikaning maqsadi - umumiy ishchi kuchi bilan birlashtirilgan, bir tashkilotda ishlaydigan turli kasb vakillari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishdir.
Yüklə 40,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin