Biznes jarayonlarining asosiy ko’rsatkichlari va ularning ahamiyati



Yüklə 131,21 Kb.
səhifə7/13
tarix26.09.2023
ölçüsü131,21 Kb.
#149114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Buxgalteriya hisobida baholash va kalkulatsiya

Tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan asosiy vositalarga o’tkazilgan ob’ektlarni boshlang’ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi - tovar- moddiy zaxiralar tarkibidan (tayyor mashulotlardan tashqari) asosiy vositalarga o’tkazilgan ob’ektlarning boshlang’ich qiymati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 27 avgustda 44-son bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-son BHMS) “Tovar- moddiy zaxiralar”ga muvofiq belgilanadigan ularning balans qiymatiga teng bo’ladi.

  • Ayirboshlash yo’li bilan olingan asosiy vositalar ob’ektini boshlang’ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi- ayirboshlash yo’li bilan olingan asosiy vositalar ob’ekti boshlang’ich qiymatlari bilan baholanadi.

    Ularning boshlang’ich qiymatlari asosiy vositaga o’tkazilgan asosiy vositalar
    ob’ektining qoldiq qiymatiga teng. Agar asosiy vositalar qo’shimcha to’lov bilan ayirboshlansa, ularning boshlang’ich qiymati o’tkazilgan asosiy vositalar ob’ektining ayirboshlanish chog’ida o’tkazilgan (olingan) pul mablahlari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) qoldiq qiymatiga teng.

    1. Majburiyatlarni (to’lovni) pul ko’rinishida bo’lmagan mablag’lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo’yicha olingan asosiy vositalarnibaholash - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni (to’lovni) pul ko’rinishida bo’lmagan mablag’lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo’yicha olingan asosiy vositalar boshlang’ich qiymatda baholanadi. Ularning boshlang’ich qiymati sifatida korxona tomonidan o’tkazilgan yoki o’tkazilishi lozim bo’lgan qimmatliklarning qiymati tan olinadi. Korxona tomonidan o’tkazilgan mavjud boyliklarning qiymati shunga o’xshash mavjud boyliklar qiymatini belgilaydigan narxlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

    Korxona tomonidan o’tkazilgan yoki o’tkaziladigan mavjud boyliklarning qiymatini belgilash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, majburiyatlarni (to’lovni) pul ko’rinishida bo’lmagan mablag’lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo’yicha korxona olgan asosiy vositalarning qiymati shunga o’xshash asosiy vositalar ob’ektlarini taqqoslash sharti bilan sotib olinadigan qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
    Majburiyatlari umumiy summada ifodalangan asosiy vositalar ob’ektlarining boshlang’ich qiymati mazkur summani asosiy vositalarning alohida ob’ektining joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash bilan belgilanadi.
    Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan qiymati O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va 5-son BHMSda belgilangan holatlardan tashqari hollarda o’zgartirilmaydi.
    Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to‘liq qoplanguniga yoki obyekt hisobdan chiqib ketguniga qadar eskirishni (amortizatsiyani) hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya
    ajratmalari obyekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Yerning qiymati amortizatsiya qilinmaydi.


      1. Yüklə 131,21 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin