Biznes jarayonlarining asosiy ko’rsatkichlari va ularning ahamiyati



Yüklə 131,21 Kb.
səhifə1/13
tarix26.09.2023
ölçüsü131,21 Kb.
#149114
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Buxgalteriya hisobida baholash va kalkulatsiya

      1. BIZNES JARAYONLARINING ASOSIY KO’RSATKICHLARI VA ULARNING AHAMIYATI.


Moddiy boyliklar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va ularni iste’molchilarga sotish sanoat tarmog’ida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarining asosiy faoliyati bo‘lib ularning mablag‘larini takror ishlab
chiqarish jarayonida, uch bosqichda to‘xtovsiz aylanishi natijasida amalga oshiriladi: birinchi bosqich ta’minot jarayoni, ikkinchi bosqich ishlab chiqarish jarayoni, uchinchi bosqich sotish jarayoni. Korxonalarda noishlab chiqarish iste’mollari ham sodir bo‘ladi. Noishlab chiqarish iste’moli tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash va boshqa shu kabi maqsadlar uchun mablag‘lar sarflash kiradi.
Korxonalar faoliyatini uzluksizligi66 tamoyili bo’yicha ularning mablag’lari doimiy doiraviy aylanishda bo’ladi: pul – ishlab chiqarish zaxiralari -. ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish, ishlar bajarish) – mashulotlarni, xizmatlarni va bajarilgan ishlarni sotish - pul (4- shakl.).
Ta’minot jarayoni xо‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining birinchi bosqichi bо‘lib uni tashkillash bilan, ularning marketing bо‘limi xodimlari shug‘ullanishadi. Bu jarayonda xо‘jalik yurituvchi subyektlarining asosiy faoliyatini uzuliksizligini ta’minlash uchun, ularning ish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, misol uchun, sanoat korxonalarida xom – ashyo, materiallar, yoqilg‘i, butlovchi buyumlar, yarim tayyor mashulotlar, ehtiyot qismlar, savdo korxonalarida esa, tovarlar harid qilinadi. Shuningdek, ta’minot jarayoni xodimlari korxonani asosiy faoliyatini tashkillash uchun zarur bо‘lgan mehnat qurollari va mehnat vositalarini sotib olish bilan ham shug‘ullanishadi. Sanoat ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanadigan xо‘jalik subyektlari faoliyatida mashulot ishlab chiqarish asosiy о‘rinni egallaydi.

66Xo’jalik yurituvchi sub’ekt uzluksiz ishlaydigan. ya’ni belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan sub’ekt deb hisoblanadi. Uning o’z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko’lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo’q deb taxmin qilinadi.




Yüklə 131,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin