Biznes huquqi cdr


Tovar aylanmasi 1 mlrd.soʻmdan oshgan yakka tartibdagi



Yüklə 405,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix05.06.2023
ölçüsü405,16 Kb.
#124954
1   2   3   4
Документ0

Tovar aylanmasi 1 mlrd.soʻmdan oshgan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar uchun 
Tovar aylanmasi 1 mlrd.soʻmdan oshgan 
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun
 
1 mlrd.
so’mdan osh’gan oyning keying oydan boshlab yagona 
soliq to’lovi o’rniga^ 
- qo’shilgan qiymat solig’I, 
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’I, 
- yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, 
- yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i, 
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, 
- yagona ijtimoiy to’lov, 
- dividentlar va foizlarga solinadigan soliq, 
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlarini to’laydi. 
Oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 
Yakka tartibdagi ta
dbirkorning Tovar aylanmasi 1 mlrd.so’mdan oshgan 
oyning keying oyidan boshlab, yashash joyidagi Davlat xizmatlari 
markazidan yuridik shaxs maqomida davlat ro’yxatidan o’tkaziladi. 
2019 yildan boshlab, belgilangan m
e’yordan oshgan 
mlrd.so’mgacha tovar 
aylanmasini amalga oshirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, maqomini saqlab 
qolgan holda yagona soliq to’lovini to’lash tartibiga joriy etildi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorning Tovar aylanmasi 1 mlrd.so’mdan 
oshgan oyning oxirgi sanasiga qadar ro’yhatdan o’tgan Davlat 
xizmatlari markaziga faoliyatini tugatish to’g’risida ariza taqdim etadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkor nomida kirim qilingan Tovar moddiy 
boyliklari qoldig’i, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ta’sischi 
sifatida yuridik shaxs nomiga kirim qilinadi. 


157 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-oktyabr-
dagi 3978-son qaroriga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning 
meva-
sabzavot mahsulotlari eksport tushumlariga yagona soliq toʻlovi 
toʻlanishini nazarda tutuvchi soliqqa tortish tartibi qoʻllaniladi 
Tekshirish 3-bosqichda amalga oshiriladi 
Soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan hisobotlar hamda 
hujjatlarni oʻrganish - tahlil qilish orqali tekshirib chiqiladi. 
Avval toʻlangan soliqlar, ular yuzasidan hisobotlar tekshiriladi. 
Bunda toʻlangan soliqlar bilan hujjatlar oʻzaro solishtiriladi, tahlil 
etiladi. Soliq xizmati organlari xodimlari joyga (tegishli korxona, 
tashkilotga) chiqib, ahvolni oʻrganish, koʻzdan kechirish, hujjatlarni 
oʻrganish ishlarini amalga oshiradi.
Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi belgilandi. 
Hukumat qarori (1-son, 07.01.2021-y.) bilan Soliq tekshiruvlarini 
tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
beginner: Nizomga muvofiq, soliq organlari quyidagi soliq 
tekshiruvlarini oʻtkazadi: 
● kameral soliq tekshiruvi; 
● sayyor soliq tekshiruvi; 
● soliq auditi. 
Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda oʻtkaziladi: soliqqa 
oid qonun hujjatlari buzilishi sodir etilganligi xav
fi boʻlganida; 
:small_orange_diamond: taqdim qilingan soliq hisobotida tafovut 
yoki xatolar aniqlanganida. 
:hourglass_flowing_sand: Mazkur tekshiruv soliq organi rahba-
rining buyrugʻi asosida, 60 kundan oshmagan muddatda oʻtkaziladi. 
:mag_right: Sayyor sol
iq tekshiruvi 10 kundan koʻp boʻlmagan 
muddatda oʻtkaziladi. 
:memo: OAVda soliq va valyutaga oid huquqbuzarliklarga oid 
maʼlumotlar eʼlon qilinsa, sayyor soliq tekshiruvi uchun asos boʻlishi 
mumkin. Bundan tashqari, sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishning 
yana 5 ta asosi mavjud. 
:x: Sayyor soliq tekshiruvida hujjatlar va buyumlarni tungi 
vaqtlarda (23.00 dan 06.00 ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida) olib 
qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Soliq auditi quyidagi soliq toʻlovchilarda oʻtkaziladi: 
soliq tavakkalchiligi
ning yuqori toifasiga mansub boʻlgan; 


158 
:small_orange_diamond: kameral soliq tekshiruvi natijasi 
boʻyicha soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etmasa; 
:small_orange_diamond: 
ixtiyoriy 
tugatilayotgan 
yuridik 
shaxslarda; 
:small_orange_diamond: sol
iq toʻlovchilarning jinoiy ishlar 
boʻyicha moliya-xoʻjalik faoliyati taftish qilinish doirasida
:small_orange_diamond: faoliyatini toʻxtatgan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar. 
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlik: 
 
Soliq toʻlovchining Soliq Kodeksda javobgarlik belgilangan 
gʻayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid 
huquqbuzarlik deb eʼtirof etiladi. 
 Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javob-
garlik chorasi boʻlib, pul undirish (jarimalar va penya) tarzida qoʻlla-
niladi. 
 Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga - soliq 
toʻlovchilarga moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qoʻllaniladi, soliqlar 
va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganligi 
uchun penya hisoblash, shuningde
k soliq toʻlovchi sodir etilgan 
huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda 
toʻlagan hollar bundan mustasno. 
Jinoyat Kodeksi XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar 
Soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash: 
a) takroran; 
b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — eng kam oylik ish haqi-
ning bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima 
yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch 
yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum 
qilish bilan jazolanadi. 
Soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin 
tovlash juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —eng kam oylik ish 
haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima 
yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan 
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
190-
modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish Litsenziya 
olinishi shart boʻlgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan 
shugʻullanish koʻp miqdorda daromad olish bilan bogʻliq boʻlsa,


159 
-(190-
modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respubli-
kasining 2016-yil 29-
dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuni tahririda — 
OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda) eng kam oylik ish haqining 
yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima 
yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz 
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha muddatga axloq 
tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 

Yüklə 405,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin