Haq evaziga sotib olingan asosiy vositalarni ob’ektining boshlang’ichqiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
aktivlarni yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish- montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to’lanadigan summalar;
asosiy vositalar ob’ektiga doir huquqni sotib olish (olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro’yxatdan o’tkazish yihimlari, davlat bojlari va boshqa shunga o’xshash to’lovlar;
v) bojxona bojlari va yihimlari;
g) asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo qilish) munosabati bilan soliqlar va yihimlar summalari (agar ular qoplanmasa);
asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo qilish) bilan bohliq axboriy va maslahat xizmatlari uchun to’langan summalar;
asosiy vositalar ob’ektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini suhurtalash bo’yicha xarajatlar;
j) asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar;
z) asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;
i) aktivdan mo’ljal bo’yicha foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bohliq boshqa xarajatlar.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to’lashga doir xarajatlar qarzga olingan sarmoya hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatiga kiritilmaydi.
Korxonaningo’zidatayyorlanganasosiyvositalarniboshlang’ichqiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi - korxonaning o’zida tayyorlanganasosiy vositalarning boshlang’ich qiymati deb asosiy vositalarning mazkur ob’ektlarini tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo’yicha haqiqiy xarajatlar summasi tan olinadi. Qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit bo’yicha hisoblangan foizlar barpo etilgan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatiga kiritiladi.