Biznes jarayonlarining asosiy ko’rsatkichlari va ularning ahamiyati


KALKULYATSIYANING MAQSADI, VAZIFALARI VA



Yüklə 131,21 Kb.
səhifə9/13
tarix26.09.2023
ölçüsü131,21 Kb.
#149114
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Buxgalteriya hisobida baholash va kalkulatsiya

3. KALKULYATSIYANING MAQSADI, VAZIFALARI VA


TURLARI.
Buxgalteriya hisobi amaliyoti va nazariyasida kalkulyatsiya va kalkulyatsiya qilish atamalaridan foydalaniladi. Kalkulyatsiya sо‘zi – bir birlik mashulotning tannarxini aniqlash ma’nosini anglatsa, kalkulyatsiya qilish sо‘zi ishlab chiqarish jarayonida tayyor bо‘lgan mashulotlarni yoki harid qilingan moddiy qiymatliklarni hammasini tannarxini aniqlashni bildiradi.
Kalkulyatsiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarish va xо‘jalik maqsadlari uchun xarid qilingan moddiy qiymatliklarni, sotib olingan yoki yangidan qurib bitkazilgan asosiy vositalarni, ishlab chiqarishda tayyorlangan mashulotlarni, umuman olganda buxgalteriya hisobida hisobga olinadigan moddiy va nomoddiy qiymatliklarni haqiqiy tannarxlarini aniqlash bо‘lib hisoblanadi.
Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish zarur:

  1. Korxona faoliyatida sodir bо‘ladigan xarajatlar ustidan nazorat о‘rnatish;

  2. Ishlab chiqarish xarajatlari me’yorlariga rioya qilinishi ustidan nazorat о‘rnatish;

  3. Ishlab chiqarish uchun sarflanadigan moddiy va nomodiy qiymatliklarning baholarini tо‘g‘ri aniqlanishini nazorat qilish;

  4. Ishlab chiqarishda xarajatlardan unumli foydalanish ustidan nazorat о‘rnatish;

  5. Uchyotga olinadigan qiymatliklarning hammasini va bir birligini tannarxini tо‘g‘ri aniqlash;

  6. Egri xarajatlarni mashulotlar tannarxiga tо‘g‘ri qо‘shilishini ta’minlash.

Hisob obyektlarini tо‘g‘ri baholash uchun kalkulyatsiya obyekti va birligini tо‘g‘ri tanlab olish kerak.
Kalkulyatsiya obyekti bu baholanayotgan hisob obyekti bо‘lib hisoblanadi. Masalan, ta’minot jarayonida xarid qilingan moddiy qiymatliklar, qurilishi
yakunlangan qurilish obyektlari, о‘rnatilib ishga tushirilayotgan asosiy vositalar, ishlab chiqarishda tayyorlangan mashulotlarning alohida turlari va boshqalar.
Kalkulyatsiya birligi sifatida kalkulyatsiya qilinayotgan obyekt yoki uning bir birligi qabul qilinadi. Masalan, ishlab chiqarishda tayyorlangan ayollar paltosi yoki bir dona palto. Boshqacha qilib aytganda kalkulyatsiya qilinayotgan obyektning hammasini yoki bir-birligini tannarxini topish kalkulyatsiya birligini tashkil etadi.
Tannarx bu mashulot tayyorlash yoki xizmat kо‘rsatish uchun ketgan barcha xarajatlarning puldagi ifodasidir. Korxonaning faoliyatida vujudga keladigan xarajatlar tarkibi 1995 yil 1 yanvardan amalga joriy qilingan va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan qayta kо‘rib chiqilgan “Mashulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizomda yoritib berilgan. Xarajatlarni buxgalteriya hisobida tо‘g‘ri aks ettirishni ta’minlash maqsadida ular, ishlab chiqarishda qatnashishi, qanday maqsadga yо‘naltirilganligi va haqiqiylik tamoyillarga asoslanib quyidagi belgilari bо‘yicha guruhlanadi:

    1. Mashulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilishiga kо‘ra;

    2. Foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar;

    3. Korxonaning moliyaviy faoliyati bо‘yicha xarajatlar;

Mashulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilishiga kо‘ra barcha xarajatlar, bevosita va bilvosita moddiy xarajatlarga, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlariga va boshqa bevosita va bilvosita xarajatlarga bо‘linadi.
Tannarxni hosil qiladigan xarajatlar iqtisodiy mazmuniga kо‘ra quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:

