Ikkinchioperatsiya. Sotib olingan moddiy qiymatliklar va ularni tashib keltirish bо‘yicha qarzdorliklar uchun hisob kitob schetidan pul о‘tkazildi:
Mol yetkazib beruvchilarga yetkazib bergan materiallari va temir yо‘li xarajatlari uchun 2.350.000 sо‘m
- avtokorxonaga moddiy qiymatliklarni stansiyadan omborgacha tashib keltirish xizmatlari uchun - 150 000 sо‘m
Hammasi: 2.500.000 sо‘m
Mazkur operatsiya bо‘yicha quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt - “Molyetkazib beruvchilar va pudratchilar bilanhisob kitoblar 2 500 000 sо‘m.
Kt- “Hisob-kitob” scheti 2 500 000 sо‘m.
Misol. Moddiy qiymatliklarni joriy hisobi rejalashtirilgan ulgurji baholarda yoki korxonaning buxgalteriya hisobi siyosatida nazarda tutilgan boshqa baholarda (sotib olishning reja tannarxlarida, о‘rtacha sotib olish baholarida) olib borilganda. Faraz qilaylik korxonada materiallarning joriy hisobi rejalashtirilgan ulgurji baholarda olib borilgan bо‘lsin.
Berilgan:Birinchi “Materiallar hisobga olinadigan schyotning oy boshiga qoldig‘i rejalashtirilgan ulgurji baholarida 1.410.000 ming sо‘m. Shundan: A). Mashuloti bо‘yicha 1350000 sо‘m ( 4500 kilo, harbir kilosi 300 dan). B). Mashuloti bо‘yicha 504000 sо‘m (2800 kilo, harbir kilosi 180 sо‘mdan).
Tovar moddiy zahiralarning hisobot oyi boshiga sotib olish haqiqiy tannarxlari bilan rejalashtirilgan ulgurji baholari orasidagi farq 189000 sо‘m.
Ikinchi, oy davomida materiallar harakati bilan bog‘liq bо‘lgan quyidagi xо‘jalik muomalalari sodir bо‘ldi.
Birinchi operatsiya.Tuzilgan shartnoma asosida mol yetkazib beruvchilardan haqiqiy sotib olish tannarxlarida materiallar olindi 1.550.000 sо‘m. Shu jumladan:
“A” materialdan 5000 kg, har bir kilosi 220 sumdanumumiy hisobda 1.100.000sо‘mlik
“B”materialdan 3000 kg, har bir kilosi 150 sо‘mdanumumiy hisobda 450.000sо‘mlik.
Materiallarni temir yо‘l transportida tashib keltirish xarajatlari ta’minotchi tomonidan tо‘langan - 800.000sо‘m
Moddiy qiymatliklarni temir yо‘l bekatidan omborgacha 2504- avtokalonaning transportida tashib keltirilgani uchun transport tashilotiga hisoblandi- 150.000 sо‘m.
Dt –1610 - “ Materiallarni xarid qilish va sotib hisobga oladigan schyotlar” -
1.550.000 sо‘m.
Kt- 6010 - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” -
sо‘m.
Moddiy qiymatliklarni mol yetkazib beruvchilar tomonidan tо‘langan temir yо‘l xarajatlariga,
Dt- “ Materiallarni xarid qilish va sotib hisobga oladigan schyotlar” - 800000 sо‘m.
Kt - “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob- kitoblar”- 800000 cо‘m.
V) Moddiy qiymatliklarni temir yо‘l bekatidan omborgacha tashib keltirish xarajatlariga,
Dt- “ Materiallarni xarid qilish va sotiib hisobga oladigan schyotlar.” - 150000 sо‘m.
Kt- “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” - 150000 cо‘m.
Sotib olinadigan tovar moddiy qiymatliklarning rejalashtirilgan ulgurji baholaridagi umumiy qiymati 2040000 sо‘mni tashkil qildi. Bu qiymat mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan moddiy qiymatliklarning haqiqiy miqdorini, ularning rejalashtirilgan ulgurji baholariga kо‘paytirish yо‘li bilan topiladi.
1. “A” materialdan 5000 kg, har bir kilosini 300 sо‘mdanumumiy hisobda 1500000 sо‘mlik
“B”materialdan 3000 kg, har bir kilosi 180 sо‘mdanumumiy hisobda 540000 sо‘mlik.
Omborlarga qabul qilingan moddiy qiymatliklarning rejalashtirilgan ulgurji baholariga,
Dt - “ Materiallarni xarid qilish va sotib hisobga oladigan schyotlar” - 2040000 sо‘m.
Kt - “ Materiallarni xarid qilish va sotib hisobga oladigan schyotlar” –
2040000 sо‘m pravodkasi tuziladi.
“Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlar”ni debet va kredit oborotlarini solishtirib sotib olingan materiallarni hisobga olish baholari bilan haqiqiy tannarxi orasidagi farq topiladi. Balans tuzishda, agar bu schyotlarning Dt oborotlari Kt oborotlaridan kо‘p bо‘lsa, qoldiq materiallarning hisobga olish baholariga qо‘shiladi, agar schyotlarning Dt oborotlari Kt oborotlaridan kam bо‘lsa, qoldiq materiallarning hisobga olish baholaridan ayirib tashlanadi. Omborlarga qabul qilingan moddiy qiymatliklarning hisobga olish baholari bilan haqiqiy tannarxi orasidagi farqga quyidagicha pravodka tuziladi:
Dt - “ Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oladigan schyotlar” - 510000 Kt - “Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlar” –
510000