Moliyaviyqo‘yilmalarnibaholash-moliyaviyqo‘yilmalarO’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 12-“Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” standartlariga muvofiq hisobga olinadi. Bunga ko’ra moliyaviy investitsiyalar xarid qilingan qiymati bo’yicha baholanadi. Moliyaviy investitsiyalarni xarid qiymatiga brokerlar xizmati uchun to’langan haq, bank xizmati uchun to’lovlar, bojlar va boshqa xarajatlar kiritiladi68.
Majburiyatlartaraflarningkelishuvigamuvofiqpuldaifodalanganholda aks ettiriladi.Sud qarori bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks ettiriladi.
Shartli aktivlar va majburiyatlarni baholash-shartli aktivlar vamajburiyatlar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq baxolanadi. Masalan: Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning qiymati, buxgalteriya hisobida aks ettirish maqsadida chet el valyutasida operatsiya sodir etilgan sanada buxgalteriya hisobining 22- “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar vaajburiyatlarning hisobi” nomli Milliy Ctandarti ilovasida keltirilgan sanalarda Markaziy bank kursi bo’yicha so’mlarga qayta hisoblanadi69.
Diskontlangan qiymat usuli.Diskontlangan qiymat usulida aktivlar,korxonaning oldingi faoliyati davomida aktivlarni ko‘paytirishi mumkin bo‘lgan bo‘lg‘usi pul mablag‘lari tushumining diskontlangan qiymati bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar, kelgusida o‘tkaziladigan pul mablag‘larining diskontlangan qiymatidan iborat bo‘lgan, korxonaning faoliyati davomida
68 Agar investitsiya aktsiyalarni emissiya qilish yoki boshqa qimmatli qogozlar chiqarish yo’li bilan to’laligicha yoki qisman olinayotgan bo’lsa - xarid qiymati chiqarilgan qimmatli qogozlarning joriy qiymatiga teng bo’ladi, ya’ni qimmatli qogozlarning nominal qiymatiga teng bo’lmaydi. Agar investitsiya boshqa aktivga almashtirib to’la yoki qisman olingan bo’lsa, u holda investitsiya qiymati topshirilgan aktivning joriy qiymatiga qarab aniqlanadi.
69 Buxgalteriya hisobida chet el valyutasida konsignantdan kreditorlik qarzi konsignatsiya tovarlari sodir etilgan sanaga Markaziy bank kursi boyicha sotilish sanasida yuzaga keladi. Qarzning keyingi hisobi Buxgalteriya hisobining 22- “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” nomli Milliy Standarti muvofiq so’mlarga qayta hisoblanadi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar)ni chet el valyutasiga ekvivalentlikda belgilaydigan, o’zaro hisob-kitoblarni esa milliy valyuta - so’mlarda amalga oshiradigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xizmat ko’rsatish sanasidan boshlab to’lov kelib tushgan sanaga qadar davr ichida Markaziy bank kursining o’zgarishi munosabati bilan yuzaga keladigan kurs farqini moliyaviy faoliyatdan olingan daromad (xarajat) sifatida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga kiritadilar.
majburiyatlarni to‘lash uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.