  1. Moddiy xarajatlar;

  2. Mehnat xarajatlari;

  3. Boshqa xarajatlar.

Foyda hisobidan qoplanadigan ustama xarajatlarga, sotish xarajatlari, boshqarish xarajatlari va boshqa operatsion xarajatlar va zararlar kiradi.
Korxonaning moliyaviy faoliyati bо‘yicha xarajatlari, foizlar bо‘yicha xarajatlar, xorijiy valyuta operatsiyalar bо‘yicha salbiy kurs tafovutlari, qimmatli qog‘ozlarga qо‘yilgan mablag‘larni qayta baholash farqlari, moliyaviy faoliyat bо‘yicha boshqa xarajatlardan tashkil topadi.
Kalkulyatsiya qilish uch bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda tayyor bо‘lgan mashulotlarga tegishli bо‘lgan xarajatlarning haqiqiy miqdorlari topiladi, ikkinchi bosqichda, egri xarajatlar kalkulyatsiya obyektlari orasida korxonaning hisob siyosatida nazarda tutilgan uslub bilan taqsimlanadi, uchinchi bosqichda, barcha mashulotlarni va bir birlik mashulotning tannarxi aniqlanadi.
Tannarxini kalkulyatsiya qilishning quyidagi turlari bor: smeta kalkulyatsiyasi; reja kalkulyatsiyasi; normativ kalkulyatsiya; haqiqiy kalkulyatsiya. Smeta kalkulyatsiyasidan tajriba-sinov labaratoriyalarida va qurilish korxonalarida foydalaniladi. Tannarx tajriba asosida tayyorlanayotgan mashulotning yoki qurilish obyektining smetasida kо‘rsatilgan xarajat miqdorlarida
va baholarda aniqlanadi.
Reja kalkulyatsiyasi ishlab chiqarish davrining boshiga mashulot ishlab chiqarish rejasida kо‘rsatilgan xarajatlar va baholarda tuziladi.
Normativ kalkulyatsiya mashulot ishlab chiqarish uchun ilmiy tekshirish institutlari tomonidan oldindan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan xarajatlarning ilg‘or me’yorlariga asoslanadi. Bunday kalkulyatsiya mashulot ishlab chiqarish jarayonini boshlashdan oldin tuziladi.
Mashulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilishni normativ metodini qо‘llayotgan korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarining joriy uchyoti normalar bо‘yicha olib boriladi. Bir vaqtning о‘zida joriy uchyotda normalarning о‘zgarishi va normalardan kelib chiqadigan farqlar ham aks ettiriladi. Mashulotlarning haqiqiy tannarxi, normativ tannarxga hisobot davrida normalar о‘zgarishini va normalardan kelib chiqadigan farqlarni arifmetik qо‘shish yoki ayirish yо‘li bilan topiladi. Buni matematik modulini quyidagicha ifodalash mumkin.
∑Ht ═ ∑Nt±∑Nu±Nf
Qayerda:

    1. ∑Ht- mashulotlarni haqiqiy tannarxi;

    2. ∑Nt- mashulotlarni normativ tannarxi;

    3. ±∑Nu- hisobot davrida normalarni о‘zgarishi;

    4. ±Nf- hisobot davrida aniqlangan normalardan farqlar;

Haqiqiy kalkulyatsiya xarajatlarning haqiqiy sarflari va amaldagi xaqiqiy baholarga asoslanib tuziladi. Haqiqiy tannarx har bir kalkulyatsiya obyekti uchun sarflangan barcha haqiqiy xarajatlarni qо‘shish yо‘li bilan topiladi.
Ishlab chiqarishda tayyorlanayotgan mashulotlarni haqiqiy tannarxlarini topish uchun har oyning oxirida ishlab chiqarish tsexlarida inventarizatsiya о‘tkazilib tayyor bо‘lmagan mashulotlarga tegishli bо‘lgan xarajat moddalari bо‘yicha qoldiqlar topiladi (tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari) va nihoyat oy davomida mashulotlar ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlardan tayyor bо‘lmagan mashulotlarga tegishli bо‘lgan xarajatlarni ayirib tashlash yо‘li bilan tayyor mashulotlarning haqiqiy tannarxlari topiladi.
Mashulot tannarxining tо‘g‘ri aniqlash uchun xarajatlarni davrlar bо‘yicha tо‘g‘ri taqsimlash kerak bо‘ladi. Buning uchun kelgusi davr xarajatlari zahirasi hisoblab boriladi.

Yüklə 131,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin