Yuridik shax
slardan olinadigan foyda solig’i stavkasi
To’lovchilar
Soliq stavkalari
2018 yil
2019 yil
Yuridik shaxslar
14
12
Tijorat banklari
22
20
Mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi
korxonalar: Rentabillik darajasi
20 foizgacha
20 foizdan yuqori
14
50
20
Sement, polietelen granula ishlab chi-
qaruvchi korxonalar (qo’shimcha foyda
solig’i to’lash tartibi bekor qilindi)
14
20
Biznes faoliyatini tartibga solishga qaratilgan soliq qonunchiligi.
1. 2020-yil 20-
iyulda Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini
14% - 50%
12% - 20%
152
kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik subyektlari, umumuiy ovqatla-
nish, savdo va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha
chora-
tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
PF-6029-son Farmoni qabul qilindi. Bundan tashqari, kichik tadbir-
korlik suby
ektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish koʻrini-
shida davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash taqdim etildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi
PF-5969-son va 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-son Farmonlariga
asosan fo
izsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) berilgan, 2020-yil
aprel va may oylari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mol-mulk soligʻi va
yer soligʻi summalari;
1. 2020-yil 15-
may holatiga yer soligʻi va mol-mulk soligʻi
boʻyicha 2020-yil 1-yanvardan boshlab hosil boʻlgan penya va
jarimalar summalari.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, yakka
tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni quyidagi tartibda toʻlaydi:
Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan
olingan daromadi 100 mln. s
oʻmdan oshmaydigan yakka tartibdagi
tadbirkorlar daromad soligʻini ikki xil usulda:
1) har oyda qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliqni toʻlashi;
2) tadbirkorlik faoliyatidan olingan haqiqiy daromadi boʻyicha
ushbu daromadlarni olish bilan bogʻliq xarajatlar summasini chegirib
tashlagan holda doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspeksiyasiga
deklaratsiya topshirish yoʻli bilan daromad soligʻini toʻlashi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish- Kalendar yilida
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100
mln. soʻmdan oshgan biroq 1 mlrd. soʻmdan oshmaydigan yakka
tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona
soliq toʻlovi) toʻlashga oʻtkaziladi.
Bunday tadbirkorlar ham ikki xil usulda soliqlar
ni toʻlashni
tanlashi mumkin:
Kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. soʻmdan oshganda,
oshgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashi;
kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. soʻmdan oshganda,
aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash oʻrniga ixtiyoriy tarzda
qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashni tanlashi
mumkin.
153
Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq solishning oʻziga xos
xususiyatlari
• Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi
yuridik shaxslarga soliq solish
• Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish
• Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan
faoliyatga soliq
• Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari
tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam
koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan) soliqlar
• Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga soliq
solish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-iyuldagi
PF-6029-son Farmoni bilan quyidagi tadbirkorlarga imtiyozlar berildi:
1. 2020-yil 1-iyuldan 2020-yil 31-dekabrga qadar umumiy
ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan
korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod etildi.
2. ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana
savdo qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilindi.
3. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun kichik tadbirkorlik
subyektlariga tatbiq etilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllagan
holda, ularni kichik korxonalar toifasiga kiritish maqsadida 2020-yil 1-
iyuldan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan
xodimlarning yillik oʻrtacha soni 25 nafardan 50 nafarga oshirildi.
4. 2020-
yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
tomonidan belgilangan holla
rda, soliq toʻlovchilarga soliq hisobotlarini
taqdim etish muddatlarini besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga
kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.
5. Kichik tadbirkorlik subyektlari; bozorlar va savdo kompleks-
lari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti
korxonalari, sport-
sogʻlomlashtirish muassasalari, shuningdek, yoʻlov-
chi tashish, maishiy xizmatlar koʻrsatish, binolarni, shu jumladan
banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi
yuridik shaxslar uchun mol-
mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan
ozod qilish boʻyicha berilgan imtiyozlarni amal qilish muddati 2020-
yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi.
154
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi
―Soliq va bojxona imtiѐzlari berilishini yanada tartibga solish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida‖gi PF-5755-sonli Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-
avgustdan boshlab yagona yer soligʻi toʻlovchisi hisoblangan qishloq
xoʻjaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiѐriy ravishda qoʻshilgan
qiymat soligʻini toʻlashga oʻtish imkoniyatiga ega boʻldi, 2019-yil 1-
sentyabrdan boshlab esa 2019-yil yanvar oyidan sentyabr oyigacha 1
milliard soʻmdan ortiq pul aylanmasi (tushumi)ga ega boʻlgan ѐki 50
gektardan ortiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlariga
e
ga boʻlgan yagona yer soligʻi toʻlovchilari qoʻshilgan qiymat soligʻi
toʻlovchilari hisoblanishi belgilandi.
Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan
olingan daromadi 1 mlrd.soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar
qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini yuridik shaxslar uchun
belgilangan tartibda toʻlashga oʻtadi.
Shuningdek, soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda
toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga foyda soligʻini hisoblab
chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga huquqi berildi.
Bunda, foyda soligʻining soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi
jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor foyda soligʻini hisoblab chiqarishning
soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish
maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi.
Eksport salohiyatini qoʻllab quvvatlash borasida foyda soligʻi
imtiyozlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi
“Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada
ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5587-sonli Farmo-
niga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tovarlar (ishlar, xiz-
matlar) eksport ulushi umumiy tushumning 15 foizdan yuqori bo
ʻlgan
korxonalarning tovar (ish, xizmat)lar eksportidan olingan foydasi soliq
solishdan ozod qilinadi.
Masalan, “Sharq” MCHJning mahsulot sotishdan umumiy
tushumi 2 500,0 mln.soʻm, shundan eksportga sotilgan mahsulotlar
hajmi 1 300,0 mln.soʻm, soliq solinadigan foydasi 500,0 mln.soʻmni
tashkil qilgan. Bunda, eksport ulushi 52 % (1 300,0/2 500,0x100%) ni
tashkil qilganligi sababli korxona yuqoridagi imtiyozdan foydalanish
155
huquqiga ega boʻladi va soliq solinadigan foyda 500,0 mln.soʻmning
eksportga toʻgʻri keladigan qismi, yaʼni 260,0 (52 %) mln.soʻm
foydasi soliq solishdan ozod etiladi. Natijada, 240,0 mln.soʻmdan
(500-
260) 12 % stavkada 28,8 mln.soʻm foyda soligʻi toʻlaydi yoki
imtiyoz natijasida korxona ixtiyorida 31,2 mln.soʻm mablagʻ qoladi
Toʻgʻridan toʻgʻri chet el xususiy investitsiyasi bilan bogʻliq
boʻlgan toʻlovchilarga soliq solish Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy
investitsiyalarni jalb qiluvchi va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan
roʻyxat boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik
shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq kiritilgan investitsiya hajmidan
kelib chiqqan holda quyidagi soliqlardan ozod qilinadi:
1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
2. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
3. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
soligʻi
4. Yagona soliq toʻlovini
5. Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar
300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha
— 3
yil muddatga;
3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollari-
gacha
— 5 yil muddatga;
10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 7 yil muddatga.
Soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qoʻllanilishi belgilangan:
Mazkur korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatini istisno
qilgan holda, respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi
punktlarida joylashtirish;
Xorijiy investorlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy
investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan
holda amalga oshirish;
Korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi
kamida 33 foizni tashkil etishi lozim;
Xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki
yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qoʻyish;
Mmazkur imtiyozlarni qoʻllanish muddati davomida imtiyoz-
lardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada
rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yoʻnaltirish.
|