BAHOLASH. О‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonunning 17- bandida aktivlarni, passivlarni va majburiyatlarni baholashning quyidagi usullaridan foydalanishni nazarda tutadi:
67О‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”giQonunning 4-moddasi.
Tovar-moddiy zahiralarni baholash - quyidagi ikkita bahoning eng pasti bо‘yicha — balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarx (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bо‘yicha yoki bozor bahosi (realizatsiya qilishning sof qiymati) bо‘yicha amalga oshiriladi. Tovar-moddiy zahiralar tannarxi bo’yicha baholanadi.Ularning tannarxi barcha sotib olish xarajatlari va tovar-moddiy zahiralarni manziliga yetkazib berish va tegishli holatga keltirish bilan bog’liq bo’lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o’z ichiga oladi. Ularning sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yigimlarni, mashulotni sertifikatsiya qilish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga to’langan komission to’lovlarni, soliqlarni (keyinchalik hisob-kitob tarzida, masalan, qo’shilgan qiymat soligi tarzida qaytadan oladigan korxonalardan tashqari), shuningdek transport-tayyorlov xarajatlari, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bogliq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Teng bo’lmaydigan tovar-moddiy zahiralarni FIFO yoki o’rtacha o’lchanadigan qiymat formulasidan (AVECO) usulidan foydalanib baholanadi. FIFO usulining mohiyati qo’ydagicha: dastlab sotib olingan, birinchi bo’lib sotiladigan tovar-moddiy zahiralarning birligi, binobarin, davr oxirida tovar-moddiy zahiralarda qolgan birliklar oxirida sotib olingan va ishlab chiqarilgan birliklardir (6-jadval). 6 - jadval ma’lumotlaridan kо‘rinib turibdiki hisobot davri davomida hammasi bо‘lib 60 dona moddiy qiymatlik sarf bо‘lgan, shundan 37 ta (12+25) 10 sо‘mdan baholaymiz 370 sо‘m bо‘ladi, qolgan 23 tasini (60-37), shundan 15 tasini 9 sо‘mdan baholaymiz bu 135 sо‘m bо‘ladi, qolgan ( 23-15) 8 donasini 8 sо‘mdan baholaymiz, bu 64 sо‘mni tashkil etadi Shunday qilib sotilgan 60 dona mashulot 370+135+64=569 sо‘mga teng bо‘ladi.
O’rtacha o’lchanadigan qiymat (AVECO) usulida har bir birlikning qiymati davr boshidagi o’xshash birliklarning o’rtacha o’lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o’xshash birliklar qiymati bilan belgilanadi. O’rtacha qiymat davriy asosda yoki xo’jalik yurituvchi subyektda mavjud bo’lgan vaziyatga ko’ra, har bir qo’shimcha yetkazib berish davomida
hisoblanishi mumkin.
6-jadval